2018/10/17 5:53:23

Navoiylik yosh tadbirkorlarning respublika biznes forumidagi munosib ishtiroki

loading...

“Kamolot” YIH hamda  Savdo-sanoat palatasi hamkorligida 14-16 dekabr kunlari Toshkent shahrida “O‘zbekistonda yoshlar tadbirkorligi: holat va istiqbolari” I Respublika yosh tadbirkorlar biznes-forumi o’tkazildi. DSC_3702

Ushbu biznes forum poytaxtimizdagi muhtasham “O’zbekiston” mehmonxonasida 4 kun davomida bo’lib o’tdi. Biznes forumda Navoiy viloyatidan saralangan ya’ni viloyat bosqichidan o’tgan 8 nafar yosh tadbirkorlar ishtirok etdilar.DSC_4131

Mazkur biznes-forum respublikamizda faoliyat yuritayotgan yosh tadbirkorlar o‘rtasida ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy hamkorlik maqsadida tashkil etildi. Yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlashda, yangi ish o‘rinlarini yaratish sohasida ish olib borayotgan barcha davlat va nodavlat tashkilotlar bilan ijtimoiy hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish hamda yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish istiqbollarini belgilashda forumning ahamiyati beqiyos.DSC_4133

Forum davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollar yuzasidan atroflicha tushuncha olishlari uchun tegishli mutasaddi tashkilotlar rahbar va xodimlari bilan turli uchrashuvlar, davra suhbatlari va ma’ruzalar tashkil etildi. Bugun Forumning sho‘’balari ishi natijalari bo‘yicha umumiy xulosalar qilinib, poytaxtimzdagi “O‘zbekiston” mehmonxonasida soat 16:30 da Respublika biznes-forumining tantanali yopilishi marosimi bo‘lib o‘tadi.

MAQOLANI MASHHUR QILISHGA HISSANGIZNI QO'SHING

G'olib Avezov

Navoiy viloyati bizning vatanimiz, bu yerda tug'ildik, o'sdik va bilim oldik. Vatanimiz bizga juda ko'p narsalar berdi. Endi esa biz vatanimizga beraylik. Uni rivojlanishi uchun har birimiz o'z hissamizni qo'shaylik.

Buni ham o'qing

ektor_kuper

O‘zbekiston MTJga yangi bosh murabbiy topildi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasini argentinalik Ektor Kuper boshqarib boradi. Qayd qilinishicha, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi ...

Fikr bildirish

Sizning email manzilingiz oshkor qilinmaydi. Majburiy bo'limlar * bilan belgilangan

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>