2017/10/24 12:04:16

Navoiy shahrida qilish kerak bo’lgan 5 ta biznes g’oya

loading...

new-biz-ideaHozirgi kunga kelib yurtimizda tadbirkorlar uchun keng imkoniyatlar yaratilgan bo’lib, tadbirkorlikni rivojlantirish yo’lida ko’pgina davlat dasturlari ham qabul qilingan.

         Bizning Navoiy viloyatimiz ham tadbirkorlik salohiyati jihatidan yurtimizda yetakchi viloyatlardan hisoblanadi. Bugungi kunda viloyatimizda ko’plab biznes g’oyalar amalga oshirilgan. Biz sizga aytmoqchi bo’lgan biznes g’oyalar bugungi kunda Navoiy viloyati va shahri uchun juda kerakli va foydali g’oyalar hisoblanadi. Kimdir tomonidan bu g’oyalar  amalga oshirilgan bo’lishi mumkin lekin shu kunlarda ushbu biznes g’oyalarni amalga oshirish juda foydali va muvaffaqiyatli hisoblanadi. Sababi kun sayin rivojlanib borayotgan Navoiy viloyatimizda aholi soni ham oshib bormoqda. Aholi sonining ortishi ko’pgina xizmat turlariga ehtiyoj ortishini bildiradi. Keling yaxshisi ushbu biznes g’oyalarni birma-bir ko’rib nega muvaffaqiyatli ekanligini tahlil qilamiz.

  1. Gilam va yumshoq mebellarni joyida kimyoviy tozalash xizmati biznes g’oyasi. Ushbu biznes juda yangi biznes turlaridan hisoblanib, Navoiy shahrida amalga oshirish maqsadga muvofiq bo’ladi. Tumanlarda ham amalga oshirish mumkin lekin shahrdagidek muvaffaqiyatga erishish ko’proq vaqtni talab etadi. Navoiy shahri aholisining asosiy qatlami mehnat bilan band hisoblanadi. Gilam va yumshoq mebellarni yuvish va tozalash uchun esa vaqt ajrata olmaydilar. Siz ushbu xizmatni Navoiy aholisiga taklif etsangiz aholi uchun bu juda foydali xizmat turi bo’ladi. Bu biznesni tashkil qilishda katta sarmoya talab etilmaydi. Biznesni o’zingiz yaratishingiz yoki tayyor biznes holatida sotib olishingiz mumkin bo’ladi. Agarda tayyor holatda sotib olmoqchi bo’lsangiz quyidagi havolaga o’tib shartlar bilan tanishishingiz mumkin
  2. Poligrafiya va Dizayn xizmatlari biznes g’oyasi. Ushbu biznes g’oyasi Navoiy viloyati va shahri uchun yangi biznes turi hisoblanmaydi, sababi bugungi kunda Navoiy hududida ko’plab poligrafiya xizmatlarini ko’rsatuvchi shaxobchalar mavjud. Ushbu biznesni muvaffaqiyatga erishishidagi asosiy omillardan biri bu DIZAYN xizmati. To’g’ri hozirgi kunda aholidan yoki tashkilotlardan dizayn uchun haq olish ozgina qiyinroq ish hisoblanadi. Lekin sizning bepul dizaynerlik xizmatingiz bu biznesda muvaffaqiyatga erishishning kaliti bo’lishi mumkin.
  3. Har xil turdagi maxsulotlarni mijozning uyiga yoki ish joyiga yetkazib berish xizmati biznes g’oyasi. Yetkazib berish degan hammamizning ko’z oldimizga tayyor ovqatlarni yetkazib berish xizmatlari keladi. Navoiy shahrida muvaffaqiyatga erishgan bunday biz turlari hozirgacha mavjud emas. Ushbu biznesni Navoiy shahrida amalga oshirish juda qulay va samarali hisoblanadi. Sababi Navoiy shahri geografik maydoni jihatidan juda kichik shahar hisoblanadi va bu yetkazib beruvchilar uchun ko’plab qulayliklarni tug’diradi. Siz ko’plab maxsulotlarni yetkazib berish xizmatini tashkil qilishingiz mumkin lekin eng avval bitta maxsulotni yetkazib berishdan boshlash kerak. Bu biznesning muvaffaqiyati ham shunga bog’liq hisoblanadi. Masalan birinchi bo’lib GUL YETKAZIB BERISH xizmatini joriy qiling. Buning uchun sizga telefon yoki veb sayt orqali buyrtma berishlari mumkin bo’ladi. Siz o’zingizni veb saytingizni yaratib ushbu sayt orqali buyurtmalarni qabul qilishingiz mumkin.
  4. Veb saytlar yaratish xizmati biznes g’oyasi. Ushbu biznesni yo’lga qo’yish uchun albatta sizda sayt yaratish tillari haqidagi bilimlar bo’lishi shart. Sababi ushbu tillarni bilmasdan mijozlar uchun veb sayt yaratish imkoniyati mavjud emas desak ham bo’ladi. Hozirda ko’plab tashkilotlar, maktablar va kollejlar uchun veb saytlar yaratish dolzarb masalalardan hisoblanadi. Ushbu xizmat turini Navoiydagi istiqboli porloq hisoblanadi.
  5. Marketing xizmatlarini ko’rsatish biznes g’oyasi. Marketing xizmatlari deganda biror bir korxona yoki tashkilotning ishlab chiqaradigan maxsuloti yoki xizmat turini mijozlarga yetkazish va sotish, sotib olishga yordam berish xizmati tushuniladi. Navoiy viloyati azaldan respublikamizdagi katta sanoat hududlaridan biri hisoblanadi. Ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohalari juda keng rivojlanib bormoqda. Ushbu rivojlanish asnosida marketing xizmatlariga bo’lgan talab ham ortib bormoqda. Agarda sizda ushbu xizmatni ko’rsatish imkoniyati ya’ni marketing bilimlari, chet tillarini bilish, sotish va sotib olish bilimlari mavjud bo’lsa siz ushbu xizmat bilan o’z bisnesingizni Navoiyda rivojlantirishingiz mumkin.

Albatta har qanday biznesni rivojlantirish uchun eng asosiy omil bu bilim va katta mehnat hisoblanadi. Yuqorida aytilgan barcha biznes g’oyalar bu bizning Navoiy hududini tahlil qilib aytgan xolisona fikrimiz xolos. Siz har qanday bisnesni boshlab qiyinchiliklarni yengib tinimsiz mehnat qilsangiz albatta muvaffaqiyatga erishasiz.

MAQOLANI MASHHUR QILISHGA HISSANGIZNI QO'SHING

G'olib Avezov

Navoiy viloyati bizning vatanimiz, bu yerda tug'ildik, o'sdik va bilim oldik. Vatanimiz bizga juda ko'p narsalar berdi. Endi esa biz vatanimizga beraylik. Uni rivojlanishi uchun har birimiz o'z hissamizni qo'shaylik.

Buni ham o'qing

Nalog-na-saytyi-Retina-1078x516

Viloyatimizning 4 ta tumani va Zarafshon shahri tadbirkorlari 2028-yilgacha soliqlardan ozod etildi

O‘zbekiston Prezidentining 2017-yil 29-sentabrdagi qarori bilan “2017—2019-yillarda Navoiy viloyatining Tomdi, Uchquduq, Konimex, Nurota tumanlari va ...

Fikr bildirish

Sizning email manzilingiz oshkor qilinmaydi. Majburiy bo'limlar * bilan belgilangan

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>