2018/04/21 12:59:53

Nur korizlari

loading...

Qadim zamonlardan boshlaboq ajdodlarimiz nishabsiz tekis yerlarda quduqlar qazib, qovg’a bilan suv tortib o‘z extiyojini qondirgan bo‘lsa, past-baland adirlardan iborat tog’ etaklarida esa yuzlab quduqlarni bir-biriga tutashtirgan antiqa irrigatsiya inshooti – korizlar vositasi bilan yer osti suvlarini yer yuziga chiqarib, dexqonchilikda foydalanganlar.

O‘zbekistonda mana shunday irrigatsiya inshootlaridan keng foydalaniladigan tumanlardan biri Nuratodir. Bu yerda korizlar qadim zamonlardayoq barpo etilgan bo‘lib, ulardan hozirgi kunlargacha foydalanib kelinadi. Nuratoliklar korizlar kovlab yer osti suvlarini yuzaga chikarish tarixini eramizdan oldingi 329-327 yillarda O‘rta Osiyoga bostirib kirgan makedoniyalik Iskandar nomi bilan boglaydilar. Nuratoliklarning afsonasiga ko‘ra, Iskandar Zulkarnayn Zarafshon vodiysiga ko‘shin tortib kelganda Nurato tizmasining janubiy kanoti Oktogning eng yukori cho‘kkisiga chikkan. U togdan janub tomonga karasa Zarafshon daryosi va obod vodiyni, shimol tomonida esa daraxtsiz keng maysazor yaylovni ko‘rgan. O‘shanda yam-yashil poyonsiz keng dashtga karab Iskandar – «bu viloyatning daryosi yer ostidan okar ekan», – degan emish. So‘ngra Iskandar ko‘shinini Nuratoga olib kelib, 366 xarbiy kism sarkardalariga o‘z otryadlari bilan xar biri bittadan koriz kavlashi xakida buyruk bergan. Natijada 366 ta koriz kovlanib, Oktog etaklariga suv chikarilgan va Nurato atrofi obod bo‘lgan.

Shubxasiz bu fakat afsonagina bo‘lmay, balki Nuratoning tabiiy sharoiti, jumladan, uning gidrogeologiyasi ustida maxalliy axolining uzok vakt olib borgan kuzatishlaridan to‘plangan bilimning natijasidir. Shuning uchun xam Nurato tumani ostidagi okar daryo to‘grisidagi xalk ogzaki rivoyati  Iskandar tilidan  xikoya kilinib, yer osti suvlaridan foydalanish uchun kovlangan korizlar uning nomi bilan boglab ko‘rsatilsada, lekin u suvga tankis bo‘lgan Nur xalkining suv manbalarini izlab topish va juda katta mashakkatlar bilan barpo etilgan suv inshootlari – korizlar orkali yer osti suvlarini yer ustiga chikarish yo‘lida olib borgan kurash tarixini ifodalaydi.

Koriz – yer osti suv inshootidir. Bunday irrigatsiya inshootini kurish nixoyatda ogir va murakkab bo‘lgan. U mashakkatli ko‘l mexnatidan tashkari, yer osti suvlarining to‘planadigan katlami, yil mavsumlarida bu suvlar satxida ro‘y beradigan o‘zgarishlar va koriz chikariladigan joy relyefidagi nishablikni juda anik belgilashni talab etgan.

Koriz chikarishda tajribakor korizchi irrigatorlar dastavval kiyalikning balandrok yeridan yer osti suvigacha shaxmat usulida bir necha kuduk kazishgan. Kuduklardagi suv vakti-vakti bilan belgilanib turilgan. Yer osti suvlari tortilib, kuduklardagi suv satxi eng pastga tushgan fevral oyida koriz kavlashga kirishilgan. Ish yer nishabini belgilash, ya’ni nivelirovka kilishdan boshlangan. Chunki yer nishabini anik va to‘gri belgilash koriz trassasini o‘tkazishda va yer osti suvlarining koriz orkali yer yuziga okib chikishida xal kiluvchi rol o‘ynagan.

Nivelirovka kilib koriz trassasini belgilashda ikki yoki uch kishi katnashgan. Birinchi kishi kuduk tepasida usturlab orkali kuzatib turgan. Ikkinchi kishi bo‘yi kuduk chukurligiga teng uzun xoda yoki yogochni olib, suv chikariladigan tomonda uni tikka ushlab  turgan. Usturlab izodasining dioptrlaridan karab, yogochning tikligi aniklangan. Yogochning uchi kuduk ogzi bilan bir xil gorizontal yo‘nalishda bo‘lganda, kudukdagi yer osti suvi o‘sha nuktada yer yuziga okib chikkan.

