2017/10/24 12:03:43

Navbahor tumani “Istiqlol” sanoat kasb-hunar kolleji

loading...

Navbahor “Istiqlol” sanoat kasb-hunar kolleji O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yildagi 253-sonli, Navoiy viloyat hokimining 2000 yil 13 iyuldagi K-202 sonli qarorlari asosida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi o‘quv yurtiga aylantirilgan.img_20160909_134511

Kollejning Ustavi Navbahor tuman hokimligining 2000 yil ch sentyabrdagi K-515-sonli qarori bilan ro‘yxatga olingan hamda Navoiy viloyat o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan. Kollej 2001 yil qurilib foydalanishga topshirilgan bo‘lib, umumiy yer maydoni 6,7 gektar. Shundan o‘quv maydoni 570 kv.m.

Yordamchi xo‘jalik binolari 450 kv.m. Oshxona 312 o‘rinli 525 kv.m. Sport zali 525 kv.m. Kutubxona 220 kv.m. Faollar zali 452 o‘rinli 525 kv.m. Sport maydoni 640 kv.m. Harbiy maydonchalar 420 kv.m. tashkil etadi.

Ta’lim muassasasi 912 o‘ringa muljallangan bo‘lib 2016-2017 o‘quv yilida jami 901 nafar (shundan 323 nafari qiz), jumladan, 1-bosqich 326 nafar, 2-bosqich 284-nafar, 3-bosqich 291-nafar o‘quvchi tahsil olib, o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha bilim malakaga ega bo‘ldi.

Ta’lim muassasasida jami 160 nafar pedagog va muhandis-pedagog hamda ishchi xodimlar mavjud.

Jumladan: Rahbarlar tarkibi-10 nafar, o‘qituvchilar-71 nafar, ishlab chiqarish ta’limi ustalari-22 nafar, ARM xodimlari-10 nafar, 4 nafar laborant, ishchi xodimlar-43 nafar

Rahbarlarning kabul kunlari

Direktor-Shanba

O‘IBDO‘-Dushanba/Payshanba

ICHTBDO‘-Seshanba/Juma

MMIBDO‘-Chorshanba/Shanba

Xodimlar bo‘limi noziri-Dushanba/Chorshanba/Juma

Psixolog-Seshanba/Payshanba/Shanba

Saytga mas’ul xodim-Soliyev Istam Ixtiyorovich. Tel: 91.335-99-35

 

MAQOLANI MASHHUR QILISHGA HISSANGIZNI QO'SHING

G'olib Avezov

Navoiy viloyati bizning vatanimiz, bu yerda tug'ildik, o'sdik va bilim oldik. Vatanimiz bizga juda ko'p narsalar berdi. Endi esa biz vatanimizga beraylik. Uni rivojlanishi uchun har birimiz o'z hissamizni qo'shaylik.

Buni ham o'qing

1

Navbahor yengil sanoat kasb-hunar kolleji bu bilimlar o’chog’i

Navbahor yengil sanoat kasb-hunar kolleji O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 29-oktyabrdagi “Umumiy o‘rta va ...

Fikr bildirish

Sizning email manzilingiz oshkor qilinmaydi. Majburiy bo'limlar * bilan belgilangan

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>