2017/09/19 4:32:29

Navoiylik tadbirkorlar tomonidan 180 loyiha ishlab chiqarishga joriy etildi

loading...

Navoiy shahridagi “Triumf paradoks” mas’uliyati cheklangan jamiyatida ishlab chiqarilayotgan qandolat mahsulotlari yuqori sifati va xushxo‘rligi bilan xaridorlarga manzur bo‘lmoqda.

navoiylik_tadbirkorlar_tomonidan_180_loyi_a_ishlab_chi_arish_23_08_2017

Prezidentimizning joriy yil 19 iyundagi “Biznesning qonuniy manfaatlari davlat tomonidan muhofaza qilinishi va tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, faoliyati samaradorligini yanada oshirishda muhim dasturilamal bo‘lmoqda.

Navoiy shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga ko‘ra, joriy yilda 263 loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan. Ayni paytga qadar mahalliy tadbirkorlar tomonidan 180 loyiha ishlab chiqarishga joriy etildi.

– Korxonamizda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga muvofiq, 10 ga yaqin turdagi qandolat mahsulotlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydik, – deydi korxona rahbari S.Sharipov. – Shaxsiy sarmoya hisobidan xorijdan zamonaviy texnologiyalar keltirib o‘rnatdik. Natijada 12 nafar yosh ish bilan ta’minlandi. Xaridorlar talabidan kelib chiqib, nisbatan arzon narxlarda tayyorlanayotgan oziq-ovqat mahsulotlariga talab yuqori.

Korxonada ishlab chiqarishni yanada kengaytirish maqsadida tijorat bankidan 800 million so‘m miqdorida kredit olib, oq qand, pista holva va boshqa shirinliklar ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Buning samarasida 8 yangi ish o‘rni yaratiladi, korxona daromadlari ham ortadi.

MAQOLANI MASHHUR QILISHGA HISSANGIZNI QO'SHING

G'olib Avezov

Navoiy viloyati bizning vatanimiz, bu yerda tug'ildik, o'sdik va bilim oldik. Vatanimiz bizga juda ko'p narsalar berdi. Endi esa biz vatanimizga beraylik. Uni rivojlanishi uchun har birimiz o'z hissamizni qo'shaylik.

Buni ham o'qing

ma_alla_yeshlari_futbolimiz_kelazhagi_10_08_2016

Navoiyda “Futbolimiz kelajagi” musobaqalarining viloyat bosqichi bo’lib o’tdi

“Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi va boshqa tashkilotlar hamkorligida ...

Fikr bildirish

Sizning email manzilingiz oshkor qilinmaydi. Majburiy bo'limlar * bilan belgilangan

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>