2018/10/17 5:51:02

Nurota tuman sanoat konchilik kasb-hunar kolleji

loading...

Kollej O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 13.05.1998 yildagi 204-sonli, 23.09.1998 yildagi 406-sonli qarorlari, Navoiy viloyat hokimining 28.08.2008-yildagi K-27 sonli qarorlar asosida tashkil etilgan.

1.1Nurota sanoat konchilik kasb-hunar kolleji ( bundan buyon kollej deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 23-sentyabrdagi 406-sonli qarori, Navoiy viloyat hokimining 2000-yil 13-iyuldagi K-202-sonli “Yangi turdagi o‘quv yurtlarini tashkil etilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirligi tasarrufidadir.

1.2Kollej Nurota tumani sanoat-konchilik infratuzilmasi rivojlanish dasturiga muvofiq Davlat ta’lim standartlari doirasida o‘rta maxsus, kasb-hunar bilimini beradigan o‘quvchilarning kasb-hunarga moyilligi, mahorat va malakasini chuqur rivojlantirishni, tanlangan kasblar bo‘yicha ixtisos olishni ta’minlaydigan yangi turdagi o‘quv yurtidir. Ta’lim shakli kunduzgi bo‘lib, u ishlab chiqarishning ajralgan (9-sinflar negizida) va ishlab chiqarishdan ajralmagan holda olib boriladi.

Kollej bitiruvchilariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplom beriladi. Unda o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi yo‘nalishlari va mutaxassisliklar bo‘yicha belgilangan nomi ko‘rsatiladi.

Diplomga o‘zlashtirilga umumta’lim va maxsus (kasbiy) fanlar, ularga ajratilgan soatlar

hajmi va o‘zlashtirish baholari (yakuniy reyting ballari) shuningdek, Yakuniy Davlat

attestatsiyasi natijalari qayd etilgan qo‘shimcha varaq ilova qilinadi.

Kasb-hunar kollejini tugatganlik to‘g‘risidagi diplom ba’lim olishning keyingi

bosqichlarida o‘qishga yoki egallagan mutaxassisliklari bo‘yicha ish faoliyati bilan

shug‘ullanishga imkon beradi.

1.3Kollej huquqiy shaxs maqomiga ega bo‘lib, u o‘zining tamg‘ali muhri, shtampi, davlat namunasidagi blanki bankdagi hisob raqami, peshlavha va boshqa rikvizitlariga egadir. U o‘z nomidan shartnomalar tuzishi, mulkiy huquq va majburiyatlarga egalik qilishi, sud (xo‘jalik sudi) va boshqa huquq targ‘ibot organlariga javobgar sifatida ishtirok etishi mumkin.

Nurota sanoat konchilik kasb-hunar kolleji G‘ozg‘on qishlg‘idagi Tumar MFYda joylashgan bo‘lib 100021860122387092600028004 (byudjet mablag‘lari bo‘yicha) hamda 400121860122387950100028004 (byudjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha) hisob raqamiga ega.

Kollej o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” qonunlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Hamda Vazirlakr Mahkamasining ta’lim sohasiga oid Farmon va qarorlari, “O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi to‘g‘risidagi Nizom O‘zbekiston Respublikasi vakolatli davlat va boshqaruv organlarining boshqa meyoriy hujjatlari hamda ushbu Ustav asosida amalga oshiradi.

1.4Ta’lim muassasasiga o‘quvchilarni o‘qishga qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan shu yo‘nalishdagi ta’lim muassasalariga qabul to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.

1.5Kollejda o‘qish muddati 9-sinf negizidagi guruhlar uchun 3 yil.

Kollej mahalliy hokimliklar va yuqori boshqaruv organlari taklifiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim Vazirligi tomonidan Respublika Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda tugatilishi mumkin.

O‘quvchilar, o‘qituvchilar tarkibiy qismlari haqidagi statistik ma’lumotlar (sinflar kesimida, o‘qituvchilar darajasi kesimida)

Kollej ta’lim oluvchilari (talabalari) amalda qonun va nizomlar asosida kasb moyilligi, xoxish-irodasi va kasbiy layoqatiga ko‘ra o‘qishga qabul qilingan, tayanch ma’lumotga ega yoshlardan tashkil topgan.

