2018/09/21 7:00:53

Navoiy texnika-iqtisodiyot kasb-hunar kolleji viloyatimizning yetakchi ta’lim dargohlaridan biridir

loading...

Navoiy texnika-iqtisodiyot kasb-hunar kolleji O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 29-oktyabrdagi «Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limiga izchil o‘tishni ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 473-sonli qarori, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi Markazining 2004 yil 27-yanvardagi 16-sonli buyrug‘i, Navoiy viloyat o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasining 2004 yil 2-fevraldagi 22-sonli buyrug‘i asosida tashkil etilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi Markazi, Navoiy viloyat o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi tarkibiga kiradi.

Kasb-hunar kolleji davlat ta’lim standartlari doirasida o‘rta maxsus, kasb-hunar bilimini beradigan, o‘quvchilarning kasb-hunarga moyilligi, mahorat va malakasini chuqur rivojlantirishni, tanlangan kasblar bo‘yicha bir yoki bir necha ixtisos olishini ta’minlaydigan yangi turdagi ta’lim muassasasidir. Ta’lim kunduzgi shakl asosida amalga oshiriladi.

Kasb-hunar kolleji bitiruvchilariga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplom beriladi, unda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo‘nalishlari va mutaxassisliklari Klassifikatori (tasniflagich)ga muvofiq kasblar bo‘yicha berilgan ixtisosliklar ko‘rsatiladi.

Diplomlarga o‘zlashtirilgan umumta’lim va maxsus (kasb-hunar) fanlar (kurslar), soatlar hajmi va ular bo‘yicha baholar (reytinglar), shuningdek bitiruvchining umumiy reytingi va yakuniy davlat attestatsiyasining natijalari ko‘rsatilgan qo‘shimcha varaqa ilova qilinadi.

Kasb-hunar kollejini tugatganlik to‘g‘risidagi diplom ta’lim olishning keyingi bosqichlarida o‘qishga yoki egallangan kasblari bo‘yicha ish faoliyatini davom ettirishga imkon beradi.

Kasb-hunar kolleji yuridik shaxs bo‘lib, o‘zining gerbli muhri, shtampi, bankdagi hisob raqami, davlat namunasidagi blanka, peshlavha va boshqa rekvizitlarga ega. U o‘z nomidan shartnomalar tuzishi, mulkiy huquqlarga ega bo‘lishi, majburiyatlar olishi hamda sud, arbitraj organlarida da’vogar va javobgar bo‘lish majburiyatini oladi.

Kasb-hunar kollejida quyidagi yo’nalishdagi yosh mutaxasislar tayyorlanadi:

1  Avtomatika vositalari va nazorat-o‘lchov asboblarini montaj qilish, ishlatish  va texnik xizmat ko‘rsatish texnigi  1. Avtomatika vositalari va nazorat-o‘lchov asboblari montajchisi va sozlovchisi2. Asbobsoz3. Elektrgazpayvandchi4. Avtomatika va nazorat -ulchov asboblari chilangari 
 Suv, gaz ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini o‘rnatish, ta’mirlash va ishlatish ustasi  1. Suv-kanalizatsiya tarmoklari kuzatuvchisi2. Gaz va suv iste’moli nazoratchi-operatori3. Sanitariya -texnik tizimlar, texnologik kuvurlar tugunlari va detallarni tayyorlash4. Elektrgazpayvanchi5. “B” yoki “BC” toifali haydovchi
 Elektr stansiyalari va elektr tarmoklari uskunalariga xizmat kursatish, ta’mirlash va montaj kilish buyicha elekromontyor   1. Elektr stansiyalari va elektr tarmoklari uskunalariga xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash buyicha elektromontyori2. Elektr tarmoklarida avtomatlashtirilgan tizimlar nazoratchisi va elektroenergiyasini xisobga olish operatori3. Elektr taksimoti tarmoklarga xizmat kursatish va foydalanish, elektr energiyasi iste’molchilari bilan ishlash buyicha elektromontyori4.Elektr jixozlarini ximoyalash va ta’mirlash elektromontyori5. Muqobil va noan’anaviy energiya manbalari qurilmalariga xizmat ko‘rsatish texnigi (mexanigi)
 Transportlarda tashish va boshqarishni tashkil etish (avtomobil transporti) texnigi
  1.  Avtomobilda yo‘lovchi va yuk tashishni tashkil etish bo‘yicha texnik
  2. Avtomobil transporti dispetcheri
  3. Avtojamlanma texnigi (mexanigi)
  4. “B” yoki “BC” toifali haydovchi”
  Kimyoviy texnologiya va ishlab chiqarish texnik-texnologi
  1.  Kimyoviy ishlab chikarish texnigi
  2. Kimyoviy ishlab chikarish apparatchisi
  3. Texno-kimyoviy taxlil laboranti
  4. Nazoratchisi
  5. Elektroerozionist
 Payvandlash ishlari (mexanik) texnigi  1. Elektrgazpayvandchi2. Avtomatik va yarim avtomatik payvandlash mashinalari operatori3. Payvandlash mashina va jixozlari sozlovchi-chilangari4. Qo’lda payvandlash elektrpayvandchi5.. Payvandlash ishlari nazoratchisi6.Payvandlash va gazmplazmokesish uskunalari sozlovchisi
 Avtomobil yo‘llari, ko‘priklar, transport inshootlari va aerodromlarni qurish,  foydalanish va ta’mirlash texnigi 1. Avtomobil yo‘llari, sun’iy inshootlar va aerodromlarni qurish, foydalanish va ta’mirlash texnigi2. “B” yoki “BC” toifali haydovchi
Metallarga ishlov berish mexanigi 1. Keng profilli dastgohchi2. Avtomatik va yarim avtomatik tizimlar operatori3. Avtomatik liniyalar va agregatlar sozlovchisi
 9  Buxgalter   1. Buxgalter-auditor yordamchisi2. Buxgalter iqtisodchi3. Byudjet tashkilotlari buxgalteri
10   Bank ishi mutaxassisi 1. Bank operatsiyalari mutaxassisi2. Banklarda buxgalteriya hisobi, hisoboti va kassa operatsiyalari mutaxassisi

Navoiy texnika-iktisodiyot kasb-hunar kollejining yuridik manzili: Navoiy shahri, Navoiy ko‘chasi 51-uy.

Telefon raqami: +99879-224-48-81, +99879-224-55-11.

Manba: ntikhk.uz

MAQOLANI MASHHUR QILISHGA HISSANGIZNI QO'SHING

G'olib Avezov

Navoiy viloyati bizning vatanimiz, bu yerda tug'ildik, o'sdik va bilim oldik. Vatanimiz bizga juda ko'p narsalar berdi. Endi esa biz vatanimizga beraylik. Uni rivojlanishi uchun har birimiz o'z hissamizni qo'shaylik.

Buni ham o'qing

1

Navbahor yengil sanoat kasb-hunar kolleji bu bilimlar o’chog’i

Navbahor yengil sanoat kasb-hunar kolleji O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 29-oktyabrdagi “Umumiy o‘rta va ...

Fikr bildirish

Sizning email manzilingiz oshkor qilinmaydi. Majburiy bo'limlar * bilan belgilangan

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>