2018/09/21 8:58:33

Karmananing “Ko’hnaqo’rg’on” yodgorligi

loading...

Qadimiy Karmana Burquttepadan keyin Ko’hna­qurg’onda qad ko’targan. Ko’hnaqo’rg’onning shimoliy chegarasi Zarafshon daryosi qirg’oklarigacha, sharqiy chegarasi Mirzachorboqqacha, janubiy chegarasi Xonim konigacha (Xonim koni Toshkent ko’chasining shimol tomonida), g’arbiy chegarasi Navoiy avtoshohbekatigacha cho’zilgan.

1926 yilda Ko’hnaqo’rg’onda tug’ilgan Bozor bobo Mardonovning eslashicha, XX asr o’rtalarigacha ham Ko’hnaqo’rg’onda Toshmachit deb nomlangan machit bo’lgan. Toshmachit urushdan keyingi yillarda buzib olinib, yog’ochlari yangi qurilgan molxonalarga ishlatib yuborilgan. Bir gumbazli Toshmachitga taxminan 500 kishi sig’gan. Machitning uchta darvozasi bo’lgan. Unda to’ylar ham o’tkazilgan. Shuningdek, Ko’hnaqo’rg’onda “Tillakori” machiti vayronalari ham bo’lgan.

Ko’hnaqo’rg’onning maydoni taxminan 25 gektar bo’lib, devori uzunligi 3,5—4 km atrofida, balandligi 9 paxsa, 7—8 metr, tagining qalinligi 4,5—5 metr, tepasi 2—2,5 metrni tashkil qilgan. Uning ustidan balandligi 2 metr, 50—60 santimetr qalinlikda qung’urador zirhli devor ham qilingan. Zirhli devorning har 5 metrida 30×30 sm li shinaklar bo’lgan. Har 50—60 metrida tugarak shaklida, dia­metri 7—8 metr keladigan burj — guldasta yasalgan. U devorni mustahkam saqlagan. Burj ustida ko’rg’on qorovullari o’tiradigan joy bo’lgan. Devorning usti ikki odam bemalol yura oladigan kenglikda bo’lgan. Ko’hnaqo’rg’onning ikkita darvozasi — oftob darvozasi (janub tomonda, hozirgi O’qituvchilar malakasini oshirish instituti yonidagi ko’chadan kelib, Xonim konidan o’tgandan so’ng) va suv darvozasi (shu kuchaning adog’ida, daryo labida) bo’lgan. Suv darvozasi yonida yog’och bozor ham bo’lgan. Taxta, yog’ochlar daryodan oqizib kelingan va shu yerda to’xtatib olinib, sotilgan.

Bozor boboning eslashicha, qo’rgon markazida tepalik joy — chordevor (tashlandiq saroy o’rni) bo’lgan. Bolalar shu tepalikda mol boqqan. Mahalliy xalq bu joyni Ark deb atagan. Uning o’rni 3 tanob (chorakam bir gektar). Bu joylar ham 1958—1960 yil- larda tekislab yuborilgan. Xozir bu yer aholiga hovli- joy uchun berib yuborilgan. Mahalliy xalq Ark deb atagan tepalik, fikrimizcha, tabiiy tepalik bulib, bu joyda o’sha davrdagi shahar hokimining katta saroyi bo’lgan. Keyinchalik u buzilib, o’rni chordevor bo’lib qolgan. Hozirgi paytda shu joyda imorat qurayotgan kishilarning aytishicha, yerning ustki qismida, 60—70 sm qalinlikdagi qatlamda eski sopol siniqlari, Abdullaxon g’ishti deb ataluvchi pishiq g’isht siniqlaridan boshqa hech narsa yo’q. 70 sm.dan keyin esa toza tuproq chiqadi. Shunga qaraganda, bu joyda Ark bo’lgan degan taxminlar to’g’ri emas.

Ko’hnaqo’rg’on g’arbiy devorining orqasida Boyi Pirvon (Tupotar) mozori bo’lgan. Bu mozorga urush yillarida (1941 — 1945) ham o’lik ko’milgan. 1970 yillarda mozor buzib yuborilgan. Bu joy ham hozirgi vaqtda aholiga hovli-joy uchun berib yuborilgan. Ko’hnaqo’rg’on sharqiy devorining orkasida esa “Sul- ton Sufi” mozori, undan nariroqda, hozirgi “Mirzachorbog”ning shimol tomonida “Ko’kyo’taltepa” mozori mavjud.

Ko’hnaqo’rg’onlik aka-uka Bo’ron va Bahodir Jurayevlarning aytishiga karaganda, ular 1962—1963 yillarda, hozirgi uylariga ko’chib kelishganidan keyin, Ko’hnaqo’rg’on devorlari ustida o’ynab yurishgan. Devorning yuz tomoni janubga qaragan, zirhli devor ham katta devorning janub tomoni ustida bunyod etilgan, zirhli devordagi shinaklar shimoldan janubga qarab kengaytirilgan, ya’ni tuynukning ichkari (shimol) tomoni torrok, tashqari (janub) tomoni kengroq bo’lgan.

Zamon o’tishi bilan daryo o’zanini Ko’hnaqo’rg’on tomon o’zgartirgach, xon va amirlar o’z manzillarini yuqoriga, hozirgi Karmana shahri o’rniga ko’chirganlar. Avvalgi manzillarini esa Ko’hnaqo’rg’on deb ataganlar. Ko’hnaqo’rg’onning asosiy qismi daryo yoqasida tashlandiq holga kelib qolgandan so’ng, jamoa xo’jaligi (kolxoz) bu yerni paxta dalasiga aylantirib yuborgan. Bu joylar 1980 yillardan boshlab aholiga taqsimlab, uy-joy qurish uchun berilgan. Bu joylar hozir ham Karmana shahrining Ko’hnaqo’rg’on mahallasi deb yuritiladi.

Ko’hnaqo’rg’on devorlarining o’rnini bugungi kunda ham yerning geologik ko’rinishiga qarab aniqlasa bo’ladi.

“Karmana qadimiy diyor” kitobidan.

MAQOLANI MASHHUR QILISHGA HISSANGIZNI QO'SHING

G'olib Avezov

Navoiy viloyati bizning vatanimiz, bu yerda tug'ildik, o'sdik va bilim oldik. Vatanimiz bizga juda ko'p narsalar berdi. Endi esa biz vatanimizga beraylik. Uni rivojlanishi uchun har birimiz o'z hissamizni qo'shaylik.

Buni ham o'qing

6

Nurota sayyidlari

Sayyidlar- Muhammad payg‘ambar avlodlarining faxriy unvoni bo‘lib barcha musulmon mamlakatlarida alohida tabaqa sifatida izzat-hurmatga ega ...

Fikr bildirish

Sizning email manzilingiz oshkor qilinmaydi. Majburiy bo'limlar * bilan belgilangan

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>