2017/11/18 1:57:15

Navoiy EIIZ investorlar uchun qulay sharoit

loading...

fiezViloyatda jahon standartlariga javob beradigan va jahon bozorlarida talab qilinadigan mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlaydigan, zamonaviy yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni tashkil etish

uchun xorijiy investitsiyalarni, birinchi galda to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, Navoiy viloyatining sanoat salohiyatini, ishlab chiqarish, transport-tranzit va ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 2 dekabrda PF-4059-sonli Farmoni qabul qilindi.

Mazkur farmonga ko‘ra “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zona hududida xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining asosiy yo‘nalishi — zamonaviy xorijiy yuqori unumli asbob-uskunalar va texnika, texnologik liniyalar va modullar, innovatsiya texnologiyalarini joriy etish hisobiga yuqori texnologiyali, jahon bozorlarida raqobatbardosh mahsulotlarni keng ko‘lamda ishlab chiqarishdan iborat etib belgilandi.

”Navoiy” erkin iqtisodiy-industrial zonasi (EIIZ)ni tashkil qilish konsepsiyasidan va tanlangan ustuvorliklardan kelib chiqqan holda, “Navoiy” erkin iqtisodiy-industrial zonasi (EIIZ)da quyidagi tarmoqlar va yo‘nalishlardagi korxonalar joylashtiriladi:

- Elektrotexnika mahsulotlarini ishlab chiqarish;

- Telekommunikatsiya asbob-uskunalarini ishlab chiqarish;

- Mashinasozlik, o‘lchagich asbob-uskunalari va butlovchi qismlarni ishlab chiqarish;

- Dori-darmon mahsulotlari va tibbiy jihozlarni ishlab chiqarish;

- Oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash va qadoqlash;

- Plastik va polimer buyumlarni ishlab chiqarish.

fiez3«Navoiy» erkin industrial-iqtisodiy zonada ro‘yxatdan o‘tgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar ularga kiritilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar hajmi quyidagicha bo‘lgan taqdirda yer solig‘i, mulk solig‘i, daromad solig‘i, obodonchilik va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i, yagona soliq to‘lovi (kichik korxonalar uchun), Respublika yo‘l jamg‘armasi va Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasiga majburiy to‘lovlardan ozod etilgan:

- 3 million yevrodan 10 million yevrogacha — 7 yilga;

- 10 million yevrodan 30 million yevrogacha — 10 yilga. Keyingi 5 yil davomida foyda solig‘i va yagona soliq to‘lovi hajmi amaldagi stavkadan 50 foiz miqdorida belgilanadi;

- 30 million yevrodan ortiq bo‘lganda — 15 yilga. Keyingi 10 yil davomida foyda solig‘i va yagona soliq to‘lovi hajmi amaldagi stavkadan 50 foiz miqdorida belgilanadi.

fiez4EIIZda ro‘yxatga olingan xo‘jalik yurituvchi subyektlar EIIZ faoliyat ko‘rsatadigan butun muddatga eksportga yo‘naltirilgan mahsulot ishlab chiqarish maqsadida mamlakatga olib kelinayotgan asbob-uskunalar, shuningdek, xom ashyo, materiallar va butlovchi qismlar bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlardan tashqari) ozod qilinadi.

O‘zbekistonning ichki bozorlarida sotish uchun mo‘ljallangan mahsulotni ishlab chiqarish maqsadida mamlakatga olib kiriladigan xom ashyo, materiallar va butlovchi qismlar uchun bojxona to‘lovlari, agar qonun hujjatlarida boshqa imtiyozli tartib ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, belgilangan stavkalarning 50 foizi miqdorida (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlardan tashqari) undiriladi, bunda ularni to‘lash muddati 180 kungacha kechiktirilishi mumkin.

Qayd etilgan imtiyozlardan foydalangan holda EIIZ hududiga olib kirilgan asbob-uskunalar, xom ashyo, materiallar va butlovchi qismlar sotilgan yoki bepul berilgan taqdirda, bojxona to‘lovlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda byudjetga to‘liq hajmda undiriladi.

”Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonada ro‘yxatdan o‘tgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga quyidagilar ruxsat etiladi:

ular o‘rtasida tuzilgan shartnomalar va kontraktlar bo‘yicha hisob-kitob va to‘lovlarni EIIZ hududida xorijiy valyutada amalga oshirish;

fiez5O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lgan boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan yetkazib berilgan tovarlar, bajarilgan ish va xizmatlarning haqini erkin almashtiriladigan valyutada to‘lash;

eksport va import qilinadigan tovarlar uchun haq to‘lash va hisob-kitob qilishning ularga qulay shartlari va shakllaridan foydalanish.

“Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonada ro‘yxatga olingan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi soliq qonunchiligining soliq to‘lovchilar ahvolini yomonlashtiruvchi hujjatlari tatbiq etilmasligi belgilab qo‘yilsin, aksiz solig‘iga tortiladigan tovarlarning soliqqa tortilishini tartibga soluvchi hujjatlar bundan mustasno.

MAQOLANI MASHHUR QILISHGA HISSANGIZNI QO'SHING

G'olib Avezov

Navoiy viloyati bizning vatanimiz, bu yerda tug'ildik, o'sdik va bilim oldik. Vatanimiz bizga juda ko'p narsalar berdi. Endi esa biz vatanimizga beraylik. Uni rivojlanishi uchun har birimiz o'z hissamizni qo'shaylik.

Buni ham o'qing

qiziltepa

Qiziltepa tumani qishloq xo‘jaligi va sanoati

Tuman iqtisodining eng muhim tarmog‘i bo‘lgan qishloq xo‘jaligida jiddiy islohotlar amalga oshirildi. Davlat va jamoa ...

Fikr bildirish

Sizning email manzilingiz oshkor qilinmaydi. Majburiy bo'limlar * bilan belgilangan

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>