2017/12/12 11:54:28

Navoiy Davlat Pedagogika Institutining tarixini bilasizmi?

loading...

ndpiNizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika institutining Navoiy filiali sobiq SSSR Ministrlar Sovetining 1983 yil 25 iyuldagi № 1392-sonli Farmoyishi, O‘zSSR Ministrlar Soveti va O‘zbekiston kompartiyasi markaziy komitetining 1983 yil 27 iyuldagi № 455-sonli Qarori bilan tashkil etilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 28 fevraldagi farmoni bilan Navoiy davlat pedagogika instituti maqomi berilgan.
Mustaqillik yillari davomida yurtimizda amalga oshirilgan ishlar bamisoli asrlarga tenglashib, mamlakatimiz qiyofasini, yurtimiz jamolini butunlay o‘zgartirib yubordi. O‘zbekiston Respublikasida yuz berayotgan ulkan o‘zgarishlar barcha sohalarga, shuningdek, oliy ta’lim jarayoniga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda. Eski ijtimoiy munosabatlar shakllarining buzilishi va yangi demokratik hayot tarzining vujudga kelishi shaxsning ijodiy faolligini taqozo qiladi. Ijodkor, faol, mustaqil fikrlovchi shaxsni tarbiyalab voyaga yetkazish uchun oliy ta’limda muhim o‘zgarishlar va qayta qurish hayotiy zarurat bo‘lib qolmoqda. Shu boisdan oliy maktabda tub o‘zgarish yasash, faol, ijodkor, aql-zakovatli, ziyoli mutaxassislarni tayyorlashning ilmiy asoslarini yaratish qator fanlarning vazifasi bo‘lib hisoblanadi. Institutda ta’lim sifatini oshirish, o‘quv jarayoni va o‘quv uslubiy faoliyatini modernizatsiyalash hamda innovatsion texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha asosiy yo‘nalishlar belgilab olingan. Bunda ta’lim bosqichlarining o‘zaro mazmunan bog‘liqligi, uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash; oliy ta’limda o‘quv jarayonini tashkil etishning ilg‘or interaktiv pedagogik texnologiyalarni joriy qilish; malakaviy amaliyot bazalari va dasturlarini yangilash, bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyalari mavzularini yangilash va ekspertizadan o‘tkazish; interaktiv pedagogik texnologiyalarni joriy etishda professor-o‘qituvchilarining kompyuter va Internetdan foydalanish bo‘yicha savodxonligini oshirish va institutning axborot resurs va kommunikatsion ta’minotini yanada rivojlantirish kabi vazifalar asosiy yo‘nalishlar tarkibiga kiritildi.
Axborot texnologiyalarini o‘quv jarayoniga tadbiq etish, elektron axborot resurslarini yaratish maqsadida barcha fanlardan elektron ma’ruza matnlari yaratilib institut kutubxonasi qoshida tashkil etilgan elektron kutubxonada talabalarni mustaqil shug‘ullanishlari uchun topshirildi. Shuningdek institut professor-o‘qituvchilari va respublikamiz yetakchi oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlikda yaratilgan 113 ta elektron darslik va multimediali laboratoriya ishlari va 388 ta ma’ruza matnlarining elektron versiyalaridan o‘quv jarayonida to‘liq foydalanishga taqdim etilgan. Hozirgi kunda ushbu jarayon ya’ni barcha o‘quv fanlaridan ma’ruza matnlarining elektron versiyalarini “ZiyoNET” axborot tarmog‘iga kiritishni bochqichma-bosqich amalga oshirish rejaga asosan olib borilmoqda. Hozirgi kunda mavjud kompyuterlar soni 368 ta bo‘lib, 284 tasi yoki 23 ta kompyuter sinfi va 104 ta shaxsiy kompyuterlar to‘liq o‘quv jarayoni uchun foydalanilmoqda, institutda ichki lokal tarmoq mavjud bo‘lib unga 302 ta kompyuterlar o‘zaro bog‘langan hamda internetdan foydalanish imkoniyati yaratilgan. Institut ARMda 3 ta kompyuter sinfi mavjud bo‘lib, ulardagi 33 ta kompyuter internetga va “ZiyoNET” tarmog‘iga ulangan.
Barcha ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar bo‘yicha DTS, Namunaviy o‘quv dasturlari va ishchi o‘quv dasturlarining muvofiqligi ta’minlandi. Fan dasturlarida keltirilgan adabiyotlardan mazmunan va ma’naviy eskirgan adabiyotlar chiqarib tashlandi. Adabiyotlar ro‘yxatiga yangi avlod adabiyotlari va institut Axborot resurs markazida mavjud elektron darsliklar, boshqa o‘quv adabiyotlari hamda ma’ruza matnlari kiritildi. Ishchi o‘quv dasturlarining yagona talab asosida (mavzu bo‘yicha pedagogik va axborot texnologilarini hamda texnika vositalarni ko‘rsatgan holda) rasmiylashtirilishiga erishildi.
Kadrlar tayyorlash sifatini ta’minlashga hamda o‘quv jarayoniga yangi innovatsion ta’lim texnologiyalarini joriy etishga qaratilgan o‘quv-uslubiy seminarlar tashkil etib borildi.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2011 yil 28 noyabrdagi “ZiyoNET” tarmog‘i axborot resurslarini rivojlantirish va ekpertizadan o‘tkazish bilan bog‘liq chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 283-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining “ZiyoNET” tarmog‘iga hozirgi paytda 100 dan ortiq turdagi ma’lumotlar joylashtirildi.
Jumladan: O‘quv-uslubiy majmualar, ma’ruza matnlari, maqolalar, taqdimotlar, referatlar, konferetsiya dasturlari, tadbirlar (tarixiy sanalar va bayram tadbirlari). O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim vazirligining 15.10.2011 yildagi 87-01/1-166- sonli modemogrammasi 2-shakliga asosan institutda 327 ta fandan o‘quv-uslubiy majmualar yaratilib, institut o‘quv ta’lim resurslari va dasturiy ta’minotni tadbiq etish bo‘limi va institut ARMga qog‘oz va elektron variantlari topshirildi. Hozirgi paytda talabalar va professor-o‘qituvchilarning ulardan foydalanishi uchun elektron variantlari institut saytiga va ARM kompyuterlariga to‘liq joylashtirildi. professor-o‘qituvchilarning pedagogik mahorati va ilmiy salohiyati Jami professor-o‘qituvchilar 434 nafar, shundan o‘zbeklar – 402, qoraqalpoqlar – 7, ruslar – 1, ukrainlar – 1, tatarlar – 2, tojiklar – 2, qirg‘iz -1, qozoqlar – 14, ozarbayjonlar – 1, koreys – 2, arab – 1 nafarni tashkil etadi.
Jami talabalar soni – 6139 nafar, shu jumladan o‘zbeklar – 5598, qoraqalpoqlar – 90, ruslar – 18, ukrainlar – 1, tatarlar – 40, tojiklar -7, turkmanlar – 4, qozoqlar – 368, ozarbayjonlar -1, koreys -1, turklar -3, arablar -5, bashkir -1, lachka -1 nafarni tashkil etadi.

