2017/10/24 12:08:59

Nurotalik tadbirkor qizlar

loading...

Nurota qishloq xo‘jaligi kasb-hunar kolleji bitiruvchi qizlarining 45 nafariga “Savdogarbank”ning viloyat filiali tomonidan zamonaviy tikuv dastgohlari topshirildi.

920cee176262c252dfe3d51f381e1c89Mamlakatimizda kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari band­ligini ta’minlash, ular­ni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etishga alohida e’ti­bor qaratilmoqda. Bunda, ay­niq­sa, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 14 mart­dagi “O‘rta maxsus, kasb-hu­nar ta’limi muassasa­lari fa­oliyatini yanada tako­mil­lash­tirish chora-tadbirla­ri to‘g‘ri­sida”gi qarori bu bo­ra­da muhim dasturilamal bo‘layotir.

Navoiy viloyatida ham biti­ruvchi yoshlar bandligini ta’­minlash borasida tizimli ish­lar amalga oshirilayotir. O‘tgan yili 12 ming 953 nafar yosh mutaxassis kasb-hunar kol­lej­la­rini bitirdi. Ular ora­sidan tadbirkorlik ista­gi­da bo‘lgan o‘g‘il-qizlarning 1362 nafariga tijorat bank­lari tomonidan qariyb 15 mil­liard so‘m miqdorida im­tiyozli kre­dit mablag‘lari ajratildi.

— Tadbirkorlik faoliyati­ni yo‘lga qo‘yish istagini bil­dirgan yoshlarga tijorat bank­lari tomonidan imtiyozli kre­ditlar ajratilayotgani yangi ish o‘rinlari yaratilishida muhim omil bo‘lmoqda, — dey­di Navoiy viloyati o‘rta max­sus, kasb-hunar ta’limi bosh­qar­masi bo‘lim boshlig‘i Olim­jon Bobomurodov. — Yosh tadbirkorlar turli yo‘nalish­lar­da o‘z biznesini yo‘lga qo‘­yib, nafaqat oilasi farovon­ligiga hissa qo‘shmoqda, balki tengdoshlarini ish bilan ta’minlayapti.

Bitiruvchilarni tadbirkor­lik­ka keng jalb etish, ularda ishbilarmonlik qobiliyatini shakllantirish, yoshlarning is­tiqbolli loyihalarini qo‘l­lab-quvvatlash maqsadida ta’­lim muassasalarida tashkil etilgan maxsus o‘quv kurslari faoliyati yanada samarali bo‘l­moqda. Xususan, Nurota qishloq xo‘jaligi kasb-hunar kolleji­da 972 nafar o‘quvchi tahsil oladi. Joriy o‘quv yilida ta’­lim maskanini 307 nafar o‘g‘il-qiz bitiradi. Mazkur kol­lej­ning yana 7 nafar bitiruv­chi­siga ham chorvachilik va par­randachilik yo‘nalishlari bo‘­yicha imtiyozli kreditlar aj­ratildi.

Shuningdek, bank tomonidan shu kungacha 86 nafar kollej bitiruvchisiga 382 million so‘m imtiyozli kreditlar be­rildi.

MAQOLANI MASHHUR QILISHGA HISSANGIZNI QO'SHING

G'olib Avezov

Navoiy viloyati bizning vatanimiz, bu yerda tug'ildik, o'sdik va bilim oldik. Vatanimiz bizga juda ko'p narsalar berdi. Endi esa biz vatanimizga beraylik. Uni rivojlanishi uchun har birimiz o'z hissamizni qo'shaylik.

Buni ham o'qing

Nalog-na-saytyi-Retina-1078x516

Viloyatimizning 4 ta tumani va Zarafshon shahri tadbirkorlari 2028-yilgacha soliqlardan ozod etildi

O‘zbekiston Prezidentining 2017-yil 29-sentabrdagi qarori bilan “2017—2019-yillarda Navoiy viloyatining Tomdi, Uchquduq, Konimex, Nurota tumanlari va ...

Fikr bildirish

Sizning email manzilingiz oshkor qilinmaydi. Majburiy bo'limlar * bilan belgilangan

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>