2018/12/12 7:26:03

Navoiyazot korxonasining rivojlanish bosqichalari

loading...

O’zbekiston kimyo sanoati Navoiy kimyo kombinati qurilishi boshlanishiga qadar sobiq Ittifoqda ishlab chiqarilgan mineral o’g’itlarning 7% dan ko’prog’ini bergan. Aholi jon boshiga ishlab chiqarilishi bo’yicha ittifoqdagi o’rtacha ko’rsatkichdan yuqori edi.navoiyazot

Shunga qaramasdan respublikada mineral o’g’itlar ishlab chiqarilishi hajmi qishloq xo’jaligi ehtiyojlarini qoplamas edi, shuning uchun ularni mamlakat boshqa hududlaridan, masalan, G’arbiy Sibir va Ukrainadan, chet eldan olib kelishga to’g’ri kelinardi.

O’zbekistonning mineral o’g’itlarga bo’lgan ehtiyoji 1965 yilda 3460 ming tonnani, shu jumladan azotli o’g’itlarga – 2032 ming tonnani tashkil qilgan.

Buxoro viloyatida tabiiy gazga boy konlarning ishga tushirilgandan so’ng O’zbekistonda mineral o’g’itlar ishlab chiqarilishini ko’paytirish istiqbollari ochildi. Buxoro konidagi tabiiy gazning xom ashyo sifatida ishlatilishi – azotli o’g’it ishlab chiqaruvchi zavodlarni ularni ishlatish hududlariga maksimal yaqinlashtirishga yordam berdi.

Buning hammasi hamda Navoiy GIES qurilishi Navoiy shahrida tabiiy gazni majmuaviy qayta ishlash bazasida organik birikmalar ishlab chiqarilishi sexlari guruhi, ammiali selitra va nitron tolasi ishlab chiqarilishi bo’yicha kimyo kombinati quriishining dastlabki sharti hisoblangan.navoiyazot1

Navoiy kimyo kombinatining loyihalashtirilishi

Navoiy kimyo kombinatini loyihalashtirishda sobiq Ittifoqning 10 dan ortiq loyiha tashkilotlari ishtirok etgan. Bundan tashqari, ammiak ishlab chiqarishi III navbati loyihasi ishlab chiqarilishida Chexoslovakiya loyiha tashkilotlari qatnashgan. Kombinat bosh loyihalovchisi azot sanoati davlat instituti (ASDI) bo’lgan,1970 yildan boshlab esa – ASDI Chirchiq filiali.

Navoiy kimyo kombinati uchun quyidagi asosiy ishlab chiqarishlar bo’yicha loyihalar ishlab chiqilgan edi:

  • ammiak;
  • kuchsiz azot kislotasi (5,6 at va 7,3 at bosimi ostida);
  • ammiak selitrasi;
  • atsetilen ishlab chiqarilishi organik majmui;
  • sirka kislotasi;
  • atsetaldegid;
  • nitril akril kislotasi;
  • sulfat ammoniy;
  • sianid kislotasi;
  • natriy sianidi;
  • nitron tolasi ishlab chiqarishi.

Kuchsiz azot kislotasi I-II navbati ishlab chiqarishi loyihasi 1959 yilda ASDI Severodonetsk filiali tomonidan ishlab chiqilgan va o’sha vaqtdagi azot sanoati texnikasining oxirgi yutug’i hisoblangan.

Kuchsiz azot kislotasi III navbati sexi loyihalashtirilishi va qurilishi davrida 7,3 at bosimi ostidagi absorbsiya jarayoni ko’proq progressiv hisoblangan. Ushbu sxema bo’yicha Navoiy kimyo kombinati uchun sex loyihasi 1968 yilda Dneprodzerjinsk ASDI filiali tomonidan ishlab chiqilgan. Bu sxema Dneprodzerjinsk kimyo kombinatida o’zlashtirilgan edi va texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlar, qayta ishlash jarayonida paydo bo’luvchi zararli gazlar bo’yicha sanitariya organlari talablarini qondirishi nuqtai nazaridan ham muhim afzalliklarga ega edi.

