2017/09/19 4:31:58

Navoiyda “Futbolimiz kelajagi” musobaqalarining viloyat bosqichi bo’lib o’tdi

loading...

“Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi va boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan musobaqada 10 tuman va shahardan futbol jamoalari ishtirok etdi.

Mamlakatimizda aholi, ayniqsa, yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning jismoniy va ma’naviy kamoloti uchun zamonaviy sharoitlar yaratish maqsadida qishloq va mahallalarda muhtasham sport inshootlari barpo etishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.

9-10 yoshli futbolchilar o‘rtasida Navoiy shahrining “Zarafshon” mahalla fuqarolar yig‘ini jamoasi birinchi o‘rinni egalladi. 11-12 yoshli futbolchilar bahsida Navoiy shahrining Lochin mahallasi jamoasi, 13-14 yoshlilar o‘rtasidagi o‘yinlarda Navoiy shahrining Ishonch mahallasi yosh futbolchilari g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

G‘olib jamoa va eng yaxshi o‘yinchilarga tashkilotchilarning esdalik sovg‘alari hamda tashkiliy qo‘mitaning ramziy ko‘chma kubogi topshirildi.

MAQOLANI MASHHUR QILISHGA HISSANGIZNI QO'SHING

G'olib Avezov

Navoiy viloyati bizning vatanimiz, bu yerda tug'ildik, o'sdik va bilim oldik. Vatanimiz bizga juda ko'p narsalar berdi. Endi esa biz vatanimizga beraylik. Uni rivojlanishi uchun har birimiz o'z hissamizni qo'shaylik.

Buni ham o'qing

85

“Tadbirkor qizlarning eng yaxshi loyihasi” tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi

“Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston!” shiori ostida Navoiy viloyati xotin-qizlar qo‘mitasi, Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi, ...

Fikr bildirish

Sizning email manzilingiz oshkor qilinmaydi. Majburiy bo'limlar * bilan belgilangan

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>