Yer nishabini olishda vaterpas asbobi xam ishlatilgan. Tarozi – vaterpas yordamida yer satxini belgilashda uch kishi katnashgan. Ikki kishi yogoch xodalarni tik o‘rnatib, reja ipini tarang tortib turgan. Uchinchi kishi tarozini reja o‘rtasiga osib, shokulga karab yer nishabini belgilagan. Tekshirilayotgan tekislik gorizontal vaziyatda bo‘lsa, u muvozanatni saklagan ,aksincha bulsa shokulning bir tomoni ogib ketgan. Shokul oggan tomonda ip uchini yogoch xodadan pastga tushirib, shokulni tarozining tiliga keltirish bilan yerning kanchalik kiyaligi aniklangan. Shu tarika butun koriz trassasi belilab chikilgan. Demak, yer osti suv inshootlari – korizlar kazishda usturlob (astrolyabiya) va shokulli tarozi (vaterpas) kabi maxsus asboblardan foydalanilgan. Bu asboblar yordamida yer satxidagi nishablikning anik xisobi olingan. Bu ma’lumotlar maxalliy o‘lkashunos R.Axmedov tomonidan o‘rganilgan.

Nivelirovka o‘tkazilib, koriz trassasi aniklangach, trassa bo‘ylab xar 10 metrda kator kuduklar kovlangan. Yer osti suvlarining to‘plangan katlamiga karab suv chikadigan bosh kuduklarning chukurligi 18-20 metr, ba’zan undan xam oshikrok bo‘lgan. Kuduklar tunnel orkali bir-biriga tutashtirilgan. Bosh kuduklardan yigilgan yer osti suvlari mana shu tunnel orkali okib chikkan. Tunnel «laxm» deb atalgan. Uning balandligi 1,25-1,5 metr, eni 1 metr bo‘lib, uzunligi joy nishabiga karab bir necha kilomertga cho‘zilgan. Masalan, Nurotadagi Maston deb atalgan korizning 280 ta kudugi bo‘lib, bosh kudukning chukurligi 14 metr va laxmning uzunligi 3 kilomertga teng bulgan. Korizning kuduklar orasidagi ustki kismi «pushta» deb atalgan.

Korizni kovlashda laxm o‘tkazish eng ma’suliyatli ish bo‘lib, yer osti suvlarining yer ustiga okib chikishi laxmning to‘gri kovlanishiga boglik bo‘lgan. Buning uchun, birinchidan, kuduklarni birlashtirishda, karama-karshi tomonlardan kovlanadigan laxmning biror yokka kiyshayib ketishiga yo‘l ko‘ymay, kuduklarni bir-biriga to‘gri tutashtira olish, ikkinchidan, koriz orkali yer osti suvlarini yer ustiga okib chikishini ta’minlash lozim bo‘lgan. Shuning uchun xam laxmlar odatda 0,005 metr nishablikda kovlangan.

Koriz kovlashda bir kancha korizchi jamoalar oylab va yillab laxm xamda kuduklar kazib, minglab kubometr tuprok va shagallarni kazib chikarishgan. Masalan, uzunligi 3 kilometr bo‘lgan 250-300 kuduklardan iborat o‘rta xajmdagi korizdan taxminan 7-8 ming kubometr tuprok kazib chikarilgan. Nurotadagi korizlardan birining «Zulmkoriz» deb atalishiga sabab Iskandar bu korizni zulm bilan kazdirgani va yer osti suvlarini yer ustiga chikarishdagi mexnat jarayonining nixoyatda ogirligidan bo‘lsa kerak.

Ma’lumki, korizlardan bir meyorda suv okib turishi uchun ular xar yili tozalanib turilgan, ta’mir etilgan. Koriz tozalash eng mashakkatli va ogir ishlardan xisoblanadi. Chunki korizdor dexkonlar xar yili erta baxorda 20-30 kun korizning tunneli ichida suv kechib, laxm va kuduklar ichiga cho‘kkan loykalarni kazib chikarganlar. Ko‘pincha korizning pushtasi cho‘kib, laxmning kattagina kismini bosib kolgan. Bunday xollarda laxmning bosib kolgan kismi kayta kazilib, o‘pirilgan joylariga yogoch yoki toshlar ko‘yilib mustaxkamlangan.

Xa, korizlar ko‘xna sharkning kadimiy gidrotexnika inshooti bo‘lib, korizchilik ota-bobolarimiz dexkonchilik san’atining noyob namunasi xisoblanadi. O‘tmishda bobo dexkon o‘tgan ajdodlarimizning yer osti suvlarini moxirlik bilan yer yuzasiga olib chikkanligini ko‘rib lol kolasan kishi.