Navoiy kimyo kombinati ammiak selitrasi sexlarining loyiha topshiriqlari Lisichan ASDI va Kemerovo filiallari tomonidan ishlab chiqilgan edi. Organik majmui va nitron tolasi ishlab chiqarilishi sexlarini loyihalashtirishda GOSNIIXlorloyiha, Dzerjinsk ASDI va Severodonesk filiallari, VNIIVP va boshqa loyiha tashkilotlari ishtirok etgan.navoiyazot2

Navoiy kimyo kombinatining ishga tushirilishi va kengayishi

1964 yil 31 dekabrda Davlat qabul komissiyasi tomonidan kuchsiz azot kislotasi va ammikli selitra ishlab chiqarilishi bo’yicha ob`ektlar umumiy «yaxshi» bahosi bilan ishga tushirishga qabul qilinsin degan qarori imzolangan. Ikki kun oldin 1964 yil 29 dekabrda Soipov Islomqul Jumaboevich smenasida birinchi ammiakli selitra olingan.

Uch oy o’tgandan keyin 1965 yil 8 martda Vladimir Grigorevich Usachyov smenasida birinchi ammiak olingan. Ungacha mineral o’g’itlar boshqa joydan keltirilgan ammiakdan ishlab chiqarilgan. 1965 yil martda ishlab chiqarish loyiha quvvati o’zlashtirildi (yiliga 110 ming tonna). 1965 yil 31 martda ammiak ishlab chiqarishi I navbati ob`ektlarini ishga tushirish-topshirish haqidagi dalolatnoma imzolandi. Buxoro viloyati qurilish maydonchalari va korxoda ahli kutgan, texnikaviy kislorod bilan ballonlarni to’ldirish bo’linmasi 1965 yil noyabrda ishga tushirilishi, Navoiy sanoat uchastkalari, ayniqsa qishloq xo’jaligining ehtiyoji katta bo’lgan ammiakli suvning birinchi tonnalarining 1967 yil yozida ishlab chiqarilishi muhim voqea bo’lgan. 1968 yil iyunda uglerod oksidi bo’linmasi ishga tushirilgan.

Organik majmuasi sexlarining qurilishi 1965 yilda boshlangan, 1968 yil avgustdan esa karbonat kislota, natriy sianidi, sirka va sianid kislotasi, asetilen, asetaldegid va sulfat ammoniy ishlab chiqarishi sexlari foydalanishga topshirilgan. 1973 yil 21 aprelda nitril akril kislotasining (NAK) birinchi tonnalari olingan edi.

Yangi barpo etilgan kombinat jadallik bilan yuksalib bordi va rivojlandi.

1970 yil 31 dekabrda yiliga quvvati 35 ming tonna bo’lgan asetilen ishlab chiqarilishi ob`ektlari va yiliga quvvati 20 ming tonna bo’lgan asetaldegid ishlab chiqarilishi ob`ektlari foydalanishga qabul qilindi.

1971 yil 7 yanvarda gaz holidagi ammiak, sakkizinchi sanaga o’tar kechasi – azot kislotasi ishlab chiqarilgan.

1971 yil 9 yanvarda granulyatorga suv berildi va tomchilar oqimi pastga qarab oqdi. Transporter selitra bilan to’ldirildi. Shu tarzda kimyo kombinatining III navbatida birinchi ammiakli selitra olindi.

1971 yil 31 martda:

  • yillik quvvati 480 ming tonna bo’lgan kuchsiz azot kislotasi sexi uchinchi navbati;
  • yillik quvvati 300 ming tonna bo’lgan ammiakli selitra ishlab chiqarishi uchinchi navbati obyektlari;
  • yillik quvvati 218 ming tonna bo’lgan ammiak ishlab chiqarishi uchinchi navbati ob`ektlari ishga tushirilgan.

Nitron tolasi ishlab chiqarishi I navbati qurilishi 1970-1971 yillarda amalga oshirilgan. 1971 yil 25 oktyabrda (boshqa joydan keltirilgan NAK da) ishlab chiqarishning birinchi texnologik tarmog’i ishga tushirilgan. Ishlab chiqarish quvvati 1973 yil iyun oyida to’liq o’zlashtirilgan.

