2019/07/19 11:55:39

Namunaviy uy-joylar – taraqqiyotimiz ramzi

loading...

Har bir odam bu dunyoda uy-joyli bo‘lib, o‘z boshpanasiga ega bo‘lishni xohlaydi. Ota-onalar kelajakda farzandlarining mustaqil hayot kechirishi, keng va yorug‘ uylarda emin-erkin yashashi uchun yaxshi niyat bilan imorat qurishadi.8f3cc5ab7a8066d5cceafda00fca5ac5

Afsuski, yaqin o‘tmishda buning imkoni yo‘qday tuyular, bir hovlida ikki-uch oila qisilib istiqomat qilardi. Mustaqillik tufayli vatandoshlarimizning orzu-umidlari ushala boshladi. Istiqlol arafasida, hali mustabid tuzum hukmronlik qilib turgan bir paytda, Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov yuksak jasorat bilan aholini uy-joyli qilish masalasining yechimini topdi. Natijada 1989-1990 yillarda bir yarim milliondan ko‘proq oilaga qo‘shimcha yer ajratildi, 700 ming oilaga tomorqa yerlari berildi. Xalqimiz buni doim minnatdor bo‘lib eslaydi.

2009 yildan e’tiboran O‘z­be­kiston qishloqlarida na­mu­na­viy loyihadagi uy-joy qurish ish­lari keng miqyosda olib bo­ril­di. Dunyodagi eng rivoj­lan­­­gan davlatlarda ham jahon moliyaviy-iq­ti­sodiy in­qirozi yirik muam­­mo­lar­ni tug‘dirgan bir ho­lat­da, mus­taqil mamla­ka­­ti­mizda xalqni rozi qilish maq­­sa­di­da, ijtimoiy loyi­ha­­lar­dan voz kechilmay, ak­sincha, yangi lo­yihadagi uy-joylar bar­po etishga, shu yo‘l bilan el-yurt obod­ligi, fa­rovonligini oshi­rishga aha­miyat qara­til­di. 2009-2016 yillar­da yur­ti­miz qish­­­loq­larida namuna­viy lo­­yi­halar asosida 69,5 ming­dan ortiq uy-joy qu­rildi. Bu o‘z nav­­ba­tida 83,5 ming­­dan ziyod oila­ning yashash sharoiti yax­shi­la­nishiga olib keldi. Qishloq­lari­­miz shahar tusini olib, ki­shilarning tur­mush daraja­si oshdi, hayotga ish­­tiyoqi ku­chaydi.

Bugungi kunda qishloq aho­li­si turmush darajasini yaxshi­lash, yangi infratuzilmalarni shakllantirish, pirovard maq­sadda qishloq aholisi dunyoqa­ra­shini tubdan o‘zgartirish, mam­­lakatimiz qishloqlari qiyo­fasini butunlay yangi bir bosqichga ko‘tarishga qaratilgan keng qamrovli tadbirlar amal­­­­ga oshirilishi davom et­ti­­rilmoqda.

Prezidentimiz Shavkat Mir­ziyoyevning 2016 yil 21 oktyabr­dagi PQ-2639-sonli “2017-2021 yillarda qishloq joylar­da yangilangan namunaviy lo­yi­halar bo‘yicha arzon uy-joy­lar qurish dasturi to‘g‘risi­da”gi qa­­rori ushbu yo‘nalishda yangi rivojlanish bosqichiga asos sol­di. Xalqimizga yanada qulay imkoniyat va sharoitlar yaratish uchun arzon, zamonaviy, shinam uy-joylar bunyod etishga ki­ri­shildi. 2017 yilda diyorimiz qish­loq maskanlarida 15 ming­ta ana shunday turarjoy barpo etiladi. Viloyatimizda ham bu borada muayyan natijalarga erishilmoqda.

— Respublikamiz Preziden­ti­ning mazkur qaroriga binoan aholiga qulaylik yaratish maq­sa­dida, takomillashgan yangi lo­­­­yihalar asosida ommabop uy-joylar qurilishi reja­lash­­­ti­rildi, — deydi “Qish­loq­­­­quri­lish invest” MCHJ in­ji­niring kompaniyasi viloyat fi­­liali direktorining iqti­sod bo‘yicha o‘rinbosari Aziz Azi­mov. — 2017 yil dasturi doi­­­­­rasida bizning viloyati­miz­da 24 ta massivda 1185 ta, shundan, amaldagi loyihalar bo‘­yicha 469 ta 1 qavatli 3, 4, 5 xo­nali, takomillashtirilgan loyihalar bo‘yicha 220 ta 1 qa­vatli 2-3 xonali, 152 ta 2 qa­vatli 4 xonali 2 xona­don­li, 224 ta 2 qavatli 4 po­dyezd­­li 16 xonadonli uy­lar va 120 ta 3 qavatli 4 podyezd­li 24 xo­nadonli ijtimoiy tu­­rarjoy­lar qu­rilishi ko‘z­da tutilgan. Ho­zirgi kun­da Karmana tuma­ni­­ning “Luba­ton” massi­vida 1 qa­vatli, 3 xonali, 2 so­tix­li 46 ta uy-joy, 2 qa­­vatli 4 xo­nali, 2 xona­don­li (bir-bi­riga tu­tash­tirilgan) 2 ta uy, 2 qa­vat­li 4 podyezdli 16 xo­na­don­li 2 ta uy, jami 82 ta xo­­­­nadonga mo‘ljal­lan­­gan uy-joylarda ish­lar yakun­lanib, foy­dala­nishga top­shi­rildi.

Ha, bugun yangi uy-joy­lar­ga ko‘­chib o‘tgan baxtiyor oila so­hiblari o‘z quvonch­larini yashir­­­­mayaptilar. Yashash uchun ni­hoyatda qu­lay, arzon, za­mo­na­viy va shi­nam uy-joylar barpo eti­la­yot­ganligi nimadan dalo­lat be­ra­di? Bu, avvalo, yur­­ti­miz­da hukm su­rayotgan tinch-osu­da hayot, bar­qarorlik, fa­ro­von­lik va to‘­kin­lik bel­gisi­dir. Qola­versa, xal­qi­miz­ning o‘zaro ahil-inoq, barcha mil­­la­tu elat vakil­lari­ning bir-bi­riga hur­mat va mehr-mu­habbat bi­lan yasha­yot­gan­lik­lari hosi­la­sidir.

Manba: navoi.uz

MAQOLANI MASHHUR QILISHGA HISSANGIZNI QO'SHING

G'olib Avezov

Navoiy viloyati bizning vatanimiz, bu yerda tug'ildik, o'sdik va bilim oldik. Vatanimiz bizga juda ko'p narsalar berdi. Endi esa biz vatanimizga beraylik. Uni rivojlanishi uchun har birimiz o'z hissamizni qo'shaylik.

Buni ham o'qing

new-project-2

BMTning Aholishunoslik jamgʻarmasi tomonidan fotosuratlar tanlovi e’lon qilindi

Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, UN Uzbekistan hamda UN Population Fund Uzbekistan tomonidan #FacesOfDiversity suratlar tanlovi tashkil ...

2 Fikrlar

  1. Шухрат

    Ассалому алайкум. Шахардан куриладиган куп каватли уйлардан кандай килиб олса булади кимга мурожат килсак булади. Тушинтириш ишлари берсангиз

Fikr bildirish

Sizning email manzilingiz oshkor qilinmaydi. Majburiy bo'limlar * bilan belgilangan

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>