2018/11/19 12:33:41

Nurota zaminidan chiqqan mohir murabbiy

loading...

Sayfiddin Xolmurodov tumandagi 32-o‘rta maktabda o‘qib yurgan kezlarida jismoniy tarbiya darslarida faol qatnashardi. Maktabni tamomla­gach, Buxoro shahridagi pedagogika bilim yurtining jismoniy tarbiya fakultetiga o‘qishga kirdi.nurotalik-murabbiy

Talabalik davrida ustozlari o‘gitlariga amal qilib, sportning dzyu-do turi bo‘yicha tinmay mashq qildi. O‘qishni bitirib kelgach, o‘z qishlog‘ida ochilgan Temirqovuq bolalar sport majmuasida ish boshladi. Bu yerda murab­biy 2008 yildan buyon bolalarning sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirib kelmoqda.

Hozir sport majmuasida 40 nafar bola dzyu­-do bo‘yicha muntazam mashg‘ulot olib bori­shadi. Kasbiga sodiq S. Xolmurodovning qunt bilan o‘rgatganlari besamar ketmadi. 2010 yil Toshkentda bo‘lib o‘tgan Respublika muso­baqasida shogirdi Sardor Boboyorov 47 ki­logramm vazn toifasida 3-o‘rinni egalladi. Bu zafar murabbiyni ruhlantirdi, unga yangi kuch-quv­vat bag‘ishladi. S. Xolmurodov yosh sportchilar g‘alabasi uchun astoydil harakatda davom etdi. E. Qoraqulov, N. Otaqulov, J. Jo‘­raxolov, S. Safarboyevlar viloyat musobaqala­rida faxr­li 1-o‘rinni egallashdi. Shogird­lari­dan biri, ayni paytda Navoiy Olimpiya zaxi­ra­lari kollejida ta’lim olayotgan Sh. Shirin­qulov Qozon shahrida bo‘lib o‘tgan xal­qaro musobaqada 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Yaqinda Nurota shahrida o‘tkazilgan O‘zbe­kiston Kubogi musobaqasida shogirdlaridan H. O‘rolov g‘olib bo‘ldi. N. Omonov esa 2-o‘rin­ni qo‘lga kiritdi. Murabbiy sho­gir­dlari bi­lan mashg‘ulotlarga qizg‘in kirish­gan. U endi keyingi musobaqalar uchun hozirlik ko‘rmoqda.

Manba: navoi.uz

MAQOLANI MASHHUR QILISHGA HISSANGIZNI QO'SHING

G'olib Avezov

Navoiy viloyati bizning vatanimiz, bu yerda tug'ildik, o'sdik va bilim oldik. Vatanimiz bizga juda ko'p narsalar berdi. Endi esa biz vatanimizga beraylik. Uni rivojlanishi uchun har birimiz o'z hissamizni qo'shaylik.

Buni ham o'qing

720_420_58409f182406b

Joriy yil Navoiy davlat konchilik institutini 631 nafar bakalavr tamomladi

Navoiy davlat konchilik institutida “Oq yo‘l sizga, bitiruvchilar!” deb nomlangan tadbir o‘tkazildi. Unda professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar ...

Fikr bildirish

Sizning email manzilingiz oshkor qilinmaydi. Majburiy bo'limlar * bilan belgilangan

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>