1975 yilda Navoiy kimyo kombinati «Navoiyazot» ishlab chiqarish birlashmasiga aylantirildi.

Korxona uchun muhim voqealar 1988 yilda ham ro’y berdi. Shu yilda tiomochevina ishlab chiqarish bo’linmasi ishga tushirildi hamda xlorid kislotasi chiqarilishi yo’lga qo’yildi.

2001 yilda kaustik sodasi va suyuq xlor chiqarish sexi ishga tushirildi. Bu sex qurilishi Germaniyaning «Lurgi» MChJ kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirildi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 9 martdagi 119-sonli Qaroriga muvofiq «Navoiyazot» ishlab chiqarish birlashmasi xorijiy investorlarni jalb qilish orqali xususiylashtiriluvchi korxonalar ro’yxatiga kiritildi. Ushbu qarorga muvofiq 2002 yil 29 martda «Navoiyazot» ishlab chiqarish birlashmasi («Navoiyazot» IChB) ni «Navoiyazot» aksiyadorlik jamiyati («Navoiyazot» AJ) ga o’zgartirish haqidagi O’zbekiston Respublikasi Davlat Mulki qo’mitasining buyrug’i chiqdi.

Tarixning muhim sanalari

«Navoiyazot» AJ tarixi 50 yillik davrni o’z ichiga oladi. Quyida shu davrda muhim o’ringa ega bo’lgan unitilmas va ahamiyatli voqealarning sanalari keltirilgan:

