2018/10/17 4:59:20

Navoiy arxitektura va qurilish kasb-hunar kolleji nufuzli kollejlardan biri sanaladi

loading...

Navoiy arxitektura va qurilish kasb-hunar kolleji 1971 yil Navoiy shahridagi ilk o‘quv maskanlaridan biri sifatida o‘z faoliyatini boshlagan. Uzoq yillar davomida mazkur bilim yurti qurilish sohasi uchun bir qator yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislar yetkazib bergan.

1999 yilda Navoiy qurilish kasb-hunar kollejiga aylantirilgan. O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi Markazining 2004 yil 11 noyabrdagi «Kasb-hunar kollejlari nomini o‘zgartirish to‘g‘risida»gi 243 sonli buyrug‘iga asosan Navoiy industrial-iqtisodiyot kollejiga aylantirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 3 iyundagi 2015/2016 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida”gi 145-sonli, Navoiy viloyat hokimining 2015 yil 8 iyundagi Q-95-sonli, Navoiy shahar hokimining 2015 yil 10 iyundagi Q-287/06-sonli qarorlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining 2015 yil 5 iyundagi 170-sonli, Navoiy viloyat o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasining 2015 yil 9 iyundagi 220-sonli buyruqlariga asosan Navoiy arxitektura va qurilish kasb-hunar kollejiga aylantirildi.

Ko‘rsatkichlar birligi soni
1 O‘quv yurti sigimi Ukuvchi urni 720
2 Binolar dona 4
3 O‘quv binosi dona 1
4 O‘quv xonalari dona 25
5 O‘quv amaliyeti va ishlab chiqarish binosi dona 1
6 Ustaxonalar dona 16
7 Sport majmuasi dona 3
8 Qishgi sport zali Kv.m 288
9 Yezgi sport maydonchasi Kv.m 600
10 Majlislar zali O‘quvchi o‘rni 225
11 Kutubxona O‘quvchi o‘rni 120
12 Yotoqxona O‘quvchi o‘rni 180
13 Oshxona O‘quvchi o‘rni 180

Navoiyarxitektura va qurilish kasb-hunar kollejida qo‘yidagi yo‘nalishlar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlab kelinmoqda.

Yo‘nalishlar Yo‘nalishlar
1 Umumkurilish ishlari 7 Transportlarda tashish va boshkarishni tashkil etish
2 Metallarga ishlov berish mexanigi 8 Sanitariya tozalash maxsus mashina va ta’mirlash buyicha texnik-mexanik
3 Suv, gaz ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini montaj kilish va ta’mirlash 9 Kompyuter va kompyuter tizimlarini sozlash va ta’mirlash texnigi
4 Avtomobillarga texnik xizmat kursatish bo‘yicha texnik-mexanik 10 Kimyoviy texnologiya va ishlab chiqarish
5 Tikuv va tikuv trikotaj buyumlarini ishlab chiqarish texnik-texnologi 11 Elektrstansiyalar, elektr jixozlar va elektrkurilmalarini montaj qilish, xizmat kursatish va ta’mirlash texnik-elektrigi
6 Bino va inshootlar bo‘yicha texnik-arxitektor    

Kollejda yoshlarni tahsil olishlari, o‘z sohasi bo‘yicha mehnat bozoriga moslashuvchan, raqobatbardosh kadrlar bo‘lib yetishishlari uchun barcha shart-sharoitlar mavjud.

Kollejda 15 ta umumta’lim fan, 5ta maxsus fan xonalari, 5 ta lingafon xonalari, 3 ta kompyuter xonalari, 16 ta ustaxona, sport zali, kutubxona, yotoqxona, sport maydonlaridano‘quvchilarga ta’lim va tarbiya berishda foydalanilmoqda. 

Avtomobil tuzilishi xonasi, Elektrotexnika tajriba xonasi, fizika, ximiya, biologiya laboratoriya xonalari, lingafon xonalari, informatika xonasi jami bo‘lib, 112 mln 215 mingsumlik jixozlar bilan ta’minlangan.

Yoshlarni har tomonlama yetuk va komil inson bo‘lib yetishishlari uchun kollejdagi barcha xonalar yangi jihoz va uskunalar bilan to‘liq ta’minlangan.

