2018/08/20 3:03:25

Konimex tumanining tarixi va buguni

loading...

konimexKonimex tumani 1926 yilining 16-iyunida O’zbekiston SSR Markaziy ijro qo’mitasining 4-sessiyasida Konimex qozoq-qoraqolpoq avtonom rayoni tuzilishi to’g’risida qaror qabul qilindi. Rayonni tuzish T.Arslanbaevga topshirildi.

Konimex Respublikasi Markazi ijroiya Komitetiga qaraydigan avtonom rayon qilib belgilandi va 1926 yil 29-sentyabrda tashkil etildi.

Konimex tumani Navoiy viloyati o’rtaligida joylashgan bo’lib, sharqda Navbahor, shimoli-sharqdan Nurota, g’arbdan Tomdi, Uchquduq, janubdan Qililtepa tumanlari g’arbdan Buxoro viloyatining Peshku tumanlari bilan chegaradosh.

Еr maydoni 15,5 ming kvadrat kilometr, 14 xil millat vakillari yashaydi.

Koximeh so’zini etimologiyasi: Eron podshohining o’g’li Shopur Turan shu o’lkada yashagan Mehribonu go’zalga oshiq bo’ladi va sevgilisiga uylanadi. Sevgilisi hurmatiga Zarafshon daryosidan suv yo’li-kanal qazdirib unga Konimehr deb nom beradi. Asrlar davomida Konimehr so’zi o’zgarishlarga uchrab Konimex deb atalib ketgan degan rivoyat bor. Ikkinchi rivoyatda Meh Ota koni degan ma’noni beradi: “Kon” so’zi fors tilida “Daryo tarmog’i yoki anhor va suv yo’li oriq” degan ma’noga ega. Shu sabab Konimex deb nom olgan deyiladi.

Uchinchi rivoyatda “Konimex” atamasi tilshunoslik jihatdan tahlil etilsa, “Kon” va “Meh” kabi ikki so’zdan kelib chiqqan atama. Atamaning birinchi bo’g’inidagi “Kon” so’zi “arna, daryo tarmog’i yoki anhor” ma’nolarini anglatgan. Ikkinchi bo’g’inidagi “Meh” birikmasi aslida “moh” yoki “mug” so’zlarini shakli bo’lib, u “otashparast, o’tparast, zardo’shtiy yoki butparast” ma’nosini anglatgan.

Masalan, ilk o’rta asrlarda Buxoroda otashparastlarning ibodatxonasi bo’lgan. U “Masjidi Moh” deb yuritilgan. Ibodotxona qarshisida butlar yasab sotiladigan maxsus bozor ham bo’lgan. Uni “Bozori Mohruz”, ya’ni “Zardushtiylarning hait bozori” deb yuritilgan. Bu bozor yiliga bir marta, Navro’z kuni bo’lgan. O’sha kuni bozorda asosan yog’och yoki sopoldan yasalgan butlar sotilgan. Favqulodda buti singan yoki eskirgan kimsalar faqat shu kuni bozordan yangi but sotib olish imkoniyatiga ega bo’lganlar.

Shu boisdan bo’lsa kerak musulmonchilik qaror topgan o’rta asrlarda yozilgan tarixiy solnomalarda Movarounahrning qadimiy aholisiga “Mug” yoki “Mugon”, ya’ni otashparast, butparast nomi bilan tilga olinadi.

Keltirilgan tahlilga asoslanadigan bo’lsak, “Konimex” atamasi “Mugdaryo”, “Zardushtiylar arnosi, otashparastlar anhori” degan ma’nolarni anglatgan.

Darhaqiqat Konimex, Buxoro vohasining eng qadimgi sug’orma dehqonchilik tumanlaridan bo’lgan. Uzoq o’tmishda Zarafshon daryosining suvlari dashtni yorib kirib, hosil qilgan Konimex arnasi bo’yida milodga qadar VI-V asrlarda o’troq dehqonchilik qishloqlari qad ko’targan.

1975-1976 yillarda Konimexning Arabon, Qumrabod va Chordara qishloqlari yaqinida kovlab ochilgan qadimiy qishloq xarobalari shular jumlasidandir. Bu qishloqlarda islomiyat davrida mug nomi bilan tilga olingan otashparastlar yashagan.

Tumanda 1 shaharcha (Konimex), 7 qishloq fuqarolari yigʻini (Boymurot, Sarjal, Uchtepa, Chordara, Yangiobod, Yangiqazgan, Karaqota) bor. Markazi Konimex shaharchasi.

