2017/09/19 4:33:05

Kichik biznes uchun 6 ta eng yaxshi reklama strategiyalari

loading...

Kichik biznes egalari o’zlarining reklama kampaniyalari haqida xolis bo’lishi kerak. Odatda, ular samarali, arzon narxlardagi yechimlarni izlaydilar, lekin odatda, siz faqat ulardan bittasini topishingiz mumkin; Reklamangiz uchun bir vaqtning o’zida samarali va arzon reklama kompaniyasini topib bo’lmaydi.

Shuning uchun siz reklama uchun ajratilgan mablag’ miqdorini oshirishingiz kerak, faqatgina reklama uchun sarflagan pulingiz haqida qayg’urishingiz kerak emas. To’g’ri reklama kompaniyasiga to’g’ri miqdorda pul sarflash orqali, kerakli natijalarni olishingiz yoki hech bo’lmaganda, siz to’playotgan ma’lumotlarga asoslangan natijangizni yaxshilashingiz mumkin. Sizning oylik xarajatlaringiz izchil bo’lishiga qaramay, siz umumiy samaradorlikni ham o’lchashingiz mumkin bo’ladi.

Sizning reklamani optimallashtirishga bo’lgan ehtiyojingizni hisobga olgan holda, bu yerda kichik biznes uchun eng yaxshi reklama strategiyalarini berib o’tmoqchimiz.

1. Tomoshabinni maqsad qilib qo’ying.

Kechirasiz-u, lekin sizga ma’lum bo’lgan mahsulot yoki xizmat hozirgi paytda har bir kishining ehtiyojlariga mos kelmaydi. Ko’plab kichik bizneslar maqsadli reklama onlayn-reklamaning asosiy afzalliklaridan biri ekanligini bilishlariga qaramasdan, maqsadli reklamalarni amalga oshirmaydilar.

Haqiqatda ham, to’plangan ma’lumotlar asosida aniq maqsadli mijoz profilini yaratishingiz kerak. Ushbu ma’lumot va sizning mavjud mijozlaringiz haqida bilgan narsalaringiz bilan siz ko’proq mijozlarni jalb qilish uchun mijozlaringiz bilan o’xshash demografik va psixografik ma’lumotlarga ega bo’lgan insonlarni topa olasiz.

Onlayn reklama qilasizmi yoki offlayn, reklamangiz banneridagi rasm siz bilan ishlashni istagan mijozlarning turini aks ettirishiga ishonch hosil qiling. Bu maqsadga erishishning kalitidir.

2. Reklamani o’lchash va kuzatib borish.

Ko’pgina kichik bizneslar ularning reklamasi aslida ishlayaptimi-yo’qmi bu haqida hech qanday tasavvurga ega emas.

Google AdWords va Facebook kabi onlayn reklama platformalari sizning reklamalaringiz bilan bog’liq keng miqyosli statistiklarni taqdim etadi va nima ishlaydi va nima ishlamasligini aniqlashga yordam beradi. Bu siz reklamangizni sinovdan o’tkazishingiz kerak emas degani emas, chunki sizning maqsadingiz mijozlaringizga mos tushadigan, ularning e’tiborini jalb qiladigan reklamani yaratish va bu vaqt talab qilishi mumkin, biroq bu siz kelgusida qiladigan reklamangiz uchun tez va to’g’ri qaror qabul qilishingizga yordam beradi.

Agar siz offlayn reklama qilmoqchi bo’lsangiz va sizning mijozlaringiz sizni qanday topayotganini va nima ishlayapti-yu nima ishlamayotganligini aniqroq tushunish uchun muayyan elektron pochta manzili yoki telefon raqamini o’rnatishingiz kerak. Bu sizga bir qancha qiyinchiliklarni tug’dirishi mumkin, biroq bashorat qilishni to’xtating.

3. Qachon e’lon qilishni biling.

Bir qarashda, yil bo’yi reklama va mablag’ni har oyda teng ravishda tarqatish oqilona va mantiqiy yondashuv kabi ko’rinishi mumkin.

Agar siz o’zingizning biznesingiz haqida o’ylab ko’rsangiz, unchalik katta bo’lmagan narsalarni qilayotganingizni anglaysiz. Butun yil davomida shu kabi marketing va reklama tashabbuslarini qo’llab-quvvatlash uchun hech qanday imkoniyat yo’q.

Agar siz mavsumiy mahsulotlarni sotayotgan bo’lsangiz, siz eng yuqori mavsumda reklama qilishingiz kerak. Ehtimol, bir oz oldinroq boshlashni va birozdan so’ng reklamangizni bir qismini ushlab turishni xohlashingiz mumkin.

Qora Juma va Rojdestvo, siz ishlayotgan biznes turiga qarab, eng yaxshi mavsum bo’lishi mumkin. Bu kunlar va / yoki boshqa bayramlar uchun qo’shimcha pul mablag’larini ajratish foydali bo’lishi mumkin.

Nihoyat, sizning raqobatchilaringiz o’zlarining katta aktsiyalarini qanday qilib ishga tushirishayotganligini e’tibordan chetda qoldirmaslik kerak. Agar sizda qo’shimcha reklama byudjeti bo’lsa, siz ulardan chaqqonroq bo’lishingiz yoki hatto o’zib ketishingiz ham mumkin.