Mahalliy byudjet hisobidan olingan jihozlar 215 mln. so‘mlikni tashkil etadi.

Kollejimizdao‘quvchilar orasida o‘tkazilayotgan madaniy-ma’rifiy tadbirlarning mazmundorligiga e’tibor qaratish har bir o‘tkaziladigan tadbirning o‘quvchilar ongiga ijobiy ta’sir etishiga erishish maksadida puxta ssenariylarga asosan ishlar amalga oshirilmoqda.

O‘quvchilarni dunyoda va Respublikamizda sodir bo‘layotgan siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy, ma’rifiy, madaniy va sport yangiliklari bilan tanishtirish maqsadida «Axborot guruxi» tashkil etilgan. «Axborot guruxi» chorshanba kuni o‘tkaziladigan tarbiyaviy soatlarning 45 minutlik axborot soatlariga axborot varaqalarini yetkazib turibdi. Kollejda gurux raxbarligidan tashqari har bir o‘qituvchi-pedagog muxandis va fan o‘qituvchilariga 10 nafardan o‘quvchi murabbiylik qilish uchunbiriktirilgan, ularga biriktirilgan o‘quvchilar asosan o‘zlari yashaydigan hudud atrofida istiqomat qiluvchi o‘quvchilar hisoblanadi. Murabbiylarimiz bu o‘quvchilarning darsdan tashqari vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, to‘garaklarga ishtirokini ta’minlash, ularning ona-otalari bilan suhbat qurish, davomati, o‘zlashtirishini nazorat ostiga oladilar.

«Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati Navoiy shahar bo‘limi Kengashi huzuridagi Navoiy industrial – iqtisodiyot kollejining Boshlang‘ich tashkiloti yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ular o‘rtasida sodir etilayotgan turli xil huquqbuzarliklarni oldini olish, oilada tibbiy madaniyatni rivojlantirish, Ona Vatanga bo‘lgan muhabbatini onglariga chuqurroq singdirish, yoshlar o‘rtasida huquqiy ta’lim tarbiyani takomillashtirish, jamiyatda qonun ustuvor bo‘lishiga erishish, huquqiy –demokratik davlat barpo etishda yoshlarni ishtirokini ta’minlashmaqsadida bir kancha tadbirlarni amalga oshirdi, jumladan:

«Vatan ximoyachilari kuni»ga bag‘ishlab «O‘zbegim o‘g‘lonlari» ko‘rik -tanlovi, «Narkomaniya, toksikomaniya, alkogolizm, SPID va sil kasalliklariga karshi kurash» mavzusida davra suxbati xamda «Respublika xududida yoshlar urtasida narkotik moddalarning tarkalishini oldini olish» mavzusida ochik mulokot, yoshlar o‘rtasida sportning karate turini ommalashtirish va targ‘ib etish, O‘MKXT o‘quv yurtlari o‘rtasida do‘stona aloqalarni o‘rnatish maqsadida yoshlar o‘rtasida Karate bo‘yicha Navoiy viloyati ochiq birinchiligi o‘tkazildi. Kollejimiz «Femida» jamoasi «Siz konunni bilasizmi?» Respublika kurik-tanlovining Navoiy shaxar boskichida faxrli I- o’rinni egallab viloyat boskichiga yo’llanmani qo‘lga kiritdi.

MAQOLANI MASHHUR QILISHGA HISSANGIZNI QO'SHING

G'olib Avezov

Navoiy viloyati bizning vatanimiz, bu yerda tug'ildik, o'sdik va bilim oldik. Vatanimiz bizga juda ko'p narsalar berdi. Endi esa biz vatanimizga beraylik. Uni rivojlanishi uchun har birimiz o'z hissamizni qo'shaylik.

Buni ham o'qing

1

Navbahor yengil sanoat kasb-hunar kolleji bu bilimlar o’chog’i

Navbahor yengil sanoat kasb-hunar kolleji O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 29-oktyabrdagi “Umumiy o‘rta va ...

Fikr bildirish

Sizning email manzilingiz oshkor qilinmaydi. Majburiy bo'limlar * bilan belgilangan

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>