2017/09/19 4:37:58

Navoiy shahrida uchta ko‘p qavatli yangi uy foydalanishga topshirildi

loading...

Navro‘z bayrami arafasida Navoiy shahridagi “G‘alaba” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida 144 xonadonga mo‘ljallangan uchta ko‘p qavatli uyning kalitlari o‘z egalariga topshirildi.

Prezidentimiz rahnamoligida aholi, ayniqsa, yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning turmush sharoitlarini yanada yaxshilashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal qilish, birinchi navbatda, yosh oilalarning o‘z turar joyiga ega bo‘lishida amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida imtiyozli ipoteka kreditlari berish tizimi joriy etildi. Yakka tartibda uy-joy qurish, rekonstruksiya qilish va uy-joy sotib olish uchun ipoteka krediti oluvchi yosh oilalar a’zolarining daromadiga soliq imtiyozlari berildi.

Yangi uyga ko‘chib o‘tgan yosh oilalar orasida Sherzod Primov ham bor. Unga ikki xonali uyning kaliti topshirildi.

– Navro‘z shodiyonalari arafasida o‘z uyimizga ega bo‘lganimiz biz uchun qo‘shaloq bayram bo‘ldi, – deydi Sherzod. – Biz, yoshlarga ko‘rsatilayotgan bunday yuksak e’tibor va g‘amxo‘rlik uchun Prezidentimizdan minnatdormiz. Milliy va zamonaviy dizayn asosida barpo etilgan keng va yorug‘ xonalar, ayniqsa, oshxona turmush o‘rtog‘imga juda ma’qul. Uyda farzandlarimizni bekamu ko‘st ulg‘aytirish uchun barcha sharoit muhayyo.

MAQOLANI MASHHUR QILISHGA HISSANGIZNI QO'SHING

G'olib Avezov

Navoiy viloyati bizning vatanimiz, bu yerda tug'ildik, o'sdik va bilim oldik. Vatanimiz bizga juda ko'p narsalar berdi. Endi esa biz vatanimizga beraylik. Uni rivojlanishi uchun har birimiz o'z hissamizni qo'shaylik.

Buni ham o'qing

ma_alla_yeshlari_futbolimiz_kelazhagi_10_08_2016

Navoiyda “Futbolimiz kelajagi” musobaqalarining viloyat bosqichi bo’lib o’tdi

“Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi va boshqa tashkilotlar hamkorligida ...

Fikr bildirish

Sizning email manzilingiz oshkor qilinmaydi. Majburiy bo'limlar * bilan belgilangan

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>