O‘quv jarayoni
Institut fakultetlari dekanlari va kafedra mudirlarining O‘zbekiston milliy universitetida tashkil etilgan namunaviy dekanat va kafedra namunasiga bag‘ishlangan seminarida ishtirok etishi ta’minlangan. Kafedralar O‘zbekiston milliy universitetida tashkil etilgan namunaviy dekanat va kafedra namunasiga mos jihozlanishi va normativ xujjatlar bilan ta’minlanishi borasida qator ishlar amalga oshirilgan. Institutdagi mavjud 19 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va 10 ta magistratura mutaxassisliklar bo‘yicha o‘quv-me’yoriy hujjatlar barcha ta’lim yo‘nalishlarining DTS va namunaviy o‘quv rejalari (2-4 kurs talabalari uchun) Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2008 yil 24 iyuldagi “Oliy ta’lim yunalishlari va mutaxasisliklari bo‘yicha takomillashtirilgan davlat ta’lim standartlari va o‘quv rejalarni tasdiklash to‘g‘risida”gi 191-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan. Mazkur DTS va namunaviy o‘quv rejalari asosida barcha ta’lim yo‘nalishi va magistratura mutaxassisliklari uchun ishchi o‘quv rejalar ishlab chiqildi va institut Ilmiy kengashining 2011 yil 28 avgust kuni o‘tkazilgan 1-sonli kengaytirilgan yig‘ilishida tasdiqlangan hamda ta’lim jarayoniga tadbiq etildi.
2011/2012 o‘quv yilidan Yangilangan Klassifikatorga muvofiq tashkil etilgan oliy ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarining 1-bosqich talabalari uchun DTS va namunaviy o‘quv rejalar O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2011 yil 16 sentyabrdagi “Yangilangan Klassifikatorga muvofiq ishlab chiqilgan oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarining Davlat ta’lim standartlari va o‘quv rejalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 387-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan. Ular asosida ToshDPU bilan kelishgan holda 19 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va 7 ta magistratura mutaxassisliklarining ishchi o‘quv rejalari ishlab chiqildi va 2011 yil 28 sentyabr kuni o‘tkazilgan institut Ilmiy kengashining 2-sonli yig‘ilishida tasdiqlandi hamda birinchi bosqich yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklariga tadbiq etildi.
Tasdiqlangan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarining Davlat ta’lim standartlari va o‘quv rejalari asosida ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarining har bir fani bo‘yicha o‘quv-uslubiy majmualari va fan dasturlari yangilandi.
Yangilangan oliy ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarining Klassifikatori asosidagi DTS bo‘yicha tayyorlangan va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2011 yil 17 noyabrdagi “Vazirlikning 2011 yil 17 sentyabrdagi 392-sonli buyrug‘iga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” gi 467-sonli buyruqning 2-ilovasi bilan tasdiqlangan namunaviy fan dasturlari asosida barcha ta’lim yo‘nalishlarining 1 bosqich fanlari bo‘yicha ishchi fan dasturlari ishlab chiqilgan hamda 2011 yil 29 noyabrda o‘tkazilgan o‘quv-uslubiy kengashda tasdiqlandi. Ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarining har bir fani bo‘yicha yangilangan fan dasturlari va o‘quv-uslubiy majmualar asosida ta’limning yangi axborot va pedagogik texnologiyalarini qo‘llagan holda mashg‘ulotlar olib borildi.
Ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarining har bir fani bo‘yicha o‘quv-uslubiy majmualar tayyorlash o‘tgan 2010/2011 o‘quv yilida 60 %ga yaqin fanlardan tayyorlangan bo‘lsa joriy 2013/2014 o‘quv yilida 90 %dan ko‘proq fanlardan ishlab chiqildi va ta’lim jarayoniga tadbiq qilindi.
“O‘zbekiston tarixi”, “Informatika va AT”, “Psixologiya” “O‘zbek tilshnosligi”, “Umumiy tarix”, “Fizika o‘qitish metodikasi”, “Kimyo o‘qitish metodikasi” kafedralarda 100 % fanlardan to‘liq o‘quv-uslubiy majmualar yangi innovatsion ta’lim texnologiyalari asoslangan holda tayyorlangan holda ARM va ta’lim tarmog‘iga joylashtirilgan.
Institut kafedralarida o‘quv jarayoniga kompyuter texnologiyasidan foydalanib pedagogik texnologiyalar asosida ma’ruza va laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazish keng yo‘lga qo‘yildi.
Yangi pedagogik va axborot texnologiyalarning joriy etish yuzasidan 2013/2014 o‘quv yilida “Umumiy pedagogika” va “Informatika va AT” kafedralarining yetakchi professor-o‘qituvchilari tomonidan o‘quv-uslubiy seminarlar tizimli ravishda tashkil etib borildi.
Institutda o‘quv jarayoniga ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy etish ishlarida pedagogika va informatika kafedrasi yetakchilik qilmoqda. Pedagogika kafedrasining metodist olimlari tomonidan insert, breynshtorming, klaster, sinkveyn, keys pinboard, aqliy hujum va boshqa ko‘plab interfaol metodlardan o‘quv jarayonida foydalanishni yo‘lga qo‘yish maqsadida uslubiy seminarlar tashkil etildi. Bu borada olib borilayotgan ishlar institutning pedagogika, o‘zbek filologiyasi, tarix, fizika va matematika fakultetlarida yaxshi yo‘lga qo‘yilgan.

