2018/10/20 5:56:17

Navbahor tumani tarixiy o’lkalarimizdan biridir

loading...

navbahorQadimda odamlar qoratog’ning sersuv soylari, buloqlari, chashmalari bo’ylarida yashashgan. Tarixiy manbalarning xabar berishicha, ular ovchilik va terib yeyuvchilik bilan kun ko’rishgan.

Ularning asosiy quroli sodda va murakkab yoy hamda tosh qurollar bo’lgan. Ajdodlarimiz yashash davomida o’zlaridan noyob va nodir yodgorliklar qoldirib ketishgan.

Uchtut chaqmoqtosh konlari, Ijanddagi chaqmoqtoshlarga ishlov beradigan ustaxonalar, Sarmishsoy, Bironsoy, qoraungursoydagi qoyatoshlarga o’yib chizilgan sur’atlar shu yodgorliklar sirasiga kiradi. Uchtut, Vovush, Ijant o’giti poleolit davri makonlaridir.

Miloddan avvalgi 1 ming yillik boshlarida Zarafshon vodiysida So’g’d qabilalari istiqomat qilishgan. Ular zardushtiylik diniga sig’inishgan. Shu davrning VIII asrda vodiyda Sug’diyona davlatiga asos solindi. qadimgi olimlar Buxoro vohasiga harbiy Sug’d deb ta’rif berishgan. Karmana va Konimex tumanlari ana shu harbiy Sug’dga qaragan. Qoratog’ etagidan sharqdan g’arbga qarab Buyuk Ipak yo’lining tarmog’i o’tgan. V-VI asrlarda ko’chmanchi jangovor qabilalarga qarshi Kampirak devori va qo’riqchi qa’lalar (hozirgi tepaliklar) tiklangan. Harqona (qalqonota), G’ardiyon (Mavlontepa), Farzikent (Beshrabot), Qorajon, Suparkentlar eramizdan avvalgi IV-VI aslarga mansub qishloqlardir.

VI,VIII, XIII, XV, XVI, XVII asrlarda tuman hududiga ko’plab qavmlar ko’chib kelganlar. Ular Zarafshon daryosining qadimgi o’zanidagi botqoqlik, chakalakzorlarni tozalab er ochganlar, dehqonchilikni rivojlantirishgan. Ekinlar Chovli, Harqanot, Ulviyo (Yuqori Harqon), Konimimig’ (Konimex), Beshrabot, Novkar, Arab ariqlari orqali suv bilan ta’minlangan.

Tumanda buyuk oriflar Abul Hasan Haraqoniy (Qalqonota), Ahmad Yassaviy (Erjant), Axtam Sahoba (Yangiqo’rg’on) larning qadamjolari mavjud.

 Shuningdek ko’pgina o’rganilmagan avliyo-valiylarning qabrlari mavjud.

1980 yilda qadimgi Karmana va Konimex tumanlari hududida Navbahor tumani tashkil etildi. Tuman Nurota, Xatirchi, Karmana, Qiziltepa, Konimex tumanlari bilan chegaradosh bo’ldi.

Tumanning umumiy er maydoni 1,57 ming km.kv. Aholisi 101,6 nafar kishidan iborat. Istiqlol sharofati tufayli yangilikka intilish kuchaydi. Prezidentimiz Islom Abdug’anievich Karimovning Farmonlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari izchillik bilan amalga oshirilmoqda. hozir kunda “Beshrabot”, “Arabsaroy”, “Keskanterak”, “Olchin”, “Yangiyo’l”, “Yangiqo’rg’on”, “Turkiston” qishloq fuqarolar yig’inlari va 41 mahalla fuqarolar yig’inlari faol ish olib bormoqda.

Jamoa va davlat ho’jaliklari o’rniga fermer ho’jaliklari vujudga keldi. Bugungi kunda tumanda 348 ta fermer ho’jaliklari mavjud bo’lib, jami yer maydoni 35 263 gektarni tashkil qiladi.

Jumladan, 236 ta paxta va g’allachilik fermer ho’jaliklari yer maydoni 22757 gektar, 43 ta bog’dorchilik fermer xo’jaliklari 762 gektar, Uzumchilik fermer xo’jaliklari 4 ta 32 gektar, 3 ta sabzavotchilik fermer ho’jaliklari 17 gektar, 49 ta chorvachilik fermer ho’jaliklari 11595 gektar va boshqa fermer xo’jaliklari 12 ta bo’lib, 82 gektar yer maydonida mehnat qilib kelmoqda.

 Aholi ehtiyojini to’la qondirishga 13 ta traktor parki, 5 ta maishiy xizmat, 467 ta tadbirkorlik sub’ektlari, 1 ta markaziy shifoxona, 1 ta poliklinika, 19 ta qishloq vrachlik punktlari, 1 ta Markaziy madaniyat uyi, 6 ta Ma’daniyat va aholi dam olish markazlari, 9 ta bolalar bo?chasi, 4 ta sport majmuasi, 37 ta maktab, 5 ta kollej, 1 ta ixtisoslashtirilgan maktab internat aholiga xizmat qilib kelmoqda.

Bugungi kunda tuman markazi Beshrabot kun sayin kengayib, zamonaviy binolar va savdo markazlari qad ko’tarmoqda.

MAQOLANI MASHHUR QILISHGA HISSANGIZNI QO'SHING

G'olib Avezov

Navoiy viloyati bizning vatanimiz, bu yerda tug'ildik, o'sdik va bilim oldik. Vatanimiz bizga juda ko'p narsalar berdi. Endi esa biz vatanimizga beraylik. Uni rivojlanishi uchun har birimiz o'z hissamizni qo'shaylik.

Buni ham o'qing

6

Nurota sayyidlari

Sayyidlar- Muhammad payg‘ambar avlodlarining faxriy unvoni bo‘lib barcha musulmon mamlakatlarida alohida tabaqa sifatida izzat-hurmatga ega ...

Fikr bildirish

Sizning email manzilingiz oshkor qilinmaydi. Majburiy bo'limlar * bilan belgilangan

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>