Koriz atamasi fors-tojikcha bo‘lib «kax» – somon, «rez»– to‘k degan so‘zlarning birikishidan xosil bo‘lgan. Bobolarimiz koriz suvi to‘gri okayotganligini tekshirish uchun birinchi kudukka kax-somon tashlab, to‘kib somonni oxirgi kudukdan chikayotgan suvda ko‘rib suvning ravon okayotganligini, suv mikdorini tekshirganlar. Rivoyat kilishlaricha Iskandar Nurga kelganida oxirgi kudukda bir to‘da odam kuduk boshidagilarga karab kax rez! (somonni to‘k!) deb bakirayotganligini eshitib: «bular nima deb kichkirishayapti?»–deb so‘ragan ekan.

O‘zbekistonning togoldi tumanlarida kadimgi zamonlardan to xozirgi kungacha korizlardan foydalanib kelinmokda. Irrigatsiya texnikasining bu kadimgi turi keng tarkalgan tumanlardan biri Nuratodir. Nuratoning kadimgi korizlaridan juda ko‘pi ko‘milib ketgan bo‘lsa xam, xozirgi vaktda fakat Kalta-korizda kishin-yozin suv okib turadi. Maxalliy xalk tumanda mavjud bo‘lgan korizlarning bir kismini Iskandariy korizlar deb Iskandar Zulkarnayn nomi bilan boglaydi. Ular: Tovboy, Kaynar, Boshkoriz, Mazor, Kuvandik, Ko‘nchi, al-Buxoriy, (Alpuxori) Satilgon, Miri, Yalok, Taylok, Sulton, Maston, Mastak, Komboy, Zulfikor, Kalta-koriz bo‘lib ularning nomlari yillar o‘tishi mobaynida extimol o‘zgargan. Ushbu korizlarda 1950-60 yillarda dexkonchilik kilgan arbob Muxammad Xakimov, Bakoboy bobo Kodirov, Uzok bobo Nazarovlar bilan suxbatlashib ulardan kimmatli fikrlar oldik. Biz kuyida yana Nurato korizlarining nomlarini keltiramiz: Toshlok, Gajobod, Savrobod, Kizil kanda, Sattorobod, Toshkuduk, Xayrobod, Yamon turkman, Kum koriz, Chuchkok koriz, Zulmkoriz, Dangal koriz, Janjolobod, Nurobod, Saxti, Sherobod, Go‘robod, Kulol, korizi Kalon, Korizcha va boshkalar. Nurato korizlarining xar biridan o‘rta xisobda sekundiga 40-50 litr suv okib chikib, 40-50 gektargacha yer maydonini sugorgan.

Nurato korizlarining ko‘pi oxirgi marta XVI-XVIII asrlarda kurilgan bo‘lib, xatto ayrim korizlarning nomlaridan ularning kazilishi tarixi-yili chikadi. Masalan, «Zulm» korizining nomidagi xarflarning yigindisidan 970 rakami va «Zulfikor» korizi nomidagi xarflardan 1118 rakamlari chikadi. Xijriy yil xisobida olingan bu rakamlarni melodiy yilga aylantirsak «Zulm» korizi 1533-1534 yillarda va «Zulfikor» korizi esa 1706-1707 yillarda kurilganligi ma’lum bo‘ladi. Shunisi xarakterliki, xozirgi vaktda oxirgi marta kazilgan ko‘pgina korizlarning yonida, ularga parallel ravishda ba’zan ikki, ba’zan uch kator ko‘milib, suvi kurib kolgan ko‘xna korizlarning o‘zanlari joylashgan. Bu kuruk o‘zanlari, shubxasiz, asrlar davomida Nurato korizlarining bir necha bor ishdan chikib, kayta tiklanganligining guvoxidir.

Koriz kovlash, shuningdek, korizni tartibli saklash uchun, uni ta’mir etishda bajariladigan ko‘l mexnatining nixoyatda ogirligi tufayli korizdor dexkonlar bunday yer osti inshooti bilan boglik bo‘lgan barcha ishlarni jamoa-jamoa bo‘lib, birgalikda amalga oshirishgan. Korizdan okib chikadigan suv mikdori aytarlik ko‘p bo‘lmasdi. Shuning uchun xam xar bir jamoadagi koriz suvidan foydalanuvchi dexkonlarning soni kat’iy belgili bo‘lgan. Masalan, kichikrok korizlarda korizdor jamoa 24 kishidan va kattarok korizlarda 36 kishidan oshmagan. Xar bir koriz 24 yoki 36 dexkondan iborat jamoaning kuchi yoki mablagiga kurilgani uchun, u shu jamoaning jamoa mulki xisoblangan. Shunga asosan korizdan foydalanishda bu jamoa a’zolari teng xukukli bo‘lib, koriz suvi xam, undan sugoriladigan yer maydoni xam ular o‘rtasida bab-baravar taksimlangan.

