2017/10/24 12:06:04

Nurotaning “Pirosta” nomli devori tarixi

loading...

O‘rta Osiyo tarixiga oid tarixiy-badiiy asarlarni varaqlar ekansiz, Iskandar Zulqarnayn davrida yurtimizda ko‘plab shahar-ko‘rg’onlar qurganligining guvohi bo‘lasiz. Bu shahar-ko‘rg’onlar bevosita Iskandarga maxalliy xalq bilan olib borilgan ayovsiz janglarda asqotgan. O‘rta Osiyo xalqlarining mana shu mash’um, fojiali tarix saxifalariga nazar tashlar ekanmiz, ko‘hna Nur ham o‘sha davrlarda xarbiy-strategik ahamiyat kasb etgan shaxar-ko‘rg’on sifatida gavdalanadi. Nur qal’asining bevosita zamondoshi bo‘lgan Pirosta devori qadimdan shaxarni o‘rab turgan. Ilmiy arxeologik manbalarda uning aylanasi 20, 22, 25, kilometr bo‘lib, mudofaa devorining qalinligi 12-15 metr bo‘lgan deb yoziladi. Mahalliy otaxonlarning aytishlaricha Pirosta devori juda qalin bo‘lib, uning ustida ikkita arava bemalol yurgan.

1950-1951 yillarda arxeolog Ya.G.Gulomov Pirosta devorini tekshirgan va mudofaa devori VI asrda qurilib, X asrdan buzila boshlangan, deb yozadi.

Arxeolog, tarixchi-olim X.Muxammedov o‘zining «Qadimiy mudofaa devorlari» kitobida Pirosta devori eramizdan oldingi III asrdan to eramizning X asrigacha mavjud bo‘lib, uning uzunligi 20-21 kilometrni tashkil kilgan, deb yozadi. Pirosta devori, – deb yozadi muallif, – Nur qal’asining g’arbida tog’ cho‘qqisidan maxsus bino qilingan inshoot xarobasidan boshlanib shimolga tomon 4 kilometr masofada davom etadi, so‘ngra u keskin burilib sharqqa yo‘naladi, ikki kilometr narida Mozor qishlog’ining janubiy qismidan o‘tadi va 5 kilometrdan so‘ng devor sharqiy-janubga, keyin janubga qarab o‘z yo‘nalishini o‘zgartiradi. Shu yo‘nalishda 3 kilometrdan so‘ng sharq tomondan qal’aga birlashib ketadi.

Nur shaxristoni 500×500 metrli hududda joylashgan bo‘lib, Shaxriston ham aloxida mustaxkam devor bilan o‘ralgan va unga bitta darvoza orqali kirilgan. Nur shaxristoni darvozasi «Darvozai ko‘rg’on» deb atalgan va undan chiqqan yo‘l shimoliy mudofaa devori bo‘lgan Pirostaning o‘rtasiga yo‘naltirilgan. Bu yerda esa shaharning asosiy darvozalaridan biri «Darvozai Pirosta» bo‘lgan. Bu qadimgi yo‘l hozir Axmad Yassaviy ko‘chasi deb nomlanadi.

Pirosta devori paxsadan qurilgan, xozir uning ba’zi joylarda 170 santimetrli xarobasi saklanib qolgan. Devor ustidan arava bemalol yurganligini shu yerda xis kilish mumkin.

Pirosta devori ichkarisidagi yer maydonidan shaxarliklar bog’dorchilik, dexqonchilik uchun foydalanishgan.

Arxeolog A.Kabirovning fikricha, Xitoy bilan Yevropani bog’laydigan Buyuk ipak yo‘lining bir tarmogi Nur, Qaroqarg’a, Ming buloq, Xorazm orqali Volgaga chiqqan. Ko‘xna Pirosta ortidagi Pashshotda savdo-sotiq rivojlangan. Pashshotdagi bozor rastalarining o‘rni xozir xam saqlanib qolgan.