O‘quvchini o‘qishga qabul qilish o‘quvchining tanlagan kasbi bo‘yicha pedagogik-psixologik Tashxis Markazi tavsiyasiga ko‘ra o‘quvchilar qabuli to‘g‘risidagi amaldagi nizom va yo‘riqnoma asosida amalga oshiriladi.

O‘quvchining o‘qishga qabul qilinganligi to‘g‘risidagi buyruq asosida unga belgilangan namunadagi talabalik guvohnomasi va o‘zlashtirish (Reyting daftarchasi beriladi).

O‘quv guruhlari 33 kishidan oshmagan holda shakllantiriladi.

O‘quvchilarni guruhdan-guruhga shuningdek boshqa ta’lim muassasasiga ko‘chirish, o‘qishdan chetlatish va qayta tiklash O‘zbekiston Respublikasi Ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat Komsissiyasi tomonidan 1999-yil 24-iyulda tasdiqlangan Nizom asosida amalga oshiriladi.

Kollej o‘quvchilari quyidagi huquqlarga ega:

-fan, texnika va zamonaviy madaniyatning rivojlanishiga mos bilimlarni olishga:

-o‘quv rejasi doirasida mutaxassaslikni tanlash:

-qonun bilan belgilangan hollarda yakka tartibda va eksternat shaklida ta’lim olish;

-o‘z-o‘zini boshqarish organlariga, turli jamoat tashkilotlariga saylash va saylanish;

-kollejda ta’lim tarbiya va boshqa faoliyat masalalari muhokamasida ishtirok etish;

-kollejda mavjud bo‘lgan ta’lim tarbiya jarayoni o‘quv moddiy bazasi negizidan (sinf xonalari, labaratoriyalar, texnik vositalar ART sport zali, sport anjomlari va h.k) bepul foydalanish;

-kollejda o‘tkaziladigan tadbirlarda, ijodiy va ishlab chiqarish faoliyati ishtirok etish;

Belgilangan tartibda muayyan to‘lovlar evaziga o‘quv rejasi doirasidan tashqari fanlar bo‘yicha qo‘shimcha bilim olishga;

Kasb-hunar talabalari quyidagi burchlarga ega;

-kollejda o‘quv davrida ushbu Ustav va ichki tartib qoidalariga to‘la amal qilish;

-o‘quv rejasida belgilangan fanlar dasturi bo‘yicha bilim va malakalarni to‘la egallashi o‘qish topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarishlari;

-kollej mulkidan to‘g‘ri va tejab-targab foydalanishi, uni ko‘z qorachig‘idek asrashi;

-xavfsizlik va ko‘cha harakati qoidalariga to‘la amal qilishi;

-jinoyatchilik va huquqbuzarlikka yo‘l qo‘ymasligi, har qanday salbiy holatlarga murosasiz bo‘lishi;

-o‘z dunyoqarashini shakllantirib borishi har tomonlama barkamol inson bo‘lishiga intilishi;

-boshqalar bilan xushmuomalada bo‘lishi, axloqan pok va yuksak madaniyatli bo‘lishi

Mazkur Ustav shartlarini buzgan o‘quvchilarga nisbatan quyidagi intizomiy choralar ko‘riladi.

-jamoat izzasi berish (guruh yig‘ilishida)

-hayfsand elon qilish

-O‘qishdan chetlatish.

Kollej o‘quvchilariga nisbatan moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish tadbirlari shuningdek nojo‘ya hatti-harakatlari uchun intizomiy va ma’muriy jazo choralari ilmiy-pedagogik kengash tavsiyasiga asosan kollej rahbari buyrug‘iga asosan amalga oshiriladi.

Nurota sanoat konchilik kasb-hunar kolleji o‘quvchilari to‘g‘risida ma’lumot

O‘quvchilarning o‘qiyotgan yo‘nalishi Guruhi 1-kurs 2-kurs 3-kurs
1 Foydali qazilmalarni ochiq usulda qazib olish bo‘yicha texnik 3 35 30 34
2 Ochiq kon mashina va jihozlarida foydalanish va ta’mirlash bo‘yicha usta 3 35 31 25
3 Keng assortimentdagi kiyimlar konstruktori 4 21 29 47
4 Tikuv va tikuv buyumlarini ishlab chiqarish texnik texnologi 1 21 0 0
Jami 11 112 90 106

Kollej pedagogik jamoasi pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga tegishli ma’lumot va kasbiy tayyorgarlikka ega bo‘lgan yuksak axloqiy fazilatli shaxslardan tashkil topadi.