Moddiy texnik ta’minot
Auditoriya, kabinetlar, o‘quv xonalari videoproyektor, kodoskop, epidioskop bilan ta’minlangan. Institutning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, rivojlantirish va eng zamonaviy talablar darajasiga keltirish maqsadida zamonaviy o‘quv va laboratoriya uskunalari, axborot texnologiyalari va kommunikatsiya jihozlari, darsliklar va o‘quv uslubiy materiallar, xususan, elektron axborot-ta’lim resurslari, o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlash maqsadida: barcha binolar zamon talablariga mos ravishda zarur o‘quv laboratoriya jihozlari bilan ta’minlandi.
Institutda mavjud barcha o‘quv laboratoriya xonalari atroflicha o‘rganilib, ularga kerakli bo‘lgan laboratoriya jihozlari Samarqand va Toshkent oliy o‘quv yurtlaridan shartnoma asosida olib kelinib, to‘liq jihozlandi.
Laboratoriya xonalari 16 ta, lingafon sinflari 2 ta, (laboratoriya jihozlari bilan ta’minlanganlik 86%).
Kompyuter sinflari soni 25, kompyuterlar soni 470 (1 kompyuterga 12 nafar talaba to‘g‘ri keladi), internetga ulangan kompyuterlar soni 338 tani tashkil etadi.
Ta’limda marketing xizmatlari
O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida», «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida» va «Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida»gi Qonunlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 28 yanvardagi «Ta’lim xizmatlari ko‘rsatish bozorini shakllantirish va kadrlar tayyorlash sohasida marketingni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 48-sonli qarori oliy ta’lim tizimida marketing xizmatini tashkil etishning huquqiy-me’yoriy asoslarini belgilab bergan me’yoriy hujjatlar asosida Navoiy davlat pedagogika institutining Marketing bo‘limi ham ish faoliyatini olib bormoqda.

