2018/12/12 7:24:29

MTM va maktab-internatlardagi bolalar ta’minoti uchun to‘lov muddati o’zgardi

loading...

O‘zbekiston Xalq ta’limi va Moliya vazirliklarining 25-iyuldagi qo‘shma qarori bilan yangi “Maktabgacha ta’lim muassasalari va maktab-internatlardagi bolalar ta’minotiga haq to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

Yangi Nizomda nazarda tutilishicha, maktabgacha ta’lim muassasalari va maktab-internatlardagi bolalar ta’minoti uchun to‘lov har oyning 15-sanasidan kechiktirmasdan to‘lanadi. O‘z kuchini yo‘qotgan avvalgi nizomda bu talab oyning 10-sanasiga qadar qilib belgilangan edi.

Shuningdek, oyning 15-sanasidan keyin kelgan bolalar ta’minoti uchun to‘lov bola kelgan kundan boshlab 3 kun ichida oyning qolgan kunlariga mutanosib ravishda to‘lanadi.

Ilgarigidek, to‘lovning belgilangan muddat o‘tgandan so‘ng ham keyingi 2 hafta mobaynida uzrli sabablarsiz to‘lanmasligi bolaning maktabgacha ta’lim muassasasiga qatnashini to‘xtatish uchun asos bo‘ladi.

Manba: daryo.uz

MAQOLANI MASHHUR QILISHGA HISSANGIZNI QO'SHING

G'olib Avezov

Navoiy viloyati bizning vatanimiz, bu yerda tug'ildik, o'sdik va bilim oldik. Vatanimiz bizga juda ko'p narsalar berdi. Endi esa biz vatanimizga beraylik. Uni rivojlanishi uchun har birimiz o'z hissamizni qo'shaylik.

Buni ham o'qing

new-project-2

BMTning Aholishunoslik jamgʻarmasi tomonidan fotosuratlar tanlovi e’lon qilindi

Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, UN Uzbekistan hamda UN Population Fund Uzbekistan tomonidan #FacesOfDiversity suratlar tanlovi tashkil ...

Fikr bildirish

Sizning email manzilingiz oshkor qilinmaydi. Majburiy bo'limlar * bilan belgilangan

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>