2018/12/11 3:08:34

Odnoklassnikada profilni qanday o’chirish mumkin

loading...

odnoklassnikiOdnoklassniki ijtimoiy tarmog’i bugungi kunda ko’plab foydalanuvchilarni o’ziga jalb qilib kemoqda va sayt reytingining oshib borayotganligidan ko’rinib turibdimi, Odnoklassniki sayti foydalanuvchilari soni kundan-kunga ko’payayapti.

Bu saytda tanish-notanish kishilar bilan muloqotda bo’lish kimgadir yoqsa, kimlardir Odnoklassniki saytini yoqtirmasligi va imkon qadar tezroq bu saytdan qutulishni xohlab qolishi mumkin. Agar Siz Odnoklassnikida profilingizni butunlay o’chirishni xohlasangiz quyidagi bosqichlarni amalga oshiring:

  1. Odnoklassniki saytiga o’z login va parolingizdan foydalangan holda kiring;
  2. Saytning eng pastki qismida, bir necha ustun qilib keltirilgan linklar ichidan «Reglament» linkini toping;
  3. «Reglament» linki orqali Odnoklassniki saytining qonun-qoidalari keltirilgan sahifasiga o’tasiz. Bu sahifadagi qoidalar (Лицензионное соглашение) matnining eng oxirida «Xizmatdan voz kechish» (Отказаться от услуг) linkini toping;
  4. «Xizmatlardan voz kechish» linkini bosganingizdan so’ng Sizning e’tiboringizga Odnoklassnikidan ketishingiz sabablarini so’rovchi oyna havola etiladi. Bunda nima uchun ijtimoiy tarmoqni tark etayotganligingizni xohishingizga ko’ra ko’rsatishingiz yoki ko’rsatmasligingiz mumkin. Bundan tashqari profilingizni o’chirganingizdan so’ng Sizni saytda sog’inib qoluvchi do’stlaringizning g’amgin rasmlari ham ko’rsatiladi. Oynaning eng pastki qismida profilingizga kirish parolini yozib «Udalit navsegda» tugmasini bosish orqali profilingizni butunlay o’chirib tashlashingiz mumkin.

Odnoklassniki saytidagi profilingizni o’chirish oqibatida Sizga tegishli bo’lgan barcha fotosuratlar, muhokamalar, bildirilgan fikrlar, audio va video fayllar, guruhlarga a’zoliklar va bu a’zoliklardagi mavqelar saytdan butkul o’chiriladi. Shuni ham e’tiborga olingki, Odnoklassniki saytidagi profilingizni yuqorida ko’rsatilgan bosqichlar orqali o’chirganingizdan so’ng uni qayta tiklashning imkoni bo’lmaydi. Barcha yozishmalaringiz hamda fotosuratlaringiz profilingiz bilan birgalikda butunlay o’chib ketadi.

Maqola azamat.uz ma’lumotlari asosida tayyorlandi

MAQOLANI MASHHUR QILISHGA HISSANGIZNI QO'SHING

G'olib Avezov

Navoiy viloyati bizning vatanimiz, bu yerda tug'ildik, o'sdik va bilim oldik. Vatanimiz bizga juda ko'p narsalar berdi. Endi esa biz vatanimizga beraylik. Uni rivojlanishi uchun har birimiz o'z hissamizni qo'shaylik.

Buni ham o'qing

OLifCDHaH7esaKv42-croIphFvPCok4a

Issiq havoda issiq choy ichish, bu to‘g‘rimi?

Choy – xalqimizning sevimli ichimliklaridan hisoblanadi. Choy faqat chanqoqbosdi ichimlik bo‘libgina qolmasdan asabni tinchlantiradi, ruhiyatni ...

Fikr bildirish

Sizning email manzilingiz oshkor qilinmaydi. Majburiy bo'limlar * bilan belgilangan

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>