2018/12/11 3:08:11

Navoiylik olimpiada chempioni

loading...

Xalqimizda ajoyib bir naql bor. “Ustoz otangdek ulug‘”. Darhaqiqat, shunday.

Padari buzrukvorimizdan kam bo‘lmagan mehr berishga qodir ustoz va murabbiylarimiz hayotda o‘z o‘rnimizni topish, jamiyatning muhim a’zosiga aylanishimiz, muhimi, malakali kadr, yetuk inson bo‘lib ulg‘ayishimizda bemisl hissa qo‘shadilar. Ular bergan saboq va o‘gitlar yo‘lchi yulduz singari umrimiz manzillarini yoritib turadi.

Ana shunday fidoyi insonlardan biri — Navoiy shahridagi yakkakurash sport tur­lariga ixtisoslashtirilgan BO‘SMning yengil atletika bo‘yicha murab­biyi Igor Shishkov Mustaqil­ligimiz­ning 25 yilligida hukumati­miz tomo­ni­­dan “Shuhrat” medali bilan taqdir­lan­­­di. Yaqinda esa u yana bir e’tirofli muko­fot, Rio-de-Janeyro shahrida bo‘­lib o‘tgan XV yozgi Paralimpiya o‘yin­la­ri­da yuqori na­tija­lar­ga erish­­gan sport­­chi va mu­­­rabbiy­lardan bir gu­ruhini mu­ko­fot­lash to‘g‘risi­da­gi Far­mon­ga muvofiq “O‘zbekiston Res­pub­likasida xizmat ko‘r­satgan sport us­tozi” faxriy unvo­niga sa­zo­vor bo‘ldi. Mu­rabbiy bi­lan suhbat­lashar­kanmiz, Paralimpiya o‘yin­lariga puxta tayyor­gar­lik ko‘rgan sport­chi Hus­nid­din Nor­be­kov­­ning disk uloqti­rish­da jahon rekor­di­ni o‘rna­tib, oltin medalga ega bo‘l­gani va yadro ir­g‘i­tishda esa bronza me­da­lini qo‘lga kirit­ga­nini shogirdidan ko‘ra ko‘proq hayajon, xur­sand­chilik bilan tilga oladi.

Husniddinning texnikasi, kuchi, ma­to­natiga ishonardim, — deydi biz bi­lan suhbatda uning murabbiyi I. Shish­kov. — U bilan yetti yildan buyon birga­miz. Paralimpiya o‘yinla­riga tayyorgar­likning oxirgi uch oyi juda qiyin bo‘l­gan­­di. Lekin bir qadam ham ortga che­kin­­madik. Mashg‘ulotlarni astoydil da­vom ettirdik. Ni­hoyat, kutilgan natija­ga erish­­dik. Tong sahar uchda men­ga qo‘n­g‘i­roq qilishib, sho­girdim ja­hon rekor­di­ni o‘rnatganini ay­tishdi. Bilasizmi, quvonchimdan yig‘lab yubordim. Haya­jondan, farzandimdek bo‘lib qolgan yigitning ishonchimni munosib ravishda oqlaganidan tong ot­guncha ko‘zimga uyqu kelmadi. Paralimpiya­chi­lari­­mizning bunday muvaffaqiyatida O‘zbe­kis­ton Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning xizmatlari beqiyos. Shah­rimizdagi birgina “Kimyogar” o‘yingohida sport­­chilarimizning shug‘ullanishi uchun barcha sha­­­roitlar, sport inventarlari muhayyo etil­gan. Shuningdek, bizga yaqindan yordam berib ke­layotganNavoiyazot” AJga, shahar va viloyat ho­kimligi hamda boshqa tashkilot vakillariga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Doimiy qo‘l­lab-quvvatlanish, rag‘bat sportchilarni ruh­lan­tiradi. Kelgusida yana shogirdlarimiz bilan yuksak marralarni zabt etishga intilamiz.

Bu e’tirofga osonlikcha erishilgani yo‘q. I. Shish­kovning qattiqqo‘l va talabchanligi, qat’­iya­ti, tartib-intizomliligi, mahorati va is­te’dodi bugungi muvaffaqiyatlarining asosi bo‘ldi. Dastlab Buxoro davlat pedagogika ins­titutining jismoniy tarbiya fakulteti, keyin­chalik esa Moskva jismoniy tarbiya Akademiya­sini tugatgan yengil atletika murabbiyi ish fao­liyati samaradorligini H. Norbekov miso­lida ham ko‘rish mumkin. Muhimi, I. Shishkov­da­gi g‘ayrat, shijoat, maqsad sari dadil inti­lish shuncha yil o‘tibdiki, bir dam susaymagan.

— Hukumatimiz tomonidan ikkita mukofot bilan taqdirlanganim meni benihoya xursand qil­­di, — deydi I. Shishkov. — Bu katta mas’­uliyat yuklandi degani hamdir. Hozir keyingi Osiyo va jahon chempionatlari uchun tayyorgar­lik­ni boshlab yuborganmiz. Shug‘ullanuvchilari­miz safida Husniddin kabi umidli yoshlar ham bor. Kelajakda ular ham viloyatimiz, O‘zbe­kis­tonimiz nomini dunyoga tanitadigan sportchilar bo‘lib yetishishiga ishonaman. Bu yo‘lda bor kuch-g‘ay­ratimni ayamayman.

Tajribali murabbiyni mukofot hamda kasb bay­rami bilan qutlarkanmiz, yurtimiz nomini dunyoga tanitishdagi sa’y-harakatlarda matonat yor bo‘lsin sizga, deymiz. Aslo hormang, aziz us­toz va murabbiylar! Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Manba: navoi.uz

MAQOLANI MASHHUR QILISHGA HISSANGIZNI QO'SHING

G'olib Avezov

Navoiy viloyati bizning vatanimiz, bu yerda tug'ildik, o'sdik va bilim oldik. Vatanimiz bizga juda ko'p narsalar berdi. Endi esa biz vatanimizga beraylik. Uni rivojlanishi uchun har birimiz o'z hissamizni qo'shaylik.

Buni ham o'qing

new-project-2

BMTning Aholishunoslik jamgʻarmasi tomonidan fotosuratlar tanlovi e’lon qilindi

Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, UN Uzbekistan hamda UN Population Fund Uzbekistan tomonidan #FacesOfDiversity suratlar tanlovi tashkil ...

Fikr bildirish

Sizning email manzilingiz oshkor qilinmaydi. Majburiy bo'limlar * bilan belgilangan

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>