Marketing bo‘limining maqsad va vazifalari:
-OTMda tayyorlanayotgan oliy malakali kadrlarga korxona, muassasa va tashkilotlarning ehtiyojini o‘rganish asosida ma’lumotlar bankini shakllantirish;
– Tayyorlanayotgan kadrlar sifatini oshirishga taalluqli dolzarb masalalarni Ilmiy kengashlarda muhokamaga qo‘yish uchun kiritish, bu borada oliy ta’lim muassasasining tegishli bo‘limlari bilan hamkorlik qilish;
– Ta’lim sohasida bozor munosabatlarini rivojlantirish va takomillashtirishga ko‘maklashish, yosh mutaxassislarga bo‘lgan talab kursatkichlari asosida bitiruvchi bakalavr va magistrlar uchun “real buyurtmalar porfeli”ni shakllantirish;
– OTM joylashgan mintaqa va mamlakatimiz muassasa, korxona va tashkilotlarining kadrlarga bo‘lgan real ehtiyojlari qondirilishiga OTM faoliyatini yo‘naltirish;
– Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida raqobatbardosh kadrlar tayyorlashni ta’minlash va kadrlar salohiyatidan samarali foydalanishni tashkil etish;
– Yosh mutaxassislardan kadrlar iste’molchilarining talab va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda foydalanilishiga ko‘maklashish;
– Iste’molchilarni raqobatbardosh mutaxasssislar bilan ta’minlash bo‘yicha uzoq muddatli va yillik shartnomalar tuzish;
– Kadrlar tayyorlash jarayonida buyurtmachilarning kadrlar sifatiga doir talablarini e’tiborga olinishini ta’minlash;
– Kadrlar tayyorlashda mutaxassislik kafedralari va iste’molchi korxonalar hamkorligiga, amaliyot ishlab chiqarishda tashkil etilishiga erishish;
– Yosh mutaxassislarning mehnat faoliyati, malaka oshirishi va xizmat pog‘onalaridan ko‘tarilishi yuzasidan monitoring olib borish;
– Har yili belgilangan muddatda vazirlikning maxsus komissiyasiga OTMning joriy yildagi bitiruvchilari to‘g‘risida ta’lim yo‘nalishlari (mutaxassisliklar), ishga yo‘llanadigan vazirlik, idora (korxona va tashkilotlar) kesimida shakllantirilgan ma’lumotlarni taqdim etish;
– Mehnat bozori konyukturasini o‘rganish, qabul ko‘rsatkichlariga taklifni iste’molchilarning bitiruvchilarga bo‘lgan real buyurtmalari asosida shakllantirish, qabul, talabalar kontingenti, bitiruvchilarni ishga joylashtirish to‘g‘risidagi respublika ma’lumotlar bazasini tashkil etishga doir hujjatlarni o‘z vaqtida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga taqdim etish;
– Pulli ta’lim xizmatlarini tashkil etish hisobiga bozor iqtisodiyoti sharoitida oliy ta’lim muassasasining raqobatbardoshliligini oshirish, moliyaviy-iqtisodiy barqarorligini ta’minlash, professor-o‘qituvchilar, xodimlar tarkibini ijtimoiy himoya qilishga ko‘maklashish;
– Bitiruvchini ishga taqsimlashda iste’molchilar va mutaxassislik kafedralarining yosh mutaxassis to‘g‘risidagi tavsiya va takliflarini mavjud vaziyatdan kelib chiqqan holda e’tiborga olinishiga erishish.
Institutning har o‘quv yili bitiruvchilarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 2 iyundagi PQ-92-son «2005/2006 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga qabul to‘g‘risida» gi qarorning 6-bandiga muvofiq va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan 2005 yil 6 avgustda 1506-raqam bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan “Kadrlarni davlat granti asosida maqsadli tayyorlash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom asosida va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2005 yil 14 oktabrdagi 225-sonli Davlat grantlari asosida tahsil olgan oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ishga taqsimlash chora-tadbirlarlari to‘g‘risida“gi buyrug‘iga asosan institut rahbariyati va mintaqadagi ta’limni boshqaruv organlari tarkibida bitiruvchilarni ishga taqsimlash bo‘yicha komissiya tuzilib, institut bitiruvchilarini ta’lim muassasalari bo‘yicha ish bilan ta’minlash taqsimoti mintaqadagi ta’limni boshqaruv organlari bilan hamkorlikda o‘tkazilib kelinmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2005 yil 30 noyabrdagi 258-son “Kadrlarni davlat granti asosida maqsadli tayyorlash, qabul va bitiruvchilarga respublika muassasalaridagi ehtiyoj va buyurtmalar asosida tegishli axborot bazasini yaratish bo‘yicha me’yoriy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” gi buyrug‘iga asosan kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlashda har yili viloyat xokimligi iqtisodiyot boshqarmasi, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish boshqarmasi, xalq ta’limi boshqarmasi va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi boshqarmalari bilan hamkorlikda har bir tuman va hududlar bo‘yicha ma’lumotlar bazasi yaratiladi.
NavDPI mintaqadagi ta’limning boshqaruv organlari (Navoiy viloyati XTMFMTTEB va tuman bo‘limlari, Buxoro viloyati XTMFMTTEB va tuman bo‘limlari, Samarqand viloyati XTMFMTTEB va tuman bo‘limlari va Navoiy viloyati O‘MKHTB) bilan hamkorlikda kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni o‘rganish bo‘yicha shartnomalar tuzilgan. Ushbu shartnomalarga asosan mazkur ta’lim muassasalarining 2012-2020 yillar uchun pedagog kadrlarga bo‘lgan ehtiyoji shakllantirilgan.
Davlat grantlari asosida o‘qishga qabul qilingan talabalar bilan o‘qishni tugatgandan keyin taqsimlangan ish joyida kamida uch yil ishlab berish bo‘yicha ikki tomonlama shartnomalar muntazam ravishda tuzib kelinmoqda.
To‘lov – kontrakt asosida o‘qiydigan talabalarga shartnoma to‘lovlarini amalga oshirish uchun uch tomonlama shartnomalar imzolanib, shartnoma to‘lovlarining vaqtida amalga oshirilishi nazorat qilib boriladi.
Marketing bo‘limi ta’lim xizmatlari bozorida oliy ta’lim muassasasi faoliyat ko‘rsatishining aniq strategiyalarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish uchun bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlash va ularni ishga taqsimlash jarayonini iste’molchilar (ish beruvchilar) tomonidan bo‘lg‘usi mutaxassis shaxsiga qo‘yilgan talablarni bajarishga yo‘naltirish hamda bu jarayonga rahbarlik qilish, reklama – axborotni rejalashtirish va uni olg‘a siljitish rag‘batini ta’minlash, bitiruvchilarni ishga taqsimlash va joylashtirishni amalga oshirish hamda ta’lim xizmatlari ko‘rsatishga o‘z vaqtida tayyorgarlik ko‘rish, shartnomalar tuzishni tashkil qilish kabi ishlarni amalga oshirib kelmoqda.

