2018/04/21 12:59:46

Navoiy Suv sportiga Ixtisoslashtirilgan Bolalar va o‘smirlar sport maktabi rasmiy saytini ishga tushirdi

loading...

Navoiy viloyati Madaniyat va sport ishlari boshqarmasiga qarashli Sportning suv turlariga Ixtisoslashtirilgan Bolalar o‘smirlar sport maktabi o’z rasmiy saytini ochdi. Sayt manzili: www.navoiy-suzish.uznavoiy-suzish

Maktab saytida siz maktab haqidagi kerakli barcha ma’lumotlarni olishingiz mumkin. Sayt Navoiy shahrida joylash “COMPASS GROUP” MCHJ mutaxasislari tomonidan yaratib berilgan.

Maktab haqida:

Navoiy viloyati Madaniyat va sport ishlari boshqarmasiga qarashli Sportning suv turlariga Ixtisoslashtirilgan Bolalar o‘smirlar sport maktabi viloyat hokimligining 2016 yil 23 martdagi Q-52 sonli qarori bilan tashkil etilgan bo‘libNavoiy shahar Navoiy ko‘chasi 30 uyda joylashgan. Sportning suv turlariga Ixtisoslashtrilgan BO‘SM 2016 yil iyun, iyul oylarida kapital ta’mirdan chiqarilgan. Sport maktabida 2016 yil fevral oyiga qadar 29 ta guruhda 378 nafar sportchi shug‘ullanib kelgan, shundan 74 nafari qizlarni tashkil etgan. Hukumatimizning suzish sportiga katta e’tibori tufayli maktabda ham suzish sportini rivojlantirish ishlari maqsadga muvofiq ravishda olib borilmoqda. 2016 yil aprel oyidan sport maktabida Suzish sport turidan tashqari sinxron suzish, baydarka va kanoeda eshkak eshish, suv polosi va tramplindan sakrash turlarining ochilishi tashkil etildi. Hozirda sport maktabida 13 nafar O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tasarrufidagi «Sertifiktlashtirish va kompyuterlashtirish» markazi tomonidan berilgan maxsus ruxsatnomaga ega bo‘lgan murabbiylar mashg‘ulot jarayonlarini olib borishadi. Murabbiylarning 10 nafari oliy ma’lumotli jismoniy tarbiya mutaxassisligi bo‘yicha, 3 nafari o‘rta maxsus jismoniy tarbiya mutaxasisligi bo‘yicha tamomlaganlar. Murabbiylardan 3 nafari II– toifa, 1 nafari I– toifaga egadir. Sport maktabida 41 gurux tashkil etilgan bo‘lib unda 619 nafar shug‘ullanuvchi sportchilar jalb etilgan bo‘lib ulardan 193 nafari qizlarni tashkil etadi. Suzish bo‘yicha shug‘ullanuvchilardan 3 nafari O‘zbekiston milliy terma jamoasi asosiy tarkibiga kiritilgan. SST IBO‘SM sportchilari 2016 yanvar oyidan dekabr oyiga qadar bir necha Respublika musobaqalarida hamda viloyat birinchiliklarida ishtirok etishdi hamda faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi. 

MAQOLANI MASHHUR QILISHGA HISSANGIZNI QO'SHING

G'olib Avezov

Navoiy viloyati bizning vatanimiz, bu yerda tug'ildik, o'sdik va bilim oldik. Vatanimiz bizga juda ko'p narsalar berdi. Endi esa biz vatanimizga beraylik. Uni rivojlanishi uchun har birimiz o'z hissamizni qo'shaylik.

Buni ham o'qing

3

Janubiy Koreyaning Pukyong milliy universiteti professori Choi Yo Sun Navoiyda

2018 yil 11 yanvar kuni Navoiy davlat konchilik instituti Metallurgiya kafedrasida O‘zbekiston – Janubiy Koreya ...

Fikr bildirish

Sizning email manzilingiz oshkor qilinmaydi. Majburiy bo'limlar * bilan belgilangan

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>