Sud hukmi bilan pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish ta’qiqlangan shaxslar bu ishga qo‘yilmaydilar.

O‘qituvchilarni ishga qabul qilish tanlov asosida ularning bilim va malaka saviyasi darajasiga ko‘ra amalga oshiriladi.

Oliy o‘quv yurtlarini joriy yilda ta’momlagan va maxsus yo‘llanma bilan ishga yuborilgan yosh mutaxassislar suhbat yo‘li bilan ishga qabul qilinadi.

Ilmiy daraja va unvonga ega bo‘lgan mutaxassislar shuningdek ishlab chiqarishlar taklif etilga malakali mutaxassislar ishga qabul qilishga imtiyozga egadirlar.

Ta’lim muassasasida fan va amaliyot o‘qituvchilari, ishlab chiqarish ustalari va yordamchi xodimlar lavozimlari joriy etiladi.

Kollejning o‘qituvchilari, amaliyot o‘qituvchilari, o‘quv ishlab chiqarish ta’limi ustalari va xodimlarining huquq va burchlari kasbga qo‘yilgan talablar bilan belgilanadi va O‘zbekiston Respublikasi Mehnat qonunchiligi asosida tartibga solinadi.

O‘qituvchilar, amaliyot o‘qituvchilari, o‘quv ishlab chiqarish ta’limi ustalari pedagogik mehnatining, tabiyaviy va ilmiy jarayonining yuqori samara berishga, o‘qituvchilarga mustaqilliku, tashabbuskorlik, ijodiy qobiliyat zaruriy kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga, kollej Ustaviga rioya qilishga majburdirlar.

Kollej o‘qituvchilari va boshqa pedagogik xodimlar belgilangan tartibda attestatsiyadan o‘tadilar va uning natijalari xodimning mehnatini baholashda asosiy mezonlardan biridir.

Kollejning pedagogik kadrlari amaldagi nizom asosida malaka oshirish va qayta tayyorlash muassasasilarida o‘z malakalarini oshiradilar.

Kollej ma’muriyati barcha toifadagi o‘qituvchilar va xodimlarning o‘qishi, mehnat qilishi va dam olishi uchun zarur sharoitlarni yaratib beradi.

Barcha toifadagi xodimlarning mehnatiga haq to‘lash byudjet mablag‘lari doirasida mehnat faoliyati haqidagi harakatdagi Nizomga asosan amalga oshiriladi. Xodimlarning moddiy rag‘batlantirish miqdori va tartibi shu maqsadlar uchun ajratilgan mablag‘lar doirasida xodimning ish ko‘rsatkichlari va maxsus komissiya tavsiyasi asosida kollej direktori tomonidan belgilanadi.

Nurota sanoat konchilik kasb-hunar kolleji rahbar va pedagoglar to‘g‘risida ma’lumot

Direktor o‘rinbosarlari OMO‘qituvchilar Katta o‘qituvchi ICHTUstalari Yosh mutaxassis o‘qituvchilar
1 4 nafar 16 nafar 2 nafar 7 nafar 2 nafar

Kollej manzili: O’zbekiston Respublikasi, Navoiy viloyati, Nurota tumani G’azg’on qishlog’i.

 

Telefon raqam: +99879 – 523 – 33 – 84

 Elektron pochta manzili: nav.nskkhk@markaz.uz

MAQOLANI MASHHUR QILISHGA HISSANGIZNI QO'SHING

G'olib Avezov

Navoiy viloyati bizning vatanimiz, bu yerda tug'ildik, o'sdik va bilim oldik. Vatanimiz bizga juda ko'p narsalar berdi. Endi esa biz vatanimizga beraylik. Uni rivojlanishi uchun har birimiz o'z hissamizni qo'shaylik.

Buni ham o'qing

1

Navbahor yengil sanoat kasb-hunar kolleji bu bilimlar o’chog’i

Navbahor yengil sanoat kasb-hunar kolleji O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 29-oktyabrdagi “Umumiy o‘rta va ...

Fikr bildirish

Sizning email manzilingiz oshkor qilinmaydi. Majburiy bo'limlar * bilan belgilangan

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>