1964 yil 13 dekabr Birinchi Navoiy azoti va kislorodi olingan
1964 yil 20 dekabr Korxonada kuchsiz azot kislotasi ishlab chiqarishi sexlari ish boshlagan
1964 yil 24 dekabr Kuchsiz azot kislotasi ishlab chiqarishi sexi ish boshlagan
1964 yil 29 dekabr Ammiakli selitra sexida birinchi agregatlar ishga tushirildgan va kombinat asosiy mahsuloti – ammiakli selitraning birinchi tonnalari olingan
1964 yil 31 dekabr Navoiy kimyo kombinati barpo etildi
1965 yil 8 mart Birinchi ammiak ishlab chiqarilgan
1965 yil mart Ishlab chiqarish loyiha quvvati o’zlashtirilgan (yiliga 110 ming tonna)
1965 yil 31 mart Ammiak ishlab chiqarishi I navbati ob`ektlarini foydalanishga topshirish haqidagi dalolatnoma imzolangan
1965 yil noyabr Texnikaviy kislorod bilan ballonlarini to’ldirish bo’linmasi ishga tushirilgan
1967 yil yoz Ammiakli suvning birinchi tonnalari olingan
1968 yil avgust Karbonat kislotasi, natriy sianidi, sianid va sirka kislotasi, asetilen, asetaldngid va sulfat ammoniy ishlab chiqarishi sexlari foydalanishga topshirilgan
1969 yil 5 dekabr Sianid kislotasi sexida sianid kislotasining birinchi litrlari olingan. Bu kun sexning tug’ilgan kuni hisoblanadi
1970 yil 31 dekabr yillik quvvati 35 ming tonna bo’lgan atsetilen ishlab chiqarishi bo’yicha obyektlar va yiliga quvvati 20 ming tonna bo’lgan atsetaldegid ishlab chiqarishi obyektlari foydalanishga qabul qilingan
1971 yil 7 yanvar Sexda birinchi marta gazsimon ammiak, sakkizinchi sanaga o’tar kechasi esa – azot kislotasi qabul qilingan
1971 yil 9 yanvar Kimyo kombinati III navbatida ammiakli selitra olingan
1971 yil 31 mart yillik quvvati 480 ming tonna bo’lgan kuchsiz azot kislotasi sexi uchinchi navbati, yillik quvvati 300 ming tonna bo’lgan ammiakli selitra ishlab chiqarishi uchinchi navbati obyektlari, yillik quvvati 218 ming tonna bo’lgan ammiak ishlab chiqarishi uchinchi navbati obyektlari ishga tushirilgan
1971 yil 25 oktabr Nitron tolasi ishlab chiqarishi I navbati birinchi texnologik tarmog’i ishga tushirilgan
1973 yil 21 aprel Nitril akril kislotasi (NAK) ning birinchi tonnalari olingan
1973 yil iyun Nitron tolasi ishlab chiqarishi I navbati quvvatining to’liq o’zlashtirilishiga erishilgan
1974 yil Katalizator ishlab chiqarishi qurilishi boshlangan
1975 yil Navoiy kimyo kombinati «Navoiyazot» ishlab chiqarish birlashmasiga aylantirilgan
1976 yil oktabr «Katalizator» ishlab chiqarish majmui ishga tushirilgan
1977 yil Jgut holdagi nitron tolasi birinchi tonnalari olingan, Katalizator ishlab chiqarishining ikkinchi bloki ishga tushirilgan
1980 yil Davlat komissiyasi texnikaviy suvli ammiak va «A» markali ammiakli selitraga sifat belgisi berishga loyiq deb topgan
1982 yil dekabr Nitron tolasi ishlab chiqarishi birinchi navbatida bo’yalgan tolaning birinchi kilogrammlari olingan
1983 yil Davlat komissiyasi nitron ishlab chiqarishi ikkinchi navbati ishga tushirilishi haqidagi dalolatnomani imzolagan
1988 yil Tiomochevina ishlab chiqarish bo’linmasi ishga tushirilgan va xlorid kislotasi ishlab chiqarilishi yo’lga qo’yilgan
1990 yil aprel Xalq iste`mol mollari ishlab chiqarishining 129 – sexi ishga tushirilgan
1991 yil 127 va 129-sexlar bazasida xalq iste`mol mollari ishlab chiqarishi (XIM) tashkil etilgan.
Shu yilda «Katalizator» ishlab chiqarishida yangi mahsulot turlarini o’zlashtirish boshlangan: kaprolon, uniflok, «Diola», «Vest» shampuni va boshq.
BES-1 epoksidi qatroni olish qurilmasi ishga tushirilgan
1992 yil 131-sexda birinchi mahsulot – 3212 markali yupqa yigirilgan ip olingan.
Birinchi epoksid qatronlari olingan: Enoks-210, UP-631, ED-20, EL-16, KFJ qatroni, KS-11
1993 yil XIM ishlab chiqarishi 129-sexida «Mechta», «Luch», «Relef», «Rucheek» yangi matolari ishlab chiqarishga joriy etilgan.
128-sex ayollar trikotaj buyumlarini ishlab chiqarishni yo’lga qo’ygan. «Katalizator» dagi tajriba qurilmasida K-4, K-9 polielektrolitlari olingan
