2017/09/19 4:36:22

Navoiyda saylovga qizg’in tayyorgarlik ko’rilmoqda

loading...

2016 yil 6 oktyabrda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Navoiy viloyat hududiy partiya tashkilotining navbatdagi IX Konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Konferensiya avvalida majlis ishtirokchilari O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov xotirasini yod etib, hurmat bajo keltirdilar. Konferensiyada joriy yilning 4 dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida O’zLiDeP Navoiy viloyat hududiy partiya tashkilotining ishtiroki bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi. Mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ushbu jarayonda O’zLiDePning faol ishtirok etishi alohida ta’kidlandi. Ushbu masalalar mamlakatimiz qonunchiligi, xususan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi qonun normalariga to‘la rioya qilingan holda amalga oshirilishi belgilab olindi. Majlis ishtirokchilari mazkur saylovlarda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining nomzodi haqidagi masalani ham atroflicha muhokama qildilar. Xususan, joylardagi saylovchilar va elektorat xohish-irodasidan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tomonidan ilgari surilayotgan nomzod yakdillik bilan qo‘llab-quvvatlandi. Shuningdek, konferensiyada ”O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi Qonunning 242-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar ko‘rsatish siyosiy partiyalarning yuqori organlari tomonidan amalga oshirilishini inobatga olib, Konferensiya qatnashchilari tomonidan O’zLiDePning 2016 yil 14 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan navbatdagi VIII Cyezdiga delegatlar saylandi. Markaziy saylov komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga ko‘rsatilgan nomzodlarni qo‘llab-quvvatlovchilarning imzo varaqalarini to‘ldirish jarayoni boshlanganligi e’lon qilingandan so‘ng viloyatimizda O’zLiDeP dan ko‘rsatilgan nomzodni saylovchilarimiz qo‘llab-quvvatlab, buni o‘z imzolari bilan tasdiqlaganliklari e’tirof etildi. Shu bilan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Navoiy viloyat hududiy partiya tashkilotining navbatdagi IX Konferensiyasi o‘z ishini yakunladi.

Manba: navoiy.uz

MAQOLANI MASHHUR QILISHGA HISSANGIZNI QO'SHING

G'olib Avezov

Navoiy viloyati bizning vatanimiz, bu yerda tug'ildik, o'sdik va bilim oldik. Vatanimiz bizga juda ko'p narsalar berdi. Endi esa biz vatanimizga beraylik. Uni rivojlanishi uchun har birimiz o'z hissamizni qo'shaylik.

Buni ham o'qing

magistratura-za-rubezhom-shag-za-shagom-1

Magistraturaga kiruvchilar uchun yangi fan qo’shildi

1-iyul kuni O‘zbekistonning barcha oliy ta’lim muassasalarida (harbiy OTMlardan tashqari) magistratura yo‘nalishlariga qabul komissiyalari ish ...

Fikr bildirish

Sizning email manzilingiz oshkor qilinmaydi. Majburiy bo'limlar * bilan belgilangan

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>