Bitiruvchilarning sifatlarini tahlil qilish
Institutda talabalarning davomati va o‘zlashtirishiga o‘quv yili davomida jiddiy e’tibor qaratildi. Bu boradagi ishlarni va ko‘rsatkichlarni yanada yaxshilash maqsadida o‘quv yili boshida bir qator chora-tadbirlar rejalashtirildi va bu tadbirlarni o‘z vaqtida yuqori saviyada bajarish nazoratga olindi. O‘quv yili davomida institut talabalarining o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etishi o‘rtacha 98,8 % ni tashkil etdi. Talabalarning o‘quv mashg‘ulotlariga qatnashishlarini to‘liq ta’minlash maqsadida institut rektorati va barcha bo‘limlari uyushgan holda tadbirlar olib bordi. Oqsoqollar kengashi tomonidan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2005 yil 28-oktyabrdagi “Ota-onalar kuni”ni tashkil etish to‘g‘risida”gi 230-sonli va institut rektorining 7 sentyabrdagi 171 UMI -sonli buyruqlari asosida “2013-2014 o‘quv yilida ota-onalar yig‘ilishlarini o‘tkazish rejasi” ishlab chiqildi. Rejaga muvofiq fakultetlarda har bir kurs va akademik guruh talabalarining ota-onalari bilan o‘tkaziladigan yig‘ilishlar jadvali ishlab chiqildi. Ota-onalar yig‘ilishlari har 3 (uch) oyda bir marta o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yildi. O‘quv yilida ko‘p dars qoldirgan, alohida muddatda sinovlarni topshirgan talabalarning ota-onalari bilan suhbatlar, tushuntirish ishlari olib borildi. Ko‘rilgan chora-tadbirlar samarasi o‘laroq, joriy o‘quv yilida institut talabalarining o‘quv mashg‘ulotlariga ishtiroki va o‘zlashtirishlarida keskin o‘zgarishlarga erishildi. Talabalar davomati institut o‘quv bo‘limi, ichki nazorat va monitoring bo‘limlari tomonidan qat’iy nazoratga olindi. Nazoratchilar guruhi tomonidan har bir juftlik mashg‘ulotlarda talabalar davomati olinib, kun oxirida o‘quv bo‘limida tahlil qilinib borilmoqda. Har kunlik ma’lumot institut rektoratiga yetkazilib, har hafta shanba kuni haftalik davomat to‘g‘risidagi ma’lumot umumlashtirilib Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tezkor@edu.uz saytiga tizimli ravishda taqdim etib borilmoqda. O‘quv intizomini mustahkamlashda jamoat tashkilotlari, faol talabalarning ishtiroki kuchaytirildi.

Institutning moddiy-texnik bazasi yildan-yilga yaxshilanib bormoqda. Lekin ayrim tabiiy fanlar laboratoriyalari to‘liq zaruriy asboblar bilan ta’minlanmagan. O‘quv xonalarining yetishmasligi ham ko‘zga tashlanadi.

NDPI sayti ma’lumotlari asosida tayyorlandi.

MAQOLANI MASHHUR QILISHGA HISSANGIZNI QO'SHING

G'olib Avezov

Navoiy viloyati bizning vatanimiz, bu yerda tug'ildik, o'sdik va bilim oldik. Vatanimiz bizga juda ko'p narsalar berdi. Endi esa biz vatanimizga beraylik. Uni rivojlanishi uchun har birimiz o'z hissamizni qo'shaylik.

Buni ham o'qing

1

Navbahor yengil sanoat kasb-hunar kolleji bu bilimlar o’chog’i

Navbahor yengil sanoat kasb-hunar kolleji O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 29-oktyabrdagi “Umumiy o‘rta va ...

Fikr bildirish

Sizning email manzilingiz oshkor qilinmaydi. Majburiy bo'limlar * bilan belgilangan

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>