2018/07/18 7:44:45

Navoiy teleradiokompaniyasi haqida

loading...

Teleradiokompaniya haqida

  Kompaniya 2000 yilning 1 fevralidan haftasiga 2 soatdan ko`rsatuvlar olib boruvchi Navoiy viloyati televideniesi tashkil etilgan. 2010 yilga qadar viloyat televideniesi efir hajmi haftasiga 6 soatdan iborat bo`lgan. Teledasturlar yozib olinib, Navoiy RTUM (radioteleuzatish markazi)dan DVD pleyerlar yordamida efirga tarqatilgan.

  2011 yildan viloyat televideniesi aholiga 10 soatlik teleko`rsatuvlarni namoyish eta boshladi. Aynan shu yili viloyat teleradiokompaniyasi uchun qurilgan ikki qavatli bino zamonaviy teleapparaturalar bilan jihozlanib foydalanishga topshirildi hamda moddiy-texnik bazasi mustahkamlandi. Natijada teleradiokompaniya binosining o`zidan efirga uzatish yo`lga qo`yildi. Optik tolali uzatkichlar o`rnatilgani efir sifatini yaxshilab, videotasvirlarni raqamli va analog signalda qabul qilish imkoniyati yaratildi. Efir uzatish tizimi esa DVCAM 1800 va P-4 kompyuterining EDIUS dasturi orqali amalga oshirila boshlandi.

  Telemarkazda 2 ta katta va kichik studiyalar mavjudligi va unda tok-shou hamda intellektual o`yinlarda 150 nafarga yaqin ishtirokchi tomoshabin sifatida tasvirga olinishi turli mavzudagi dasturlarni tayyorlab efirga uzatish imkonini bermoqda.

Efir vaqti: 18 soat.

Efir qamrovi: Navoiy viloyati to`liq hamda Samarqand va Buxoro viloyatlari.

Maqsadi va asosiy vazifalari

  Navoiy viloyati aholisini sifatli teleradiomahsulotlar bilan ta’minlash., turli janr va mavzudagi tomoshabinbop  ko`rsatuvlar, eshittirishlar tayyorlash va bu orqali aholining huquqiy savodxonligi, siyosiy bilimi, tibbiy madaniyatini yuksaltirish,dunyoqarashi va ma’naviyatini boyitish, yoshlarga  oid Davlat siyosatining mazmun-mohiyatini keng yoritish, barkamol avlodni vatnparvarlik, insonparvarlik, milliy qadriyat va urf-odatlarga sadoqat, hurmat ruhida tarbiyalashdan iborat.

   Aholi duch kelayotgan muammo va yechimtalab masalalarni hal etishda faol ishtirok etish, fuqarolar hamda mahalliy hokimiyat organlari bilan yaqin hamkorlikni  mustahkamlash, aholi  orasida  sog`lom turmush tarzini targ`ib etish , mavsumiy va yuqumli kasalliklarning oldini olish, jismoniy tarbiya hamda sport turlarini ommalashtirish, xalqimizga xos an’ana va qadriyatlar bardavomligini ta’minlash, yurtdoshlarimizni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish, ular uchun yaratilgan imkoniyat va imtiyozlar, sohaga oid qabul qilinayotgan qonun hamda qarorlar bilan muntazam tanishtirib borishdan iborat.

MAQOLANI MASHHUR QILISHGA HISSANGIZNI QO'SHING

G'iyos Safarov

Buni ham o'qing

720_460_80_2716540209

Quyosh mashinaga qanday ta’sir ko‘rsatadi?

Selsiy bo‘yicha harorat 71,1 darajaga chiqsa ko‘p narsa bo‘ladi: tuxum pishirish mumkin, salmonella bakteriyalari o‘ladi, ...

Fikr bildirish

Sizning email manzilingiz oshkor qilinmaydi. Majburiy bo'limlar * bilan belgilangan

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>