Relyefi, asosan, tekislik, koʻp qismi qumlik. Shimoli-sharqda Qizilqum choʻli, janubi va janubi-gʻarbda Zarafshon vodiysi bilan tutashgan. Tumanning gʻarbida Ovminzatovning sharqiy tarmoqlari joylashgan. Janubiy qismida Qaraqota botigʻi bor. Iqlimi quruq, keskin kontinental. Oʻrtacha temperatura iyulda 32—33°, yanvarda — 0—2°. Yiliga 100—150 mm yogʻin tushadi. Vegetatsiya davri qisqa. Tumanda oqar daryo yoʻq. Asosan, artezian suvlaridan foydalaniladi. Shoʻrkoʻl suv ombori qurilgan. Undan baliq ovlashda foydalaniladi. Tuprogʻi och tusli boʻz, shoʻrxok. Oʻsimliklardan efemer, efemeroidlar va butasimon oʻsimliklar, rang, qoʻngʻirbosh, astragal, selin, saksovul, quyonsuyak qabilar oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan tulki, chiyaboʻri, jayron, kemiruvchi va sudraluvchilar yashaydi. Tuman hududidagi Qizilqum qoʻriqxonasida toʻqay va choʻl landshaftlari majmuoti va u yerdagi nodir hayvonlardan buxoro bugʻusi (xongul) muhofazaga olingan.

Aholisi oʻzbek, qozoq, qoraqalpoqlar. Shuningdek, boshqa millat vakillari ham yashaydi. 1 km2 ga oʻrtacha 2,4 kishi toʻgʻri keladi. Shaharliklar 8,4 ming kishi, qishloq aholisi 28,5 ming kishi.

Tuman qishloq xoʻjaligining asosiy tarmogʻi — chorvachilik (qorakoʻlchilik). Gʻallachilik bilan ham shugʻullaniladi. Konimex tumanida fosfor kombinati, 100 dan ziyod kichik va xususiy korxona, 20 davlat korxonasi, oʻndan ortiq aksiyadorlik jamiyati mavjud.

Qishloq xoʻjaligida sugʻoriladigan yerlar 5,2 ming gektar, shundan 1,9 gektar yerga gʻalla ekiladi. 9 shirkat xoʻjaligi faoliyat koʻrsatadi. Tuman shirkat va shaxsiy xoʻjaliklarida qariyb 8,6 ming qoramol, 350 mingga yaqin qoʻy va echki, 2 mingdan ziyod tuya, 2,5 mingga yaqin ot boqiladi.

Tuman hududining asosiy qismini oʻrmon xoʻjaligi egallaydi (maydoni 1660 ming gektar). Daraxtlarning asosiy turi — saksovul, terak.

Tumanning oʻrta qismidan Navoiy — Uchquduq temir yoʻli kesib oʻtgan (uzunligi 212 km). Avtomobil transporti yoʻllari uzunligi qariyb 300 km. Tumanda 40 umumiy taʼlim maktabi (shundan 2 maktab-gimnaziya, 1 litsey-internat), kasb-hunar, sport maktabi, 23 kutubxona, 11 klub, tarix va oʻlkashunoslik muzeyi, bolalar madaniy markazi mavjud. 1 markaziy kasalxona (225 oʻrin) va boshqa tibbiy muassasalarda 90 vrach, 200 ga yaqin oʻrta maʼlumotli tibbiy xodim ishlaydi. „Konimex tongi“ tuman gazetasi 1930-yildan chiqadi

MAQOLANI MASHHUR QILISHGA HISSANGIZNI QO'SHING

G'olib Avezov

Navoiy viloyati bizning vatanimiz, bu yerda tug'ildik, o'sdik va bilim oldik. Vatanimiz bizga juda ko'p narsalar berdi. Endi esa biz vatanimizga beraylik. Uni rivojlanishi uchun har birimiz o'z hissamizni qo'shaylik.

Buni ham o'qing

6

Nurota sayyidlari

Sayyidlar- Muhammad payg‘ambar avlodlarining faxriy unvoni bo‘lib barcha musulmon mamlakatlarida alohida tabaqa sifatida izzat-hurmatga ega ...

Fikr bildirish

Sizning email manzilingiz oshkor qilinmaydi. Majburiy bo'limlar * bilan belgilangan

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>