2017/10/24 12:06:43

“Kim edigu kim bo‘ldik, ertaga qanday yuksak marralarni egallashimiz kerak?”

loading...

Navoiy viloyatida to‘rt kun mobaynida mamlakatimiz mustaqilligining 25 yilligiga bag‘ishlangan “Kim edigu kim bo‘ldik, ertaga qanday yuksak marralarni egallashimiz kerak?” mavzuidagi respublika festivali bo‘lib o‘tdi.

Poytaxt Toshkentdan kelgan madaniyat va san’at namoyandalari, shoir, yozuvchi va yosh olimlardan iborat targ‘ibot guruhlari viloyat markazidan tortib, bepoyon Qizilqumning eng olis tumanlari, qishloq va ovullarigacha ta’lim maskanlari o‘quvchilari huzurida bo‘lib, mavzu doirasida samimiy suhbatlar uyushtirishdi. Ularga umumta’lim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida tahsil olayotgan 30 ming nafardan ortiq navqiron avlod vakillari jalb etildi. Uchrashuvlarda o‘quvchilarga mamlakatimizdagi mustaqillikkacha bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat hamda istiqloldan keyingi davrdagi mislsiz bunyodkorliklar to‘g‘risida atroflicha ma’lumot berildi. Milliy mustaqillikning o‘tgan 25 yili mobaynida mamlakatimizda davlat va jamiyat taraqqiyotining barcha yo‘nalishlarida olamshumul yutuqlar qo‘lga kiritilganligi, ular esa, birinchi navbatda muhtaram Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov nomi bilan bog‘liqligi alohida qayd qilindi. Jumladan, Konimex tumani musiqa va san’at maktabidagi muloqotda ham Yurtboshimiz O‘zbekiston davlati va davlatchiligini barpo etish, demokratik fuqarolik jamiyati qurish asoslarini yaratganligi, mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqqanligi, yurtimizning yorug‘ istiqboli yo‘lida ko‘pmillatli xalqimizni birlashtirib, uni ulug‘ maqsadlar sari boshlab borganligi e’tirof etildi. – Birinchi Prezident Islom Karimov tomonidan o‘rtaga tashlangan ilk shior – ”O‘zbekiston – kelajagi buyuk davlat” edi, – dedi targ‘ibot guruhi a’zosi Jonibek Shuhratov. – O‘shanda bunga ikkilanib qaraganlar ko‘p bo‘lgan. Chunki mustabidlik tuzumi bizni mutelik, qaramlikka o‘rgatib qo‘ygandi. Bu illatlar ayniqsa, mustaqillikning birinchi yillarida kuchli edi. Lekin O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti rahbarligida mamlakatimiz suverenitetining iqtisodiy asoslarini yaratishga qaratilgan eng muhim strategik dasturlar, jumladan, O‘zbekistonning g‘alla mustaqilligi, yoqilg‘i-energetika, transport-kommunikatsiya sohasidagi mustaqilligini ta’minlash, iqtisodiyotimizda tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, zamonaviy korxonalar barpo etish va ularni ilg‘or texnika va texnologiyalar bilan jihozlash borasida ulkan ishlar amalga oshirildi. Natijada, O‘zbekiston ilgarigi qoloq, iqtisodiyoti biryoqlama rivojlangan, paxta yakkahokimligi halokatli darajada avj olgan agrar o‘lkadan bugungi kunda izchil taraqqiy etib borayotgan zamonaviy industrial mamlakatga aylandi. Tumandagi 1, 2, 7, 12 va 22-sonli umumta’lim maktablari, Iqtisodiyot va xizmat ko‘rsatish hamda Agroservis kasb-hunar kollejlarida bo‘lib o‘tgan tadbirlar ham uning ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi. Ularda so‘zga chiqqanlar mustaqillik tufayli yosh avlodni barkamol insonlar etib tarbiyalash masalasi davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishi darajasiga ko‘tarilganligiga alohida e’tibor qaratishdi. Bu esa kutilgan samaralarni bermoqda. Jumladan, yaqinda Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida bo‘lib o‘tgan 31-Yozgi Olimpiya o‘yinlarida sportchilarimiz tomonidan 4 ta oltin, 2 ta kumush va 7 ta bronza, 15-Paralimpiya o‘yinlarida esa 8 ta oltin, 6 ta kumush va 17 ta bronza medallarining qo‘lga kiritilganligi buning yorqin dalilidir.– Targ‘ibot tadbiri o‘quvchilarimizning mustaqillikning qadriga yetish, Vatanimizning munosib farzandlari bo‘lib ulg‘ayishdek azmu qarorini yanada mustahkamlashga xizmat qilishi shubhasiz, – deydi tumandagi 7-umumta’lim maktabi direktori Gulzoda Abdullayeva. – Chunki ular “Kim edigu kim bo‘ldik, ertaga qanday marralarni egallashimiz kerak?” degan savolga yana bir bor aniq va ravshan javob oldilar. Vatanimizdagi musaffo osmon, barqaror tinchlik va farovon hayotga shukronalik keltirgan holda yanada yuksak marralarni zabt etishga tayyor ekanliklarini izhor etishmoqda. Ta’lim maskanining 9-sinf o‘quvchisi Zulxumor Yo‘ldoshevaning so‘zlari esa ustozining fikrini tasdiqlab turardi.– Mamlakatimizda Birinchi Prezidentimiz rahnamoligida biz yoshlarning keng va chuqur bilim olishimiz, dunyoda hech kimdan kam bo‘lmasligimiz uchun barcha qulaylik va shart-sharoitlar yaratilgan, – deydi u. – Bizdan esa faqat a’lo baholarga o‘qish talab etiladi, xolos. Maqsadim – kelgusida aviatsiya sohasi mutaxassisi bo‘lib yetishish va Vatanim taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishdir. Shuning uchun barcha fanlarni pishiq-puxta o‘zlashtirishga harakat qilayapman va bunga erishayapman. Festival tadbirlari Navoiy shahrida ham ko‘tarinki ruhda o‘tdi.– Ayniqsa, 4-davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabi hamda Navoiy davlat pedagogika instituti qoshidagi 3-akademik litseydagi uchrashuvlar menda unutilmas taassurot qoldirdi, – deydi taniqli estrada xonandasi Anvar G‘aniyev. – Men ularda tahsil olayotgan bilimga chanqoq, iqtidorli o‘g‘il-qizlar timsolida Birinchi Prezidentimizning ishonchini yuksak darajada oqlaydigan yoshlarimizni ko‘rdim. Ular mustaqillik yo‘lining munosib davomchilaridir. Vatan va mustaqillikni madh etuvchi kuy-qo‘shiq hamda she’rlar tadbirlarga yanada ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.

Manba: 

MAQOLANI MASHHUR QILISHGA HISSANGIZNI QO'SHING

G'olib Avezov

Navoiy viloyati bizning vatanimiz, bu yerda tug'ildik, o'sdik va bilim oldik. Vatanimiz bizga juda ko'p narsalar berdi. Endi esa biz vatanimizga beraylik. Uni rivojlanishi uchun har birimiz o'z hissamizni qo'shaylik.

Buni ham o'qing

11

Navoiylik yosh sportchi jahon chempionati sovrindori

Chilining Santyago shahrida o‘tgan dzyudo bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida 64 davlatdan 428 nafar sportchi ...

Fikr bildirish

Sizning email manzilingiz oshkor qilinmaydi. Majburiy bo'limlar * bilan belgilangan

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>