Koriz suvi bilan dexkonchilik kilishda xar bir korizdor jamoa 10 yoki 12 ta mayda guruxlarga bo‘lingan. Xar bir gurux mayda korizlarda ikki dexkondan va katta korizlarda uch dexkondan iborat bo‘lib, nuratoliklar bunday guruxlarni «xamboz» ya’ni sherik deb atagan. Koriz suvi bilan sugoriladigan yer maydoni xam xambozlarning soniga karab bo‘lingan. Xar bir yer bo‘lagi «taxta» deb yuritilgan. Katta korizlarda taxta 16 tanob (4 gektar) va kichik korizlarda 6-8 tanob (1,5-2 gektar)ga teng bo‘lgan.

Xar yili baxorda xambozlar o‘rtasida chek tashlash yo‘li bilan taxtalar tasimlanib sugorish navbatli belgilangan. Navbat esa xaftada bir marta aylangan. O‘lkashunos R.Axmedov kuyidagi fikrlarni keltiradi.

Odatda koriz suvi sutka bilan o‘lchanib, nuratoliklar uni «Shabi–ro‘z», ya’ni kecha-kunduz deb atashgan. «Shabi–ro‘z» 96 koraga (obi karoyi) teng bo‘lib, vakt bilan xisoblanganda korizdan okkan 15 minutlik suv bir kora xisoblangan. Xar bir taxtaning xakobasi, ya’ni tegishli suvi 48 kora bo‘lib, navbat kelganda bir kun yoki bir kecha koriz suvining xammasi shu taxtaning xambozlariga berilgan. Korizdan foydalanuvchi xar bir dexkon esa 16 kora suvga yoki korizning 4 soatlik suviga ega bo‘lgan. Bu suv nasldan naslga meros tarzida o‘tishi tufayli xar bir dexkon o‘z suvini sotish xukukiga ega bo‘lgan. Korizning suvi nixoyatda kimmatbaxo bo‘lib, uning xar korasi botmon galla yoki bosh ko‘y xisobida sotilgan. Nuratoning keksa soxibkor dexkonlaridan Xamro bobo Xo‘jayevning aytishicha Maston korizining bir kora suvi 20-25 bosh ko‘y baxosida bo‘lgan. Suvning nixoyatda tankisligi va kimmatligidan Nuratoda kimda kim suv sotib olsa, yoki otasi vafot etib otasining suviga ega bo‘lsa, korizdan suv ichadigan barcha dexkonlarni chakirib katta ziyofat bergan va arbob xamda oksokollarga to‘n kiydirgan. Suv sotib olinganidan so‘ng beriladigan ziyofat «nimmardi», otasining vafotidan so‘ng uning xakobasiga (otasiga tegishli suvga) ega bo‘lgan o‘gil tomonidan kilib beriladigan ziyofat esa «padari murd» deb atalgan. «Nimmardi» va «Padari murd» kabi ziyofatlardan so‘ng korizdor jamoga kabul kilingan kishilar – xambozlar katoridan joy olgan.

Nurato korizlari xozirgi kunda tashlandik xolga kelib kolgan. Fakat Kalta-korizdan suv sharillab okib yotadi. Xozir xam korizlarni tozalab suv chikarsa bo‘ladi, ammo bu ish juda ogir mexnatni talab etadi. Nurato korizlari xakida so‘z yuritar ekanmiz, Nur atrofidagi buloklar xakida xam ikki ogiz fikr yuritishni lozim ko‘rdik. Yakin kunlargacha shaxar atrofidagi marmar buloklardan xam axoli yaxshi foydalangan. Nurato atrofida Xo‘jai Jaxon, Boumar so‘fi, buloki Cho‘li, buloki Karomo‘la, Obi Savz, buloki Begob, buloki eshoni Sodikxo‘ja, buloki Obako, buloki Jaydok kabi ko‘plab buloklar kir-adirlar bagrida ko‘m-ko‘k bo‘lib ko‘zga tashlanib turgan. Xozirgi kunlarda bu buloklardan cho‘ponlar foydalanishadi. 

MAQOLANI MASHHUR QILISHGA HISSANGIZNI QO'SHING

G'olib Avezov

Navoiy viloyati bizning vatanimiz, bu yerda tug'ildik, o'sdik va bilim oldik. Vatanimiz bizga juda ko'p narsalar berdi. Endi esa biz vatanimizga beraylik. Uni rivojlanishi uchun har birimiz o'z hissamizni qo'shaylik.

Buni ham o'qing

6

Nurota sayyidlari

Sayyidlar- Muhammad payg‘ambar avlodlarining faxriy unvoni bo‘lib barcha musulmon mamlakatlarida alohida tabaqa sifatida izzat-hurmatga ega ...

Fikr bildirish

Sizning email manzilingiz oshkor qilinmaydi. Majburiy bo'limlar * bilan belgilangan

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>