2018/08/20 3:03:51

Navoiy shahrida bir guruh yigitlar harbiy xizmatga kuzatildi

loading...

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 21-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatlarini o‘tab bo‘lgan harbiy xizmatchilarni Qurolli Kuchlar rezerviga bo‘shatish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Navoiy viloyatida ham yigitlarni muddatli harbiy xizmatga kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi.
3_2_
Shu munosabat bilan Navoiy shahrida tashkil etilgan tadbirda viloyat mudofaa ishlari boshqarmasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati viloyat kengashi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limi, keng jamoatchilik vakillari hamda ota-onalar ishtirok etdi.

Mamlakatimiz Qurolli Kuchlarida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar samarasida har tomonlama puxta tayyorgarlikka ega milliy armiyamiz shakllantirilgani alohida ta’kidlandi. Navoiy viloyati mudofaa ishlari boshqarmasiga qarashli muassasalarda ham so‘nggi yillarda keng bunyodkorlik va rekonstruksiya ishlari amalga oshirildi. Viloyat yig‘uv punkti, tuman va shahar chaqiruv punktlari yangidan barpo etildi, rekonstruksiya qilindi. Maskanlarda chaqiriluvchi yoshlar va kuzatuvchilar uchun barcha qulaylik yaratildi.

– Jismoniy tayyorgarlik va barcha test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tdim, – deydi Navoiy shahrining Yangiobod mahallasidan Shohrux Jumayev. – Muddatli harbiy xizmat davomida ota-onam, Prezidentimiz ishonchini oqlashga, Vatan oldidagi muqaddas burchimni namunali o‘tashga sidqidildan harakat qilaman.

Muddatli harbiy xizmatga yo‘l olgan o‘g‘lonlarga esdalik sovg‘alari topshirildi. Vatan, istiqlol, tinchlik va yoshlikni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar yangradi. 

MAQOLANI MASHHUR QILISHGA HISSANGIZNI QO'SHING

G'olib Avezov

Navoiy viloyati bizning vatanimiz, bu yerda tug'ildik, o'sdik va bilim oldik. Vatanimiz bizga juda ko'p narsalar berdi. Endi esa biz vatanimizga beraylik. Uni rivojlanishi uchun har birimiz o'z hissamizni qo'shaylik.

Buni ham o'qing

720_420_58409f182406b

Joriy yil Navoiy davlat konchilik institutini 631 nafar bakalavr tamomladi

Navoiy davlat konchilik institutida “Oq yo‘l sizga, bitiruvchilar!” deb nomlangan tadbir o‘tkazildi. Unda professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar ...

Fikr bildirish

Sizning email manzilingiz oshkor qilinmaydi. Majburiy bo'limlar * bilan belgilangan

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>