2018/10/20 5:14:37

Navoiy viloyatiga yangi hokim saylandi

loading...

25 dekabr kuni Xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo’lib o’tdi.

Sessiyada O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ma’ruza qildi.

251220163.jpg

Ma’ruzada mustaqillik yillarida Navoiy viloyatida barcha sohalarda diqqatga sazovor islohotlar amalga oshirilgani, yangi bino va inshootlar, ijtimoiy ob’ektlar, uy-joylar barpo etilgani ta’kidlandi.

Viloyatda yo’llar qurish, zamonaviy xiyobonlar tashkil qilish, yurtni obod qilish bo’yicha keng ko’lamdagi ishlar amalga oshirildi. Keyingi 5 yilda viloyatning yalpi hududiy mahsuloti 130,3 foizga oshdi.

Sanoat sohasi ham yildan yilga kengayib bormoqda. Keyingi besh yilda viloyatda sanoat korxonalari soni 1049 tadan 1475 taga etdi. Ilgari viloyatdagi sanoat korxonalari tomonidan 122 turdagi sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo’lsa, bugungi kunga kelib, ularning turlari 300 dan oshdi. Ushbu mahsulotlarning 130 dan ortiq turi tayyor mahsulot sifatida ishlab chiqarilmoqda.

251220164.jpg

Ayni paytda viloyatda jiddiy e’tibor qaratish lozim bo’lgan bir qator dolzarb masalalar mavjud ekanligi ham qayd etildi. Xususan, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash sanoatini rivojlantirish uchun mavjud bo’lgan juda katta imkoniyatlar ishga solinmayapti.

Sessiyada tashkiliy masala ko’rildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tavsiyasiga binoan Oliy Majlis Senati Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi raisi lavozimida ishlab kelayotgan Kabul Tursunov Navoiy viloyati hokimi etib saylandi.

Manba: president.uz

MAQOLANI MASHHUR QILISHGA HISSANGIZNI QO'SHING

G'olib Avezov

Navoiy viloyati bizning vatanimiz, bu yerda tug'ildik, o'sdik va bilim oldik. Vatanimiz bizga juda ko'p narsalar berdi. Endi esa biz vatanimizga beraylik. Uni rivojlanishi uchun har birimiz o'z hissamizni qo'shaylik.

Buni ham o'qing

720_420_58409f182406b

Joriy yil Navoiy davlat konchilik institutini 631 nafar bakalavr tamomladi

Navoiy davlat konchilik institutida “Oq yo‘l sizga, bitiruvchilar!” deb nomlangan tadbir o‘tkazildi. Unda professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar ...

Fikr bildirish

Sizning email manzilingiz oshkor qilinmaydi. Majburiy bo'limlar * bilan belgilangan

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>