2018/12/12 7:25:41

Navoiy kon-metallurgiya kombinati viloyatimiz tayanchi

loading...

2Navoiy viloyati mamlakatimizning yirik sanoat markazlaridan hisoblanib, unda konchilik, metallurgiya, kimyo, energetika, qurilish materiallari, paxta tozalash, oziq- ovqat sanoati sohalari va boshqalar rivojlangan.

Bu erda 1040 ta, jumladan, 21 ta yirik sanoat korxonalari samarali faoliyat ko’rsatmoqda. Ular sirasida Navoiy kon-metallurgiya kombinatini, “Navoiyazot”, “Qizilqumsement”, Navoiy issiqlik elektr stansiyasi ochiq aksiyadorlik jamiyatlari, “Elektrkimyo”, “Baxttekstil”, “Navbahortekstil” korxonalarini alohida e’tirof etish lozim.

Navoiy kon-metallurgiya kombinati mamlakatimizda oltin, uran, fosforit singari noyob mahsulot va xom-ashyolar ishlab chiqarishda karvonboshilik qilmoqda. Bu sanoat gigantida 65 ming nafardan ziyod turli kasb-hunar egalari faoliyat olib boryapti. Davlatimiz tomonidan kombinatda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash, eksport salohiyatini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, 1995 yilda Ko’kpatas va Daugiztov sulfid ruda konlari bazasida gidrometallurgiya zavodi barpo etildi. Yangi zamonaviy texnologiyalar asosidagi “Bioks” kompleksining ishga tushirilishi kombinat mahsuldorligini yanada oshirishga xizmat qiladi. Zarmitan oltin- ruda hududini o’zlashtirishga xizmat qiladigan sanoat ob’ektlari qurilishi esa jadal olib borilyapti.4

Kombinat tasarrufidagi Navoiy mashinasozlik zavodi tog’-shaxta texnikalari va kon sanoati uchun uskunalarni sozlash bo’yicha tayanch korxona hisoblanadi. Mazkur korxona xalq iste’moli mollari va texnik jihozlarni ham ishlab chiqarmoqda.

Qizilqum fosforit kompleksida ishlab chiqarilayotgan turli fosforit konsentratlari “Samarqandkimyo”, “Qo’qon superfosfat zavodi” Olmaliqdagi “Ammofos”, Navoiydagi “Elektrkimyo” singari korxonalarni mahalliy xomashyo bilan ta’minlash imkonini bermoqda. Ushbu korxonaning mamlakatimiz qishloq xo’jaligining rivojlanishida ham munosib hissasi bor.

“Navoiyazot” OAJda katta miqdorda ammiakli selitra, sulfat kislotasi, xlor va nitron tolasi ishlab chiqariladi. Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 15 martdagi “Navoiy vilo- yatida ammiak va karbamid ishlab chiqarish kompleksini qurish investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qaroriga asosan, bu erda loyiha bahosi 1 mlrd 340 mln AQSH dollariga teng bo’lgan ammiak va karbamid ishlab chiqarish kompleksini qurish ishlari olib borilmoqda.

“Qizilqumsement” OAJ har yili ikki million tonnadan ziyod yuqori markali sement ishlab chiqarish quvvatiga ega bo’lib, uning mahsulotlari nafaqat respublikamizda, balki Markaziy Osiyoning boshqa davlatlarida ham o’z xaridorlariga ega.

Navoiy issiqlik elektr stansiyasi mintaqaning asosiy energiya ishlab chiqaruvchi korxo- nasi hisoblanadi. Davlat ko’magi asosida mazkur korxonada 478 mvt quvvatga ega 468 mln AQSH dollari qiymatidagi yangi bug’-gaz qurilmasi bunyod etilmoqda.

Viloyat ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini rivojlantirishda yirik korxonalar bilan birga, kichik tadbirkorlik sub’ektlarining hissasi ham yil sayin ortib bormoqda. Ularning yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi 2009 yilda 28,8 foizni tashkil etgan bo’lsa, 2010 yilda bu ko’rsatkich 34,4 foiz, 2011 yilda 35,9 foizga etdi. Jumladan, qurilishda 64,9, savdoda 48,7, aholiga pullik xizmat ko’rsatish sohasida 54,5, yo’lovchi tashishda 66,6, qishloq xo’jaligida esa 96,5 foizni tashkil etdi.5

Qishloq xo’jaligi sohasida fermerlik harakatining keng joriy etilishi viloyat dehqonlari, chorvadorlari etishtirayotgan mahsulotlar soni va salmog’ining muntazam ravishda ortib borishiga zamin yaratdi. Navoiydek iqlimi murakkab hududda erta bahordan erga urug’ qadab, to kech kuzgacha dalasida fidokorona mehnat qiladigan mirishkorlar yig’ib olayot- gan hosilning cho’g’i ham chakki bo’lmayapti. 2011 yilda viloyatda etishtirilayotgan yalpi qishloq xo’jaligi mahsulotlari salmog’i 2010 yildagiga nisbatan 108,2 foizga o’sdi. Jumla­dan, so’nggi uch yilda viloyatda davlatga paxta va g’alla sotish shartnomaviy rejasi ortig’i bilan bajarilib kelmoqda. Viloyatda 2011 yilda 105 ming tonnadanortiq paxta, 233 ming tonnadan ortiq g’alla etishtirildi.

Viloyatning bepoyon dashtu dalalarida fidokorona mehnat qilayotgan cho’pon- cho’liqlarning moddiy manfaatdorligini oshirish, uzoq ovullarda ham insonlarning ishlashi, dam olib hordiq chiqarishi uchun zaruriy imkoniyatlarni hozirlash masalasiga alohida e’tibor berilyapti. Bu e’tibor-g’amxo’rliklar esa besamara ketmayapti. Viloyatda yirik shoxli mollar, qo’y-echkilar, otlar, parrandalar bosh soni muntazam oshib boryapti, shunga mos tarzda go’sht, sut, tuxum, qorako’l teri, jun va boshqa qishloq xo’jaligi mah­sulotlari tayyorlash sur’ati o’smoqda.

Manba: “Navoiy-otmishi qadim, kelajagi nurli diyor” kitobi.

MAQOLANI MASHHUR QILISHGA HISSANGIZNI QO'SHING

G'olib Avezov

Navoiy viloyati bizning vatanimiz, bu yerda tug'ildik, o'sdik va bilim oldik. Vatanimiz bizga juda ko'p narsalar berdi. Endi esa biz vatanimizga beraylik. Uni rivojlanishi uchun har birimiz o'z hissamizni qo'shaylik.

Buni ham o'qing

cfs-53o8I3aNttfjLAUV0zVxbFhluqBm

Navoiyda Xitoylik investorlar tashrif buyurdi

Бир гуруҳ хитойлик инвесторлар Навоий вилояти Учқудуқ туманидаги “Жаман каскир”, “Айтим”, “Сариктау” ва “Акташ” конларида ...

Fikr bildirish

Sizning email manzilingiz oshkor qilinmaydi. Majburiy bo'limlar * bilan belgilangan

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>