2018/08/20 1:09:03

Muvaffaqiyatli bo’lishning 6 siri

loading...

Har bir kishi muvaffaqiyatli bo‘lishni orzu qiladi, lekin hammaning ham orzusi amalga oshavermaydi. Chunki bunga xohishning o‘zi kamlik qiladi.  Oddiy odamlar mashaqqatli mehnat natijasidagina buyuk bo‘la oladi.

Biz muvaffaqiyat qozongan odamlarning yashash tarzini o‘rganib chiqdik va mansab pog‘onalaridan pastga emas, balki yuqoriga intilmoqchi bo‘lgan kishilarni qiziqtiradigan bir nechta faktlarni aniqladik.

  1. To‘g‘ri muhit

O‘zingiz havas qiladigan odamlar bilan muomalada bo‘ling. O‘zingizdan ko‘ra aqlliroqlardan o‘rganing. Tenglashishga arziydiganlar qatorida bo‘ling.

  1. Reklama muvaffaqiyatning omilidir

Agar siz o‘zingizni yoki o‘z mahsulotingizni ilgari sura olmasangiz, unda muvaffaqiyatni kutmang. Ilgari surish tirishishni va dadillikni talab qiladi, bu esa g‘alabaning eng asosiy shartidir.

  1. Oqilona asketizm

Boy bo‘lishni xohlasangiz – tejashni o‘rganing. Asket bo‘lish kerak emas, lekin hozirdan pulni qadrlashni o‘rganing. Agar siz boylardek yashasam boy bo‘laman deb o‘ylasangiz katta xato qilasiz.

  1. O‘qish, o‘qish va yana o‘qish

Muvaffaqiyatga erishgan kishilar bo‘sh vaqtini ilm olishga sarf qilgan. Va buni ular boy va mashhur bo‘lganida ham davom ettiradi. Bilim – bu kuch.

  1. Maqsadlar va vazifalar rejasi

Siz muvaffaqiyat – bu omad deb o‘ylaysizmi? Deyarli har doim muvaffaqiyat – bu yaxshi reja va uni amalga oshirish tarzi. Rejasiz hech narsa qilib bo‘lmaydi. Siz maqsadingizni aniq belgilab olishingiz va unga tomon shaxdam qadamlar tashlashga kirishishingiz kerak.

  1. Maksimal darajada diqqatni to‘plash

Biron-bir ishni bir necha kunda ham, bir-ikki soatda ham bajarish mumkin. Muvaffaqiyatli odamlar butun diqqat-e’tiborini aniq bir ishni bajarishga yo‘naltiradi va unga keragidan ortiqcha vaqt sarflamaydi.

MAQOLANI MASHHUR QILISHGA HISSANGIZNI QO'SHING

G'iyos Safarov

Buni ham o'qing

OLifCDHaH7esaKv42-croIphFvPCok4a

Issiq havoda issiq choy ichish, bu to‘g‘rimi?

Choy – xalqimizning sevimli ichimliklaridan hisoblanadi. Choy faqat chanqoqbosdi ichimlik bo‘libgina qolmasdan asabni tinchlantiradi, ruhiyatni ...

Fikr bildirish

Sizning email manzilingiz oshkor qilinmaydi. Majburiy bo'limlar * bilan belgilangan

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>