2018/08/20 2:59:42

Navoiy viloyati tarkibidagi Qiziltepa tumani: rivojlanish istiqbollari

loading...

Xalqaro Ahmad Yassaviy mukofoti sovrindori professor Toji Qorayevning istiqlol sha’niga bitilgan «Mustaqillik yaxshi, mutelik yomon» sarlavhali she’ridan olingan bu satrlar go‘yo har bir qalbning nidosi bo‘lib yangradi.

Mustaqillik hurlik, o‘zlik demakdir,

Pishirgan oshingni o‘zing yemakdir,

Ko‘kraging havoda ozod kermakdir,

Yurakka parvozga buyruq bermakdir,

Dunyoda barcha xalq bor bo‘lsin,omon,

Mustaqillik yaxshi, mutelik yomon.

Asrlar davomida orzu – umidga aylangan ozodlik odamlarga yangicha ruh, ko‘tarinkilik bag‘ishladi. Boqimondalik kayfiyati o‘rnini ishbilarmonlik, g‘ayrat-shijoat egallay boshladi. Odamlar o‘z mehnati bilan farovon hayot kechirishga intila boshlashdi. Bu esa tuman iqtisodiy, madaniy salohiyatini tobora oshirdi va uning mamlakatda yuqori mavqega ega bo‘lishiga imkon yaratdi.

1991 yil 31 avgustda O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining e’lon qilinishi asriy orzularni ro‘yobga chiqardi. Ayniqsa, vijdon va diniy erkinliklarning kafolatlanishi hamda milliy qadriyatlarning qayta tiklanishi odamlarga ko‘tarinki ruh bag‘ishladi. O‘sha paytda Qiziltepa tumanining rahbari bo‘lgan Mardon Shamsiyev mustaqillikdan so‘ng bir yilcha Qiziltepa tumanining birinchi hokimi, keyin Navoiy viloyat hokimining qishloq xo‘jaligi bo‘yicha o‘rinbosari, Karmana tumani hokimi vazifalarida ishladi.

Qiziltepa tumaniga 1993-1998 yillarda Tursunpo‘lat Fatullayev hokim bo‘ldi. Ana shu davrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning qishloq aholisini tabiiy gaz va toza ichimlik suv bilan ta’minlash borasidagi Farmoni asosida deyarli hamma qishloq va xonadonlarga tabiiy gaz keltirildi. 22-sonli (Muqimiy nomli), 4-sonli (Sh.Rajabov nomli), 37-sonli (Amir Temur nomli),16-sonli (Ulug‘bek nomli), 14-sonli (M.Qobilov nomli), 33-sonli (F.Xo‘jayev nomli) maktablar uchun yangi binolar qurilib foydalanishga topshirildi. Bundan tashqari 37 va 38-sonli ixtisoslashtirilgan litseylar, 36-sonli «Bahor» maktabi, shuningdek, bolalar san’at maktabi ham tashkil etildi.

Mamlakatning don mustaqilligi siyosati amalga oshirilgach, XX asr to‘qsoninchi yillarida un taqchilligi barham topdi. Xususiylashtirish jarayoni tumanda ham qizg‘in boshlandi. Qiziltepa tumani davlat va jamoa xo‘jaliklari shirkat xo‘jaliklariga aylantirildi. Keyinchalik dehqon va fermer xo‘jaliklari tashkil topdi.

1998 yildan Qiziltepa tumani hokimi etib Shabon Shodiyevich Nabiyev saylandi. O‘tgan davrda tumanda prezidentimiz I.A.Karimovning Farmon va qarorlari, hukumat qarorlari, ayniqsa, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», «Ta’lim to‘g‘risidagi qonun», «Salomatlik» dasturlari hamda aholini toza ichimlik suv bilan ta’minlash dasturini ijro etishga katta e’tibor berildi. Tumanda yangidan 33ta qishloq shifokorlik maskani va 6ta (qishloq xo‘jaligi; agroiqtisodiyot; yengil sanoat; maishiy xizmat; qurilish, uy-joy va kommunal xo‘jalik; agroservis) kasb-hunar kollejlari qurildi. 38ta umumta’lim maktablarining barchasi rekonstruksiya qilindi, mukammal va joriy ta’mirlandi. Ayni vaqtda kasb-hunar kollejlarida 6534 nafar, umumta’lim maktablarida 21000 nafar o‘quvchi ta’lim olmoqda.

Tumandagi «Malikcho‘l» shirkat xo‘jaligidan boshqa hamma shirkat xo‘jaliklari fermer xo‘jaligiga aylantirildi. 1250 ta fermer xo‘jaligi 2008 va 2009 yildagi maqbullashtirishdan so‘ng ancha qisqardi. 2010 yil yanvar holatida tumanda 2772 ta xo‘jalik yurituvchi subyekt tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanyapti.

XXI asrning dastlabki o‘n yilida tuman hokimi Shabon Nabiyevning sa’yi-harakatlari bilan hashar usulida g‘oyat katta obodonchilik ishlari amalga oshirildi. Ayniqsa, Vang‘ozidagi mashhur Toshmasjid tarixiy yodgorlik majmuasi, markaziy shifoxonaning “Shoshilinch tez yordam” va xo‘jalik bo‘limlari, 70 o‘rinli barcha qulayliklarga ega sil kasalliklari shifoxonasini qurishda ko‘p kuch-g‘ayrat va mablag‘ sarflandi.

2010 yilda tuman markazida yodgorlik xiyoboni va istirohat bog‘i, tuman o‘lkashunoslik muzeyi ta’mirlanib, keng miqyosda obodonlashtirish ishlari olib borildi. Yodgorlik xiyobonida Ona haykali o‘rnatildi. Tumanning yashnagan bog‘lari, ravon yo‘llari, gulu gulzor ko‘chalarining dovrug‘i uzoqlarga ketgan.

Tuman aholisi miqdori 1983 yildagi 69000 nafardan 2010 yilda 130000 nafarga yetdi. Aholining ko‘pchilik qismi yoshlar bo‘lib, barkamol avlodni tarbiyalash muhim vazifa bo‘lib qoldi. Birgina “Barkamol avlod yili” bo‘lgan 2010 yilda Davlat dasturi ijrosi uchun tumanda 33 milliard so‘m sarflandi.

2011 yil may oyida butun mamlakatda bo‘lgani singari Qiziltepa tumanida ham qishloq va mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovi bo‘lib o‘tdi.

«Qiziltepa tarixi» kitobidan.

MAQOLANI MASHHUR QILISHGA HISSANGIZNI QO'SHING

G'olib Avezov

Navoiy viloyati bizning vatanimiz, bu yerda tug'ildik, o'sdik va bilim oldik. Vatanimiz bizga juda ko'p narsalar berdi. Endi esa biz vatanimizga beraylik. Uni rivojlanishi uchun har birimiz o'z hissamizni qo'shaylik.

Buni ham o'qing

6

Nurota sayyidlari

Sayyidlar- Muhammad payg‘ambar avlodlarining faxriy unvoni bo‘lib barcha musulmon mamlakatlarida alohida tabaqa sifatida izzat-hurmatga ega ...

1 Fikr

Fikr bildirish

Sizning email manzilingiz oshkor qilinmaydi. Majburiy bo'limlar * bilan belgilangan

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>