Nurota qishloq xo‘jalik kasb-hunar kolleji 2002-2003 o‘quv yilidan buyon faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Loyiha quvvati 900 o‘rin. 1974 yilda hunar bilim yurti sifatida tashkil etilgan, 1996 yilda kasb-hunar litseyiga aylantirilgan.
O‘zbekiston Respublikasi «Ta’lim tug‘risida» gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining № 406 sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2003 yil 21 oktyabrdagi №169 sonli buyrug‘iga asosan qayta qurish yo‘li bilan Nurota qishloq xo‘jalik kasb-hunar kolleji maqomi berilgan.
Ta’lim muassasida 60 nafari o‘qituvchi shundan 17 nafari kasbiy ta’lim fani o‘qituvchilari, 21 nafar ishlab chiqarish ta’limi ustalari, 21 nafar axborot-resurs markazi xodimlari faoliyat olib bormoqda
Kasb-hunar kollejida «Qishloq xo‘jalik mexanizatsiyasi», «Veterinariya», «Kompyuter injenering», «Keng assortimentdagi kiyimlar modelyer-konstruktori», «Avtotransport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish», “Qishloq xo‘jaligini elektrlashtirish va avtomatlashtirish”, “Zootexniya” kasbiy tayyorlov yo‘nalishlari buyicha mutaxassislar tayyorlanib kelinmoqda,
Kasb-hunar kollejida 2016-2017 o‘quv yilida 792 nafar o‘quvchi- yoshlar tahsil oladi, shundan 352 qizlar
Kasb-hunar kollejida 24 ta to‘garak tashkil etilgan, shundan 10 tasi fan to‘garagi, 6 tasi sport to‘garagi, 6 tasi kasbiy 2 tasi badiiy havoskorlik to‘garagi, fan to‘garaklarida 239 nafar, sport to‘garaklarida 238 nafar, kasbiy to‘garaklarda 111 nafar, badiiy havaskorlik to‘garaklarida 30 nafar o‘quvchilar jami 618 nafar o‘quvchilar to‘garaklarga jalb qilingan.
Ta’lim muassasida 150 o‘rinli oshxona, 300 o‘rinli faollar zali, sport zall, yozgi sport maydonchasi, 150 o‘rinli axborot-resurs markazi mavjud.
Axborot –resurs markazi 90359 ta kitob fondiga ega shundan 52992 tasi badiiy, 3025 tasi maxsus fanlar bo‘yicha, 4649 tasi umumta’lim fanlari, 29624 tasi sohaga oid adabiyotlar axborot-resurs markazi 6 ta komp’yuter, skaner, kseriokopiya bilan ta’minlangan internet tarmog‘iga ulangan.
Ishlab chiqari ustaxonasida 6 ta ustaxona mavjud bo‘lib, jumladan, tikuvchilik ishlab chiqarish ustaxonasi, o‘simlikshunoslik ustaxonasi, chilangarlik ustaxonasi, payvandlash ustaxonasi, avtomobillarga xizmat ko‘rsatish ustaxonasi, chorvachilik bo‘yicha fermer xo‘jaligini tashkil etish ustaxonalari, hamda avtomobillarni boshqarish bo‘yicha poligon mavjud, ko‘chma belgilar, avtomobillarni qo‘yish va chiqish joylari, estakadalar, temir yo‘l kesishmasi , puteprovodlar kabi jihozlar bilan ta’minlangan. Ta’lim muassasasida “Damas”, “Otayul” avtomashinasi, 2 ta TTZ traktori hamda 1ta kichkina traktor mavjud.
Kollejda ayni paytda 6 ta kafedra – Aniq fanlar kafedrasi, Ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi, Maxsus fanlar kafedrasi, Chet tillari kafedrasi, YoCHT va jismoniy tarbiya fanlar kafedrasi, O‘quv ishlab chikarish fanlar kafedrasi faoliyat olib bormoqda.
MAQOLANI MASHHUR QILISHGA HISSANGIZNI QO'SHING