2017/08/16 6:21:30

Navbahor yengil sanoat kasb-hunar kolleji bu bilimlar o’chog’i

loading...

1Navbahor yengil sanoat kasb-hunar kolleji O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 29-oktyabrdagi “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limiga izchil o‘tishni ta’minlashga doir qo‘shimcha chora

tadbirlar to‘g‘risida”gi № 473-sonli qarori, Navoiy viloyati hokimining 17-iyul 2007 yildagi Q-155-sonli qarori, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi Markazining 2007 yil 7-martidagi “Kasb-hunar kollejlarini tashkil etish tug‘risida”gi №34-sonli buyrug‘i, Navoiy viloyat o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasining 10-mart 2007 yildagi №31-sonli buyruqlari asosida tashkil etilgan.

Kollejning umumiy quvvati 555 o‘rinli bo‘lib, jami 619 nafar o‘quvchi talim-tarbiya oladi, shundan 331 nafari qizlar.

Navbahor pedagogika kolleji 2011 yil iyul oyidan boshlab viloyat hokimining 25.07.2011 yildagi № Q-141 qarori va O‘zbekiston Respo‘blikasi oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi vazirligining 23.07. 2011 yil 156 sonli hamda tuman hokimining 26.06.2011 yildagi 454-q sonli qaroriga asosan Navbahor yengil sanoat kasb-hunar kolleji deb nomlangan

Navbahor yengil sanoat kasb-hunar kollejida 5 yo‘nalish bo‘yicha o‘quvchilarga bilim beriladi.

1. Transportlarda tashish va boshqarishni tashkil etish (avtomobil transporti) texnigi

2. Avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha texnik-mexanik

3. Kompyuter va kompyuter tizimlarini sozlash va ta’mirlash texnigi

4. To‘qimachilik ishlab chiqarish texnik-texnologi

5. Tikuv va tikuv-trikotaj buyumlarini ishlab chiqarish texnik-texnologi

Kollejning umumiy yer maydoni 4,5 ga teng bo‘lib talabalar uchun hozirgi zamon talablariga to‘liq javob bera oladigan barcha sharoitlar mavjud. Unda bitta o‘quv binosi bo‘lib 100 o‘rinli majlislar zali, sport inshoatlari va maydonchalar hamda boshqa yordamchi binolar, ustaxona joylashgan.uquv binosi – 1 ta I va III –qavatli, yangi ta’mirlangan. Sport zali 18×36 m o‘lchamli bo‘lib, unda 20 ta umumta’lim fanlar va 20 ta maxsus fanlardan to‘garaklar tashkil etilgan va ular kollej o‘quvchilari hamda mahalla yoshlari uchun faoliyat yuritmoqda.

Kollejda alohida bitta tibbiy xona ajratilgan bo‘lib, barcha kerakli jihozlar bilan ta’minlangan.

MAQOLANI MASHHUR QILISHGA HISSANGIZNI QO'SHING

G'olib Avezov

Navoiy viloyati bizning vatanimiz, bu yerda tug'ildik, o'sdik va bilim oldik. Vatanimiz bizga juda ko'p narsalar berdi. Endi esa biz vatanimizga beraylik. Uni rivojlanishi uchun har birimiz o'z hissamizni qo'shaylik.

Buni ham o'qing

2

Nurota qishloq xo‘jalik kasb-hunar kolleji bu-olisdagi nurli maskan

Nurota qishloq xo‘jalik kasb-hunar kolleji 2002-2003 o‘quv yilidan buyon faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Loyiha quvvati 900 ...

Fikr bildirish

Sizning email manzilingiz oshkor qilinmaydi. Majburiy bo'limlar * bilan belgilangan

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>