1994 yil «Katalizator» ishlab chiqarishi ХIM chiqarilishi sur’atlarini oshirishda davom etadi. Poliakrilamidli yelim, PAA-GS flokulyanti, iste’mol osh tuzi, iste’mol natriy tripolifosfati, kolloidli oltingugurt ishlab chiqarishga joriy etilgan
1995 yil «Navoiyazot» IChBga Navoiy viloyati korxonalari orasida birinchi bo’lib ishlab chiqaradigan mahsulotlari bo’yicha erishilgan saviya uchun milliy akkreditasiya tizimi sertifikati berilgan
1996 yil Litiy karbonati, KKO’-100, kabel muftalari va boshqa ishlab chiqarilishi texnologiyasi o’zlashtirilgan
1997 yil Tiomochevina ishlab chiqarish tajriba qurilmasida qayta qurish tugatilgan. 30 mayda uning ishga tushirilishi amalga oshirilgan. Respublika oltin qazib chiqaruvchi sanoati uchun zarur bo’lgan mahsulot olingan. «Katalizator» ishlab chiqarishida xlorid kislotasi olish qurilmasi ishga tushirilgan.
1999 yil 9 aprel Тiomochevinani ishlab chiqarish 201-sexning tarkibiga rodanli ammoniyni olish bo’yicha qurilma foydalanilishga kiritilgan.
1999 yil Energojihozlarni tayyorlash, ta’mirlash va tiklash bo’yicha 312-sex tashkil qilindi.
Ammiak ishlab chiqarishi I-II navbatida, Katalizator ishlab chiqarishida metanol-rektifikatga qayta ishlanadigan metanol–xom ashyo olingan.
1999 yil iyul Organik ishlab chiqarishi 7/11-sexida atseton olingan
1999 yil Ammiak ishlab chiqarishi I-II navbatida 222-sexga metanol-xom ashyoni olish uchun qurilma ishga tushirilgan.
1999 yil avgust Ammiak ishlab chiqarishi III navbatida argon olingan
2000 yil may «Katalizator» ishlab chiqarishida yangi mahsulot – formalin tayyorlagan
2001 yil avgust Germaniyaning «Lurgi» MChJ kompaniyasi bilan hamkorlikda investitsion dastur asosida suyuq xlor, xlor mahsulotlari va kaustik soda ishlab chiqarish bo’yicha sex ishga tushirilgan
2002 yil Katalizator ishlab chiqarishda xlorid kislotani va ingibirlangan xlorid kislotani olish bo’yicha qurilma ishga tushirilgan.
2003 yil mart 127-sexda polipropilen xaltalar ishlab chiqarilishi bo’yicha yangi liniya foydalanishga topshirilgan
2004 yil 107-sexda ammoniy xlorid mahsulotini ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan
2005 yil Katalizator ishlab chiqarishda pentaeritritni olish uchun tajribali-sanoat qurilmasi ishga tushirilgan.
2005 yil Sianid kislotasi ishlab chiqarilishida absorbsion gazlarni yoqish qurilmasi ishga tushirilgan.
2007 yil iyul 14-sexda NAK ishlab chiqarish chiqindi gazlaridan atsetilenni olishning past haroratli texnologiyasi joriy qilingan
2007 yil Ammiak ishlab chiqarishi I-II navbatida 1-sexda gazsimon chiqindilarni zararsizlantirish uchun bo’linma ishga tushirilgan.
2007 yil Ammiak ishlab chiqarishi III navbatida 60-sexda tabiiy gazning serotozalash qurilmasi ishga tushirilgan.
2007 yil dekabr 107-sexda xlorid kislotasi ishlab chiqarishning 2-texnologik liniyasi foydalanishga topshirilgan
2010 yil 5 may Katalizator va kaustik sodani ishlab chiqarishlarning kaustik soda va kam tonnali kimyoviy mahsulotni ishlab chiqarishga birlashtirilishi.
2010 yil iyul 131-sexda polipropilen qoplarni ishlab chiqarishda ikkinchi texnologik tizim ishga tushirilgan.
2010 yil noyabr Ammiakli selitrani ishlab chiqarish 3 sexning tarkibiga azot-fosforli o’g’itni ishlab chiqarish qurilmasi yo’lga qo’yilgan, AFO’ quvvati yiliga 180 ming tonna.
MAQOLANI MASHHUR QILISHGA HISSANGIZNI QO'SHING

G'olib Avezov

Navoiy viloyati bizning vatanimiz, bu yerda tug'ildik, o'sdik va bilim oldik. Vatanimiz bizga juda ko'p narsalar berdi. Endi esa biz vatanimizga beraylik. Uni rivojlanishi uchun har birimiz o'z hissamizni qo'shaylik.

Buni ham o'qing

cfs-53o8I3aNttfjLAUV0zVxbFhluqBm

Navoiyda Xitoylik investorlar tashrif buyurdi

Бир гуруҳ хитойлик инвесторлар Навоий вилояти Учқудуқ туманидаги “Жаман каскир”, “Айтим”, “Сариктау” ва “Акташ” конларида ...

Fikr bildirish

Sizning email manzilingiz oshkor qilinmaydi. Majburiy bo'limlar * bilan belgilangan

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>