2017/08/16 6:21:59

Nexia avtomobilining yaratilish tarixini bilasizmi?

loading...

Har bir ishning ibtidosi bo‘lgani kabi har qanday avtomobil yaratilishining ham o‘ziga xos tarixi bor. Qizig‘i shundaki, ba’zan avvalroq ishlab chiqarilgan avtoulovlarga vaqt o‘tib qayta “umr” baxsh etilganda oldingidan ham ko‘proq qiziqish uyg‘ongan hollar uchrab turadi.

Bugun o‘zbek avtosanoati nomini dunyoga yoyishda munosib o‘rni bor ”Neksiya” to‘g‘risida ma’lumot bermoqchimiz.nexia

Daewoo Nexia modelining dunyoga kelishiga Opel Kadett E sababchi bo‘lib, u Germaniyada 1984 yildan 1991 yilgacha ishlab chiqarilgan. Avtomobilning Janubiy Koreyadagi birinchi nusxasi Opel modeli litsenziyasiga ko‘ra «Daewoo» konveyeridan 1986 yilda chiqarilgan. AQSH va Kanadaga ushbu avtomobillar Pontiac Le Mans nomi bilan eksport qilingan, boshqa mamlakatlarda u Daewoo Racer nomi bilan chiqarila boshladi. Rossiya bozorlariga Racer 90-yillarda kiritildi.

1995 yilda model ilk bor restayling qilindi. Bunda kuzovining old va orqa tomonlari qayta ishlandi, chiroqlari texnikasi, salonning jihozlanishi o‘zgardi, avtomobil g‘ildirak bazasi 100 mmga uzaydi. Modernizatsiyadan so‘ng model yangi – Nexia (Koreya ichki bozorida Cielo) nomini oldi.

Daewoo Motor Co., Ltd., Janubiy Koreya firmasi bo‘lib, avtomobil ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Shtab-kvartirasi Seulda joylashgan. 1972 yilda Koreya hukumati avtomobil ishlab chiqarishni huquqiy ravishda to‘rtta kompaniyaga yukladi – Kia, Hyundai Motor, Asia Motors va Shinjin. Keyinchalik Kia va Asia Motors firmalari birlashdi. Shinjin kompaniyasi esa Daewoo va General Motors qo‘shma korxonasiga aylandi, bir necha yildan keyin Daewoo Motor kompaniyasiga o‘zgardi.

Daewoo kompaniyasi restaylingdan keyin “Neksiya” ishlab chiqarish joyini o‘zgartirib, O‘zbekistonga olib o‘tdi. O‘zbekistonda Daewoo Nexia sedanini yig‘ish va ishlab chiqarish 1996 yilda boshlandi. Shu yildan boshlab xorijiy ulov sifatida Rossiyaga faol eksport qilish boshlandi.

Daewoo Nexia narxi yuqori bo‘lmagan, qulay va shinam avtomobil. Tashqi ko‘rinishidan avtomobil basavlat, kuzovning oldi va orqa tomonidagi katta haybati, jumladan 530 litr hajmli yukxonasi mavjudligi bilan ajralib turadi. Salon to‘rt yo‘lovchining bemalol joylashuviga mo‘ljallangan (uch kishi uchun orqa o‘rindiq biroz torlik qiladi). Haydovchi o‘rindig‘ining sozlanishi rul ortida istalgan qomatdagi haydovchining bemalol joylasha olishini ta’minlaydi. Umuman, Nexianing ergonomikasi yomon emas. Daewoo Nexia – qimmat bo‘lmagan, ommabop va ishonchli oilaviy sedan

MAQOLANI MASHHUR QILISHGA HISSANGIZNI QO'SHING

G'olib Avezov

Navoiy viloyati bizning vatanimiz, bu yerda tug'ildik, o'sdik va bilim oldik. Vatanimiz bizga juda ko'p narsalar berdi. Endi esa biz vatanimizga beraylik. Uni rivojlanishi uchun har birimiz o'z hissamizni qo'shaylik.

Buni ham o'qing

tadbirkorlik_subyektlari

Muvaffaqiyatli tadbirkorning 5 siri

Sizda muvaffaqiyatli tadbirkor belgilari bormi? Quyida keltirilgan bir necha asosiy prinsiplar bu savolga javob berishga ...

Fikr bildirish

Sizning email manzilingiz oshkor qilinmaydi. Majburiy bo'limlar * bilan belgilangan

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>