4. Brend tovar.

Mijozlaringiz sizning tashqi ko’rinishingizga, rang tanlashingizga, tasviringizga, ramzingizga yoki yozuvga asosan reklamalaringizni darhol aniqlay oladimi? Agar bu savol bema’ni tuyiladigan bo’lsa, shunchaki asosiy brendlar va kompaniyalar nima qilayotganini ko’rib chiqing. Ko’pincha, ularning reklamalarini faqat foydalaniladigan ranglardan bilib olishingiz mumkin.

Vaqt o’tib, mijozlaringiz sizning reklamalaringiz tartiblarini aniqlashni va javob berishni boshlaydi. Har doim yangi reklama yaratganingizda markangizni o’zgartirishga to’g’ri kelishi mumkin, ammo bu uzoq vaqt davom etsa muvaffaqiyatsizlikka sababchi bo’lishi mumkin. Maqsadingiz, mijozlaringiz bo’lishi mumkin bo’lgan joylarda, maqsadli mijozlarga doimo tanish reklamalarni berish bo’lishi kerak.

Pastgi qismda: Brend tovar, va rasmingizni doim qo’yib boring. Nomni takidlash orqali o’zaro sadoqatni o’rnating.

5. Resurslaringizdan yaxshi foydalaning.

Qidiruvni tizimini optimallashtirishning muhimligini bilasiz, ammo sizning veb-saytingiz uchun doimo yangi, axborot mazmuni yaratish uchun resurslar va vaqt yo’q.

Bunga o’xshash vaziyatda siz uchun eng maqbul yo’l Google AdWords va Bing reklamalari kabi xizmatlardan foydalanishdir, natijada siz tanlagan kalit so’zlar bo’yicha qidiruv tizimini optimallashtirishsiz SERP natijalarida yuqori ko’rsatkichlarga erishasiz. Agar reklama uchun mablag’ bo’lsa-yu, biroq kontent yaratish uchun vaqt muammo bo’lsa, unda bu siz uchun qulay yo’l bo’ladi.

Agar sizda reklama uchun mablag’ kam bo’lsa, unda qimmatbaho jurnalda reklama qilish shart emas. Facebook-da reklama qilish, kundalik mablag’ingizni nazorat qilish imkoniyati borligi siz uchun ayni muddao bo’ladi.

Siz ega bo’lgan resurslarni holisona baholang va ularni biznesingizni rivojlantirishga yordam beradigan tarzda qo’llang.

6. To’g’ri joylarda ko’rsating.

Maqsadli mijoz haqida juda ko’p taxminlar qilish xavfli. Misol uchun, sizga yoqadigan muayyan radio ko’rsatuvi bo’lsa va sizning mijozlaringiz ham shunga o’xshash deb hisoblasangiz, unda siz qimmat bo’lgan radio reklamaga pul sarflash aqlli ish desangiz adashasiz.

Agar sizning reklamaga sarflanayotgan mablag’ingiz noto’g’ri joyga ketayotgan bo’lsa, siz pulingizni behuda sarflayapsiz. Aksincha, mijozlaringiz bilan tanishishingiz kerak. Shunday qilib, ularni tekshirib ko’ring. Qaysi joylarda internetga kirishni xohlayotganini, qaysi kitoblar va jurnallarni o’qishlarini, qanday podkast va radio tinglashlarini va shunga o’xshash narsalarni bilib oling.

Reklama sizning mijozlaringizning to’g’ri tushunchasi bilan uyg’unlashganda, sizning biznesingizga qo’shimcha qiymatlarni jalb qilishni boshlaysiz.

Xulosa

Reklama orqali monetizatsiya qilish uchun ko’p imkoniyatlar mavjud. Maqsadli mijozlar kimligini bilish, ular qayerda bo’lishni xohlashadi – va ularga o’xshagan odamlarni qayerdan topish mumkin – va resurslarni ushbu maxsus reklama kanallarga ajratish kalit yechimdir.

Reklama hech qachon befarq qoldirilmaydi. Siz uni qo’llashda strategik bo’lishingiz va marketing vaqtini to’g’ri belgilashingiz kerak.

MAQOLANI MASHHUR QILISHGA HISSANGIZNI QO'SHING

G'olib Avezov

Navoiy viloyati bizning vatanimiz, bu yerda tug'ildik, o'sdik va bilim oldik. Vatanimiz bizga juda ko'p narsalar berdi. Endi esa biz vatanimizga beraylik. Uni rivojlanishi uchun har birimiz o'z hissamizni qo'shaylik.

Buni ham o'qing

1428158201_1410213782_city2

Navoiyga kelishning 10 sababi

Bugunga kelib, Navoiy viloyati har tomonlama rivojlangan, obod hududga aylandi. Navoiy viloyati mamlakatimizda hududiy jihatdan ...

Fikr bildirish

Sizning email manzilingiz oshkor qilinmaydi. Majburiy bo'limlar * bilan belgilangan

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>