2017/12/11 7:13:15

Nurota tumani haqidagi to’liq faktlar

loading...

Nurota — Navoiy viloyati Nurota tumanidagi shahar (1976 y.dan). Oqtogʻning etagida, 524 m balandlikda joylashgan. Tuman markazi. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Tinchlik (85 km). Nurota viloyat markazi (Navoiy shahri)dan 85 km. Aholisi 35,1 ming kishi .nurota

Nurota Oʻzbekistonning qadimiy shaharlaridan biri. Shahar dastlab 10-asrda Narshaxiyning “Buxoro tarixi” asarida “Nur” shaklida (shu yerdagi mashhur “Nur” chashmasi nomidan) tilga olingan. Mahalliy rivoyatlarda shaharning paydo boʻlishi Iskandar Makduniy davriga borib taqaladi. Keyinchalik shahar bu yerda yashab oʻtgan mashhur Shayx Abulhasan Nuriy (9-asr) sharafiga “Nurota” deb atala boshlagan. Nurota ustidan Buyuk ipak yoʻlining bir tar-mogʻi oʻtgan. U oʻtmishda harbiy-strategik ahamiyatga ega boʻlib, yirik savdo markazi ham hisoblangan. “Nur” qalʼasi qadimdan Jizzaxdan soʻng Buxoro va Samarqand vohasiga kirish uchun ikkinchi darvozahisoblangan. N. (qadimiy “Nur”) Buxoroning shimolidagi chekka shahar boʻlib, madaniy oʻtroq aholi va koʻchmanchi xalqlar yashaydigan hudud chegarasida joylashgan. Oʻgʻuz turklari Nurota voxasidan avval Xuroson, soʻngra Kichik Osiyo yarim oroliga borib oʻrnashgan va Saljuqiylar davlatiga asos solgan (11asr). Qadimiy tosh yoʻli orqali Nurga koʻplab karvonlar kelib toʻxtagan. Chingizxon qoʻshinlari Buxoroga borishda xuddi ana shu yoʻldan (1220 yil yanvar) Nurga kirib kelgan. Shu bois tosh yoʻli “xon yoʻli” nomi bilan ham yuritilgan. Nurota Somoniylar, Abdullaxon davri (16-asr)va undan keyingi davrlarda ham muhim strategik istehkom hisoblangan. Nurotaning ulkan boyligi uning marmar konidir. Shahardagi “Nurotamarmar” sanoat korxonasi ushbu kon xom ashyosi asosida ishlaydi. Shuningdek, Nurotada non kombinati, tikuvchilik fabrikasi, “Nurbuloq”, “Nu-robod” aksiyadorlik jamiyatlariga karashli korxonalar, bir necha bozor, savdo doʻkonlari, madaniy, maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari bor. 8 umumiy taʼlim maktabi, pedagogika, qishloq xo’jalik kasb-hunar kollejlari, 7 ommaviy kutubxona, klub, “Chashma” oʻlkashunoslik muzeyi faoliyat koʻrsatadi. Nurotada 2 kasalxona, 16 dorixona va boshqa tibbiyot muassasalari mavjud.

Xalq amaliy sanʼat va hunarmandchiligi qadimdan rivojlangan. Nurota ustalari tomonidan tayyorlangan duradgorlik, temirchilik, chilangarlik, quruvchilik, kulolchilik, miskarlik, kashtachilik, zargarlik mahsulotlari hamisha haridorgir boʻlib kelgan.

Nurotada antik davrda qurilgan Nur qalʼasi qoldiklari (uni Iskandariya, Iskandar qalʼasi ham deyishgan), Pirosta mudofaa devori qoldiqlari va qadimiy korizlar sistemasi (taxminan miloddan avvalgi 4—3-asrlar), “Chilustun” jome masjidi (9— 20-asrlar boshlari), Katta Gumbaz masjidi (1582 — 90 yillar), “Sayidota”, “Okmas-jid”, “Bargsoʻz” masjidlari (19-asr oxiri — 20-asr boshlari), Sudur Bobo hammomi (1928 yil) kabi meʼmoriy va tarixiy yodgorliklar saqlanib qolgan. Shaharda Mozori Sang Andoz (Paxlavon Ahmad Zamjoi), Shoiris (Bibisitam Tagalbos), Mozori bandikusho (Hoji Burhoniddin Jarroh), Chilla mozor (Xoja Ubaydullo Jarroh), qadimiy Nur chashmasi kabi ziyoratgohlar mavjud.

Nurota Oʻzbekistonning Navoiy viloyatida joylashgan shahardir. Nurota tumani markazi. Viloyat markazi — Navoiy shahridan shimolga 55 km uzoqlikda joylashgan.

1976-yildan shahar mavqeʼini olgan (bungacha shahar tipidagi qishloq, undan ham avval esa qishloq mavqeʼida edi).

Nurota shahri tarixini shu joyda Nur qalʼasini qurdirgan Iskandar Zulqarnayn bilan bogʻlashadi. Nurotada Chashma bulogʻi bor, buloq shifobaxsh hisoblanadi. Diniy va turizm ahamiyati bor.

Maqolada Wikipedia.org ma’lumotlaridan foydalanildi.

MAQOLANI MASHHUR QILISHGA HISSANGIZNI QO'SHING

G'olib Avezov

Navoiy viloyati bizning vatanimiz, bu yerda tug'ildik, o'sdik va bilim oldik. Vatanimiz bizga juda ko'p narsalar berdi. Endi esa biz vatanimizga beraylik. Uni rivojlanishi uchun har birimiz o'z hissamizni qo'shaylik.

Buni ham o'qing

6

Nurota sayyidlari

Sayyidlar- Muhammad payg‘ambar avlodlarining faxriy unvoni bo‘lib barcha musulmon mamlakatlarida alohida tabaqa sifatida izzat-hurmatga ega ...

Fikr bildirish

Sizning email manzilingiz oshkor qilinmaydi. Majburiy bo'limlar * bilan belgilangan

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>