Pirosta atamasining etimologiyasi xaqida bir necha fikrni keltirish mumkin. «Pir» – tojik tilida “qari”, “keksa” yoki «Peshi rasta» fors-tojik tilida “oldi” – degan ma’nolarni bildiradi. Shundan Purrasta, ya’ni («pur»-ko‘p) ko‘p rasta degan ma’no ko‘prok to‘gri keladi. Yunon manbalarida Pirosta shaxar tashqarisidagi devor yoki shaxar devori degan ma’nolarni bildiradi. Nuratolik otaxonlarning aytishlaricha Pirosta devori xam Nur qal’asi singari Iskandar davrida qurilgan. Shaharlik keksalar tilida «Sharsharai Ko‘chot, gul-gulai Pashshot», degan ibora uchraydi. Buning ma’nosi shuki, shaxarliklar Nurdan 7-8 kilometr uzoqlikda joylashgan Ko‘chotda oqqan suvning sharsharasini xamda Pashshotda bo‘layotgan bozor gulgulasini bemalol eshitishgan. Ularning aytishicha, Oqtov tomonidan kelayotgan Ko‘chotdagi suv shunchalik tez bo‘lganki, xatto tuyani ag’anatgan. Pashshot – katta qo‘rgon-qishlok bo‘lgan. Nur qadimda shunchalik obod bo‘lganki, – deya eslaydi Rajab bob, – uloq Pashshotdan Ko‘chotgacha tomma-tom borgan.

Otaxon Karim bobo Axmedovning aytishicha, qadimgi mudofaa devori uchta darvozadan iborat bo‘lgan:

  1. Darvozai Pirosta (Asosiy darvoza)
  2. Darvozai Rabot (Jo‘sh tomonda)
  3. Darvozai shodi (Xovuzak maxallasi tomonda)

Xerman Vamberm xam o‘zining «Buxoro tarixi» asarida «… Nur shaxrining darvozalari ochildi», – deb shaxar darvozalari bir nechataligini aytadi.

Arxeolog O.M.Rostovsev xam o‘zning 1974 yilda olib borgan ilmiy tadqiqotlaridan so‘ng Nur shaxri va Pirosta mudofaa devorining reja chizmasini yaratgan va bu mudofaa devoridan uch tomonga chiqish mumkinligini ko‘rsatib, Pirostani «Kampir devor» deb atagan.

Akademik Ya.Gulomov o‘zining «O‘rta Osiyo etnografiyasi va arxeologiyasi» asarida qadimgi Pirosta devorini qariyb to‘rtburchak shaklda ya’ni shimol, sharq va g’arb tomondagi mudofaa devorlari taxminan 7 kilometrdan bo‘lganligini, shaxar janub tomondan tog’lar bilan to‘silganligi tufayli sharqiy va g’arbiy devorlar toqqa yaqinlashar-yaqinlashmas qo‘rg’onlar bilan mustaxkamlanib, shaxarliklar o‘zlarini xar qanday vaziyatda xam ishonch bilan ximoya kilganliklari haqida axborot beradi. Ya.Gulomov Pirosta devorining fakat shimol tomonga ochiladigan bitta asosiy darvozasi haqida aytib o‘tadi. Qadimgi Nur tarixi, madaniyatini o‘rganar ekanmiz, Nurato tumani hududida, shahar zonasida, «Chashma» majmuasida xali o‘rganilmagan, ilmiy tadkikotlar olib borish lozim bo‘lgan yodgorliklar talaygina ekanligining guvoxi bo’lamiz. Osmondagi yetti qaroqchi yulduzlariga monand etib qurilgan Nur kal’asining o‘zi yaxlit bir tarix xazinasi. Undan tashqari xududdagi boshqa antik yodgorliklar: Mozor qishloq ko‘rg’oni, Poyga tepa, Dexibaland ko‘rg’oni, G’ozg’ontepa, Sanguzarsoy qo‘rgonlari, Temirkauk qo‘rgoni, O‘kansoy qo‘rgoni, Sentobtepa va shularga o‘xshash boshqa ko‘plab arxeologik yodgorliklar borligini ham aytib o‘tish joiz.

“Nurato tarixidan sahifalar” kitobidan

MAQOLANI MASHHUR QILISHGA HISSANGIZNI QO'SHING

G'olib Avezov

Navoiy viloyati bizning vatanimiz, bu yerda tug'ildik, o'sdik va bilim oldik. Vatanimiz bizga juda ko'p narsalar berdi. Endi esa biz vatanimizga beraylik. Uni rivojlanishi uchun har birimiz o'z hissamizni qo'shaylik.

Buni ham o'qing

6

Nurota sayyidlari

Sayyidlar- Muhammad payg‘ambar avlodlarining faxriy unvoni bo‘lib barcha musulmon mamlakatlarida alohida tabaqa sifatida izzat-hurmatga ega ...

Fikr bildirish

Sizning email manzilingiz oshkor qilinmaydi. Majburiy bo'limlar * bilan belgilangan

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>