2017/08/16 6:23:47

Navoiyda «Hokim va yoshlar» uchrashuvi bo’lib o’tdi

loading...

“O’zbekiston Respublikasida  yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo’shimcha chora tadbirlar Dasturi”ga  asosan joylarda amalga oshirilayotgan siyosiy, huquqiy, ijtimoiy va iqtisodiy islohotlarning mazmun-mohiyatini yoshlarga to’laqonli tushuntirish, yosh avlodni ushbu jarayonlarga keng jalb etish maqsadida “Vatan kelajagi sening qo’lingda” shiori ostida har oy Navoiy viloyatida “Hokim va yoshlar” uchrashuvlari tashkil etilib kelinmoqda.18557420_212421009275707_6571694060885402323_n

Mazkur uchrashuv joriy yilning 21-may kuni Karmana tuman hokimligida viloyat hokimi Kobul Beknazarovich ishtirokida ilk marotaba 10 ta tuman hamda shaharlar bilan videoselektor tarzida o’tkazildi. ”Hokim va yoshlar” uchrashuvida hokim o’rinbosarlari, korxona, tashkilot va muassasa rahbarlari, Harakatning ta’lim muassasalaridagi boshlang’ich tashkilot yetakchilari va sardorlari, shuningdek, ushbu uchrashuvni tuman, shahar studiyalarida ham hokimlar, tegishli tashkilot rahbarlari ham bevosita kuzatib, yoshlar  jami 1700 nafar ishtirokchi qatnashdi.

Ushbu uchrashuv kun tartibida “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tuman, shahar Kengashi va boshlag’ich tashkilotlar faoliyati samaradorligini oshirish masalasi hamda Harakat faoliyatida samarali ishlagan yetakchilar va ularga yetarli imkoniyatlarni yaratib bergan muassasa rahbarlarini taqdirlash ko’zda tutildi.

Uchrashuvda Harakatning boshlang’ich tashkilotlar faoliyatini yanada jonlantirish borasida ta’lim muassasa rahbarlariga 30-may kuniga qadar qat’iy topshiriq berildi.

Bundan tashqari  yoshlar tomonidan bir necha takliflar tinglandi.18620036_693981540810734_1386161585030188456_n

“Kamolot” YIH loyiha, tanlov, tadbirlarida faol ishtirok etib kelayotgan viloyat yoshlari uchun qadimiy Nurota tumanida “Kamolot” oromgohini qurish taklifi bilan chiqqan Ravshanova Gulhayo viloyat hokimidan shunday javob oldi:

  • Oromgoh qurish uchun yer maydoni ajratilgan bo’lib, loyihalar ko’rib chiqilmoqda.

Madamin Tursunov tomonidan «Kamolot» YIH tizimida 3 yil samarali faoliyat ko’rsatgan boshlang’ich tashkilot yetakchilariga “Kamolot uylari”ni olishda viloyat hokimining tavsiyanomasini so’zsiz olish taklifi berildi.

Yoshlar tomonidan jami 17 ta taklif va savollarga viloyat hokimi o’z javoblarini berdi.

MAQOLANI MASHHUR QILISHGA HISSANGIZNI QO'SHING

G'olib Avezov

Navoiy viloyati bizning vatanimiz, bu yerda tug'ildik, o'sdik va bilim oldik. Vatanimiz bizga juda ko'p narsalar berdi. Endi esa biz vatanimizga beraylik. Uni rivojlanishi uchun har birimiz o'z hissamizni qo'shaylik.

Buni ham o'qing

eng_ulu_eng_aziz_k_rik_tanlovining_navoiy_viloyati_bos_ichid_15_08_2017

“Eng ulug‘, eng aziz” ko‘rik-tanlovining Navoiy viloyati bosqichi bo’lib o’tdi

Ko’rik tanlovda 50 dan ortiq ijodkorning 500 dan ziyod ijodiy ishlanmasi ko‘rib chiqildi. Vatanimiz mustaqilligining ...

Fikr bildirish

Sizning email manzilingiz oshkor qilinmaydi. Majburiy bo'limlar * bilan belgilangan

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>