2017/08/16 6:23:11

Muvaffaqiyatli tadbirkorning 5 siri

loading...

Sizda muvaffaqiyatli tadbirkor belgilari bormi? Quyida keltirilgan bir necha asosiy prinsiplar bu savolga javob berishga yordam beradi, shuningdek, ular bu sohada ulkan zafarlarga erishishni istagan va samarali biznes-reja tuzmoqchi bo‘lganlarga ham asqotadi.

Eng avvalo, boshqa har qanday sohada bo‘lgani kabi muayan bilimlarga ega bo‘lish lozim. Soha uchun kerakli bo‘lgan kurs va treninglarda o‘qishga harakat qiling. Biroq haqiqiy muvaffaqiyatga erishish uchun zarur bo‘lgan xususiyatlarga ega bo‘lish darkor.

1. Ehtiros va ishtiyoq

Bu xususiyatlar juda muhim. Har qanday tadbirkorlik faoliyati – biznes-rejani tuzishdan tortib, uni amalga oshirish va loyiha taraqqiyoti ijobiy natijasi unga bog‘liq bo‘ladi.

2. Tavakkalchilikka tayyor bo‘lish

Muvaffaqiyatli ishbilarmon kishini tavakkalchilik nuqtai-nazaridan olib qaraganda boshqalardan ajratib turadigan narsa nima? Vaqt va pulni oldindan natijasi 100 foiz ma’lum bo‘lmagan narsalarga tikib, muvaffaqiyatsizlikka uchraganida vositalar zaxirasi va “B reja”ga ega bo‘ladi.

3. O‘ziga ishonish, mehnatsevarlik, intizom va maqsad sari olg‘a intilish

Bajarayotgan faoliyatingizdan zavq olishingiz darkor. Ba’zida esa qaysarlik ham asqotadi.

4. Moslashuvchanlik va egiluvchanlik

Bozor talablari juda tezlik bilan o‘zgaradi. Muvaffaqiyatli ishbilarmonlar har qanday talab, optimalllashtirish va yangi kashfiyotlarga tayyor turadilar. Bu esa mahsulot va xizmatlarga talabni oshirish va mijozlar ehtiyojlarini qondirish imkonini beradi.

5. Mablag‘ni boshqara olish qobiliyati

Ish rentabel bo‘lguniga qadar biroz vaqt talab etiladi. O‘sha paytgacha harajatlarni o‘ta qattiqqo‘llik bilan chegaralay bilish va qo‘yilmalarni aql bilan ishlata olish lozim. Tajribali tadbirkorlar bu majburiy talabni juda yaxshi tushunadilar va hozirgi va kelajakni moliyaviy majburiyatlarni hisobga olgan holda mablag‘ni boshqarish rejasini tuzadilar. Dastlabki paytlarda ko‘proq yaratishga harakat qilish juda yaxshi qadam. Haqiqatda esa biznes-rejani qadamma-qadam rivojlantirib borish talab etiladi. Axir aytishadiku, sekin yursang, manzilingga yetasan deb.

Ana shunaqa. Har bir sohada bo‘lgani kabi tadbirkorlik faoliyatida ham egallanishi lozim bo‘lgan bilimlar doirasi mavjud. Ularni bilib qo‘ysak, foydadan holi bo‘lmaydi.

MAQOLANI MASHHUR QILISHGA HISSANGIZNI QO'SHING

G'olib Avezov

Navoiy viloyati bizning vatanimiz, bu yerda tug'ildik, o'sdik va bilim oldik. Vatanimiz bizga juda ko'p narsalar berdi. Endi esa biz vatanimizga beraylik. Uni rivojlanishi uchun har birimiz o'z hissamizni qo'shaylik.

Buni ham o'qing

1403277207-20-reasons-start-own-business

Yangi biznes loyihasini boshlash uchun maslahatlar

Yaxshi fikr o‘z sohangizda tajriba to‘plaganingizdan keyin keladi. Sizda yuzlab g‘oyalar paydo bo‘lishi mumkin, lekin ...

Fikr bildirish

Sizning email manzilingiz oshkor qilinmaydi. Majburiy bo'limlar * bilan belgilangan

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>