2018/12/10 1:04:21

Navoiy Davlat Konchilik Institutida tanlov o’tkazildi

loading...

konchilikNavoiy davlat konchilik institutining talabalar turar joyida Energo-mexanika fakulteti «Texnologik jarayonlar va ishlab chikarishni avtomatlashtirish va boshqaruv» kafedrasi “Informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchilari Sh.N.Nosirova, M.R.Ishmamatov, Z.U.Tursinboyeva, S.D.Murodova, D.A.Abdullayevalar tomonidan institutning 3 ta fakulteti Kimyo metallurgiya fakultetining «Axborot» guruxi, Energo-mexanika fakultetining «Antivirus» guruxi, hamda Konchilik fakultetining «Internet» guruxi talabalari orasida «Informatika va axborot texnologiyalari» fanidan bilimlar bellashuvi tashkil etildi.
Tadbirni institutning ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori X.A.Axmedov ochib, Prezidentimiz Islom Karimovning «Biz hayot hech qachon bir joyda to‘xtab turmasligini, albatta, yaxshi anglaymiz. Agarki biz XXI asrda, tobora avj olayotgan globallashuv jarayonlari, Internet va intellektual taraqqiyot hal qiluvchi rol o‘ynayotgan bir davrda yashayotganimizni hisobga oladigan bo‘lsak, hayotimiz naqadar shiddatli sur’atlar bilan o‘zgarib borayotganini, ayniqsa, chuqur his qilamiz» degan so‘zlari bilan boshlab, tadbirning ahamiyati haqida to‘xtalib o‘tdilar. Bu fanni bilish yoshlar oldiga juda ko‘p ma’suliyatli vazifalarni qo‘yishini, kelajakdagi ish faoliyatini rivojlantirishga ko‘mak berishini bildirdi va talabalarni bellashuv shartlari bilan yana bir bor tanishtirib, ularga muvaffakiyat tiladi. slide3
Munozara va bahslar asosida birinchi kism qur’a tashlash asosida «Axborot» guruxi talabalari tomonidan takdimot asosida tanishtiruv kismini boshlab berdi.
Tanishtiruv qismini «Antivirus» guruxi talabalari tomonidan tayyorlangan dasturi juda qiziqarli, ommabop va ma’naviy-ma’rifiy hamda bilim sohalarini qamrab olganligi, videolavhalardan parchalar, I.A.Karimovning yoshlarga oid fikr muloxazalarni aynan keltirishlari bilan barchada a’lo taasurot qoldirdi va hakamlar hay’ati tomonidan a’lo baxolandi.
Tadbirning qolgan rejalaridagi har bir ijodiy ishlari talabalar tomonidan maxsus tayyorgarlik asosida o’tkazib borildi.
Unda talabalar ijodiy ishlarini «Talabaning bir kuni» deb nomlaganliklari hamda ularga doir ijodiy ishlar kompyuter texnikasi asosida chiroyli tasvirlarda Adobe Photoshop dasturi vositasida yurtimizdagi bunyodkorlik, obodonlashtirish, yoshlarimizga berilgan yuksak ishonchning berilganligi, ijtimoiy hayotda ijobiy natijalarga erishilganligi, bu Vatanni kelajagi barqaror rivojlanish chuqur bilim va yuksak iste’dodli yoshlarimiz qo‘lida ekanligini foto tasvirlarda namoyish qilishga xarakat qilindi. Bu shart bo‘yicha 3 ta gurux tomonidan tayyorlangan ijodiy ishlar hakamlar tomonidan nazorat qilib turildi.slide1
Talabalarning chiroyli chiqishlari, turli sahna ko‘rinishlari va she’rxonlik bahslari yakunida barcha nominatsiyalar e’lon qilindi.
“Eng yaxshi taqdimot” nominatsiyasi Energo-mexanika fakultetining «Antivirus» guruxiga, “Eng yaxshi grafika” nominatsiyasi Konchilik fakultetining «Internet» guruxiga, “Eng yaxshi ma’lumotlar bazasi” nominatsiyasi esa Kimyo metallurgiya fakultetining «Axborot» guruhiga berildi. Faol ishtirok etgan talabalar “Kamolot” yoshlar harakatining faxriy yorliqlari bilan taqdirlandi.

MAQOLANI MASHHUR QILISHGA HISSANGIZNI QO'SHING

G'olib Avezov

Navoiy viloyati bizning vatanimiz, bu yerda tug'ildik, o'sdik va bilim oldik. Vatanimiz bizga juda ko'p narsalar berdi. Endi esa biz vatanimizga beraylik. Uni rivojlanishi uchun har birimiz o'z hissamizni qo'shaylik.

Buni ham o'qing

720_420_58409f182406b

Joriy yil Navoiy davlat konchilik institutini 631 nafar bakalavr tamomladi

Navoiy davlat konchilik institutida “Oq yo‘l sizga, bitiruvchilar!” deb nomlangan tadbir o‘tkazildi. Unda professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar ...

Fikr bildirish

Sizning email manzilingiz oshkor qilinmaydi. Majburiy bo'limlar * bilan belgilangan

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>