2017/12/11 7:15:10

Navoiylik yosh sportchi jahon chempionati sovrindori

loading...

Chilining Santyago shahrida o‘tgan dzyudo bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida 64 davlatdan 428 nafar sportchi g‘oliblik uchun kuch sinashdi.

Ular orasida Navoiy olimpiya zaxiralari kollejining 1-bosqich o‘quvchisi Maqsud Ochilovning ham borligi tahsinga loyiqdir. U Navbahor tumani, “Burqut” mahallasida yashaydi.

11Musobaqaning dastlabki ku­nida 50 kilogrammgacha bo‘l­gan dzyudochilar bahsida ish­tirok etgan sportchimiz Maqsud avst­raliyalik Keyn Styuart, ikkin­chi davrada vengriyalik Fechko Sanadlarni yengdi. Fi­nal yo‘l­lan­masi uchun o‘tkazil­gan jang­da tatamiga turkiyalik Ejder Toktay bilan bahs olib bo­rib, uni ham mag‘lubiyatga uch­rat­di.

Jahon chempionatining oltin medali uchun kechgan murosasiz bellashuvda Maqsud brazi­liya­lik Aldi de Oliveyraga qar­shi gilamga tushdi va kumush me­­dalni qo‘lga kiritdi.

— Xalqaro maydondagi nu­fuz­li musobaqada qatnashayot­ga­nimda meni mana shu da­ra­jada voyaga yetkazgan ota-onam­ning mehri, Vatanimiz, mahal­la­doshlarim turganini, yarati­layotgan sharoitlarning bar­cha­si istiqlolimiz sharofa­ti­dan ekanini chin dildan his qi­laman. Mana shu tuyg‘u menga katta kuch-quvvat va ishonch ber­di, — deydi M. Ochilov. — Sport bilan shug‘ullanishim na­faqat jismonan sog‘lom, bal­­ki mustahkam irodali va qat’­iyatli bo‘lishimga yordam ber­moq­da. Bizning oila “sport­chi­lar oilasi” desam, mu­bolag‘a bo‘l­maydi. Chunki otam Salim Ju­mayev kurash bo‘yicha murab­biy. U kishidan juda ko‘p nar­sani o‘rgandim. Yuqo­ri nati­jalarga erishi­shim­­da ustozim Is­moil Qur­bo­novning ham xiz­matlari katta. Ismoil aka mu­so­baqaga keti­shim­dan oldin “Sen u yerga na­faqat o‘zbekis­ton­lik dzyudochi, balki O‘zbe­kis­tonning yuzi ham bo‘lib ke­tayapsan. Yuzing yer­ga qara­ma­sin”, dedilar. Xu­losa qildim. Natijasi yomon bo‘l­madi.

Maqsudning sport bilan oshno bo‘l­ganiga 5 yil bo‘libdi. U shu davr ichida bir necha bor Osiyo va O‘zbekiston chempionat­lari­da ishtirok etib, teng­doshlari orasida tengsiz eka­nini is­botlab, shohsupa cho‘q­qi­siga ko‘­tarilgan.

Bolalar sportini rivoj­lan­­tirish borasidagi islo­hot­­lar izchil davom ettirilar ekan, Maqsud kabi yoshlari­miz­ning sog‘lom va barkamol bo‘lib voyaga yetishi, o‘z kuch va sa­lo­hiya­ti bilan dunyoni lol qoldi­rib, O‘zbekiston far­zand­­lari hech kimdan kam emas­ligi va hech qachon kam bo‘lmas­ligini is­botlayverishi shub­hasiz.

MAQOLANI MASHHUR QILISHGA HISSANGIZNI QO'SHING

G'olib Avezov

Navoiy viloyati bizning vatanimiz, bu yerda tug'ildik, o'sdik va bilim oldik. Vatanimiz bizga juda ko'p narsalar berdi. Endi esa biz vatanimizga beraylik. Uni rivojlanishi uchun har birimiz o'z hissamizni qo'shaylik.

Buni ham o'qing

new-project-2

«Durdona» ayollar va bolalar psixologik Markazi» «BU MЕNING OILAM» nomli fototanlov e’lon qiladi

«Durdona» ayollar va bolalar psixologik Markazi» jamoat birlashmasi (Navoiy shahri) tomonidan «BU MЕNING OILAM» nomli ...

Fikr bildirish

Sizning email manzilingiz oshkor qilinmaydi. Majburiy bo'limlar * bilan belgilangan

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>