2018/10/20 5:54:50

Navoiy shahrida Mustaqilligimizning 25 yilligi keng nishonlandi

loading...

806a56163ae9c084a69b892ed3515e2bO‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan, “Go‘zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O‘zbekistonim” shiori ostida Navoiy shahridagi “Amfiteatr” binosida tashkil etilgan tantanali marosimni viloyat hokimi Erkinjon Turdimov ochib berdi. Viloyat hokimi barchani eng ulug‘ bayram bo‘lgan mustaqillik bilan tabriklab, o‘zining samimiy tilaklarini bildirdi. Mamlakatimiz, xususan, viloyatimizda qisqa vaqt ichida qo‘lga kiritilgan ulkan marralar haqida so‘z yuritar ekan, bunda fidoyi hamyurtlarimizning munosib hissasi borligini e’tirof etdi. Shuningdek, mustaqillik yillarida hududimizda bunyodkorlik ishlariga qaratilayotgan alohida e’tibor, buning natijasida ko‘zni quvontiradigan, aholi farovonligi uchun xizmat qiladigan muhtasham binolar qad rostlayotgani xususida gapirdi. Madhiyamiz yangragan lahzada bayram ishtirokchilari o‘rinlaridan turib, o‘zlarining hurmat-ehtiromlarini namoyon etdilar. Shundan so‘ng tadbir viloyatimiz san’atkorlari, harbiylarimiz, sportchilarimiz chiqishlari bilan davom etdi. Respublikadan tashrif buyurgan xonandalarning konsert dasturi yig‘ilganlarda unutilmas taassurot qoldirdi.

MAQOLANI MASHHUR QILISHGA HISSANGIZNI QO'SHING

G'olib Avezov

Navoiy viloyati bizning vatanimiz, bu yerda tug'ildik, o'sdik va bilim oldik. Vatanimiz bizga juda ko'p narsalar berdi. Endi esa biz vatanimizga beraylik. Uni rivojlanishi uchun har birimiz o'z hissamizni qo'shaylik.

Buni ham o'qing

720_420_58409f182406b

Joriy yil Navoiy davlat konchilik institutini 631 nafar bakalavr tamomladi

Navoiy davlat konchilik institutida “Oq yo‘l sizga, bitiruvchilar!” deb nomlangan tadbir o‘tkazildi. Unda professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar ...

Fikr bildirish

Sizning email manzilingiz oshkor qilinmaydi. Majburiy bo'limlar * bilan belgilangan

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>