2018/04/21 12:59:13

Karmana tumani haqidagi hayotiy faktlar

loading...

karmanaKarmana tumani – Navoiy viloyatidagi tuman. 1926 yil 29 sentyabrda tashkil etilgan. Zarafshon daryosining quyi qismi sohilida joylashgan.

1962 yildan Navoiy tumani deb yuritilgan. 1980 yilda Navoiy tumanidan Navbahor tumani ajralib chiqqan.

1988 yilda qayta qoʻshilgan. 1992 yildan yana alohida tuman boʻlgan. 1999 yil Karmana shahri hududi Navoiy shahri tarkibiga (Karmana tumani sifatida) kiritildi. 2003 yil dekabrda Navoiy tumani nomi Karmana tumani deb oʻzgartirildi va Karmana shahri tuman markazi sifatida belgilandi.

Tuman shimoldan Navbahor, Konimex, gʻarbdan Qiziltepa tumanlari, sharq va jaubdan Samarqand viloyati bilan chegaradosh. Karmana tumani hududi Navoiy shahri atrofini hamma tomondan oʻrab olgan. Tumanda 1 shahar (Karmana), 1 shaharcha (Malikrabot), 6 qishloq fuqarolari yigʻini (Doʻrmon, Jaloyir, Narpay, Uyrat, Yangiariq. Hazora) bor. Maydoni 0.95 ming km².  Ahodisi 94473 kishi (2005). Markazi — Karmana shahri (2003 y. dekabrdan).

Tabiati. Karmana tumani hududi Zarafshon daryosi vohasining oʻrta qismida, viloyatning janubiy-sharqida joylashgan. Tuman yer yuzasi, asosan, past tekislikdan iborat. Zarafshon daryosi vodiysiga yaqin yerlarda qadimiy quruqdaryo oʻzanlari va adirlar orasidagi qatlamlarda chuchuk suv zaxiralari bor. Tuman seysmik zonada joylashgan. Yer yuzasi Zarafshon daryosi va gʻarbga tomon qiya. Iqlimi keskin kontinental. Yozi quruq- issiq, qishi sovuq. Yillik oʻrtacha harorat 15 °C. Yanvarda oʻrtacha harorat 0,4 °C, iyulda 28,9 °C. Yillik yogʻin 100–200 mm. Vegetatsiya davri 212 kun. Tumandagi sugʻoriladigan yerlar, asosan, Zarafshon daryosi va qisman Amu — Buxoro mashina kanalining Navoiy kanali shoxobchasidan sugʻoriladi. Kasaba, xonim, Narpay kanallari suvidan ham foydalaniladi. Karmana gidrouzeli qurilgan (1973). Tuproqlari, asosan, madaniylashgan, oʻtloqi, sur-qoʻngʻir. shoʻrtob, tuproqlar oʻzlashtirilgan zonada avtomorf va yarim gidromorf tuproqlar tarqalgan. Yovvoyi oʻsimliklardan jiyda, tol, oq va qora sakso-vul, yantoq, yulgʻun, shuvoq, isiriq, juzgʻun, cherkez, quyonsuyak, segin, iloq, qamish, shoʻra, yetmak, jingil va b. oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan tulki, chiya-boʻri, yumronqoziq, qoʻshoyoq, oʻrgimchaklar, toshbaqa, tipratikan, kaltakesak, turli xil ilonlar; qushlardan xoʻjasavdogar, oʻrdak, loyxoʻrak, mayna, qargʻa, hakka, musicha, chumchuq va b. bor. Yaylovlarida qorakoʻl qoʻylari boqiladi.

Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, tojik, rus, tatar, qozoq va b. millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km²ga 100 kishi. Shahar aholisi 28216 kishi, qishloq aholisi 66257 kishi.

Xoʻjaligi. Tuman xoʻjaligi, asosan, qishloq xo’jaligiga ixtisoslashgan. Chorvachilik (shu jumladan, qorakoʻlchilik), pil-lachilik, sabzavotchilik, polizchilik bilan ham shugulaniladi. “Ipak qurti urugi”, “Navoiypilla” korxonalari, paxta tozalash zavodi, “Sardobaparranda” fabrikasi, “Agrouniversal” korxonasi bor. “Navoiy — Ural” Uzbekiston — Rossiya, “Grantekstil” Amerika — Oʻzbekiston — Afgoniston qoʻshma korxonalari ishlab turibdi. 1,6 mingdan ziyod oʻrta va kichik biznss subʼyektlari faoliyat koʻrsatadi. Shuningdek Karmana tumanining Malikrabot qo’rg’onida 2009-yilda “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi tashkil etildi. U yerda ko’plab kichik zavod va fabrikalar ish boshladi. Bu zavod va fabrikalarda asosan avtomobilsozlik, elektr-energetika va boshqa ko’plab sohalarga tegishli maxsulotlar ishlab chiqariladi.

Qishloq xo’jaligida sugʻoriladigan yerlar 22 ming ga, ekinzorlar 17657 ga, shu jumlalan, 7770 ga yerga paxta, 7585 ga yerga don, 563 ga yerga sabchavot, I 19 ga yerga poliz ekinlari, 180 ga yerga kartosh-ka, 1440 ga yerga yem-xashak ekinlari ekiladi (2004). Tokzor, tutzor, boglar, yaylovlar, oʻrmon xoʻjaligi mavjud. Tuman jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida 31283 qoramol (shundan, 15207 sigir), 54346 qoʻy va echki, 338065 parranda, 292 yilqi boqiladi. Shir-kat, fermer xoʻjaliklari, agrofirma, fermer xoʻjaliklari uyushmalari faoliyat koʻrsatadi.

Asosiy transport vositasi — avtomobil transporti. Navoiy — Uchquduq temiry yo’li tuman hududini kesib oʻtadi. Karmana tumanida Navoiy xalqaro aeroporti joylashgan. Tumanda 28 umumiy taʼlim maktabi (21953 oʻquvchi), internat maktabi, sanʼat maktabi, 3 kasb-hunar kolleji (3410 oʻquvchi), 1 markaziy, 28 jamoat, 1 bolalar kutubxonalari, madaniyat saroyi, 8 klub muassasasi, “Yoshlik” madaniyat va istirohat bogʻi bor. Sport majmuasi, stadion, tennis korti va b. sport inshootlari mavjud. Tuman markaziy kasalxonasi, 19 ambulatoriya — poli-klinika, 20 dorixona va b. tibbiy muassasalarda 133 vrach, 603 oʻrta tibbiy xodim ishlaydi. Meʼmoriy yodgorliklardan Mir Said Bahrom maqbarasi (11-a.), Qosim Shayx xonaqosi (16-a.), raboti Malik karvonsaroy va sardobasi (11-asr) saqlangan. “Karmana ovozi” tuman gaz. chiqariladi (adadi 1000).

 

MAQOLANI MASHHUR QILISHGA HISSANGIZNI QO'SHING

G'olib Avezov

Navoiy viloyati bizning vatanimiz, bu yerda tug'ildik, o'sdik va bilim oldik. Vatanimiz bizga juda ko'p narsalar berdi. Endi esa biz vatanimizga beraylik. Uni rivojlanishi uchun har birimiz o'z hissamizni qo'shaylik.

Buni ham o'qing

6

Nurota sayyidlari

Sayyidlar- Muhammad payg‘ambar avlodlarining faxriy unvoni bo‘lib barcha musulmon mamlakatlarida alohida tabaqa sifatida izzat-hurmatga ega ...

Fikr bildirish

Sizning email manzilingiz oshkor qilinmaydi. Majburiy bo'limlar * bilan belgilangan

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>