2017/11/18 1:54:52

Navoiy shahrida xalqaro turnir bo’lib o’tdi

loading...

yoshlikNavoiy shahridagi “Yoshlik” sport majmuasida badiiy gimnastika bo‘yicha qizlar o‘rtasida xalqaro turnir bo‘lib o‘tdi. Unda mamlakatimiz hamda Qozog‘iston Respublikasidan kelgan 300 nafardan ortiq sportchilar mahorat va tajribasini namoyish qilishdi.
Qatnashchilar guruh hamda yakkalik chiqishlari orqali epchil va chaq­qonliklarini ko‘rsatishdi. Kichik yoshdagi gimnastikachi qizlarning ham faollik bilan harakat qilishi yurtimizda sportning bu turiga bo‘lgan qiziqishning oshib borayot­ganini isbotladi. Katta yoshlilar­ning bulava, koptok, halqada mohir­lik bilan namoyish etgan kompozi­siyalari tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi. Ayniqsa, buxo­ro­lik qizlar, badiiy gimnastikaga ixtisoslashgan “Nafis” maktabi­ning Rimma Xoxlova murabbiyli­gidagi shug‘ullanuvchilari Mila Buto­rina, Diana Alfredovalar tengsiz, deb topilib, turnirg‘oli­bi bo‘lishdi. Viloyatimiz vakilla­ri­dan 1-BO‘SM qizlari Mohisito­ra Husenova, Shirinoy Sheraliyeva, Shahrizoda Hakimova, Sabrina Sat­torova, Feruza Yusupovalar, viloyat gimnastikaga ixtisoslashtirilgan BO‘SM shug‘ullanuvchilari M. Toshpo‘­la­tova, Z. Jumaniyozova, A. Rahma­to­valar sov­rin­dorlar safidan joy olishdi. Ishtirokchilar chiqish­larini ba­diiy gimnastika bo‘yicha tajri­bali murabbiy Dilbar O‘tki­rova odilona baholab bordi.
— Qizlarimizning iqtidori ba­land, — deydi 1-BO‘SM badiiy gim­nastika murabbiyi Kamilla Man­su­rova. — Turnirlarda ular­ning maho­rati yana oshadi. Shug‘ulla­nuv­chilari­miz orasida xalqaro mu­so­baqalarda ham g‘olib bo‘lgan qiz­larimiz ko‘p. Ular bilan faxrla­namiz. M. Huse­nova, Sh. Sheraliyeva singari sport­chilardan umidimiz katta.
— Kelajakda chempion bo‘lishni orzu qilaman, — deydi turnir ishti­rokchisi Toshkent viloyatidan kel­gan 11 yoshli Zayfuna Makset­bayeva. — Murabbiyim Barno opa Rahmonqulova qancha ko‘p intilsang, maqsadingga erishasan, deb o‘rgata­dilar. Badiiy gimnastika bilan shug‘ullanganimdan dadam, oyim xursand bo‘ladilar.
— Qizim Yasmina Nosirova ikki yildan buyon badiiy gimnastika bilan shug‘ullanadi, — deydi biz bilan suhbatda Toshkent shahri, Yunu­sobod tumanidan ZeboHasano­va. — U ilgari nimjon, zaif edi. Hozir esa ham jismonan, ham ruhan chiniqib borayotganidan xursand­man. Har bir musobaqada qizim­ning yonida bo‘la­man. Opasi Asal ham yetti yildan buyon shu sport turi bilan mashg‘ul. Qizla­rimning sog‘lom, iroda­si mustahkam bo‘lib ulg‘ayayotgani — mening baxtim. Bu­larning hammasi yurtimizda bola­lar sportiga bo‘l­gan e’tibor namunasidir.
Turnir yakunida umumjamoa hiso­bida Buxoro viloyati qizlari 1-o‘rinni egalladi. Keyingi o‘rinni vakillarimiz band etgan bo‘lsa, 3-o‘rin Toshkent shahri, Samarqand vi­loyati va Qozog‘iston Respublika­si qiz­lariga nasib etdi. Turnir­ning so‘nggi kuni viloyatimizning yosh gimnastikachi qizlari ham bel­la­shishdi. Folib va sovrindorlar diplom, medal hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

MAQOLANI MASHHUR QILISHGA HISSANGIZNI QO'SHING

G'olib Avezov

Navoiy viloyati bizning vatanimiz, bu yerda tug'ildik, o'sdik va bilim oldik. Vatanimiz bizga juda ko'p narsalar berdi. Endi esa biz vatanimizga beraylik. Uni rivojlanishi uchun har birimiz o'z hissamizni qo'shaylik.

Buni ham o'qing

11

Navoiylik yosh sportchi jahon chempionati sovrindori

Chilining Santyago shahrida o‘tgan dzyudo bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida 64 davlatdan 428 nafar sportchi ...

Fikr bildirish

Sizning email manzilingiz oshkor qilinmaydi. Majburiy bo'limlar * bilan belgilangan

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>