2018/12/11 3:06:18

Karmana qo‘rg‘on devorlari va darvozalari

loading...

Mirsaid_BahromTarix fanlari nomzodi, arxeolog Muhitdin Xo’janazarov 1999—2002 yillardagi arxeologik qazishma natijalariga asoslanib aytishicha, qadimiy Karmana Burquttepaning sharq tomonidan boshlangan.

Burquttepa vayron qilingandan so’ng (miloddan avval) hukmdorlar o’z qo’rg’onlarini Zarafshon daryosi qirg’oqlariga yaqin joyga qurganlar. Daryo shamoli tufayli bu qo’rg’on g’oyat xushhavo bo’lgan. Qo’rg’onni har xil yirtqich hayvonlardan va dushmandan himoya qilish maqsadida atrofi devor bilan o’ralgan (bu joy hozir Ko’hnaqo’rg’on deb yuritiladi). Keyinchalik bu joydan janubroqda yangi Ark qurilgan va uning atrofi ham qo’rgondevor bilan o’rab olingan. Shu tariqa qadimiy Karmana butunlay qo’rg’ondevor bilan o’rab olingan. Demak, Karmana shahri Burquttepaning shimoli-sharqidan boshlab rivojlanib, Zarafshon daryosi qirg’oqlarigacha yastanib borgan.
Qadimiy Karmana qo’rg’oni devorining uzunligi 11—12 km ni tashkil etgan. Devor paxsadan bo’lib, tagining qalinligi 4,5—5 metr, tepasi 50—60 santimetr, balandligi 9—10 metr bo’lgan. Devorning tepasida kungurador zirhli devorlar ham bo’lgan. Bu devorni chiroyli ko’rsatish bilan birga, uning mudofaasiga ham xizmat qilgan. Devorda uzunasiga har 50—60 metrda to’garak shaklida burj yasalgan. U devorni mustahkam saqlagan.
Karmana qo’rg’oni devorlariga uchta darvoza o’rnatilgan. Bular Buxoro, Samarqand va Nasaf (Qarshi) darvozalaridir. Buxoro darvozasi hozirgi Navoiy avtoshohbekati o’rnida, Samarqand darvozasi dozirgi dehkon bozorining sharq tomondagi darvozasi o’rnida, Nasaf darvozasi esa Karmana bosmaxonasi o’rnida bo’lgan. Devor va darvozalar Qoraxoniylar, Xorazmshoh Otsiz, Chingizxon tomonidan vayron qilingan. Ammo Abdullaxon II davrida ular qayta tiklangan. Sovet davriga kelib devor va darvozalar yo’qotib yuborilgan.

“Karmana qadimiy diyor” kitobidan.

MAQOLANI MASHHUR QILISHGA HISSANGIZNI QO'SHING

G'olib Avezov

Navoiy viloyati bizning vatanimiz, bu yerda tug'ildik, o'sdik va bilim oldik. Vatanimiz bizga juda ko'p narsalar berdi. Endi esa biz vatanimizga beraylik. Uni rivojlanishi uchun har birimiz o'z hissamizni qo'shaylik.

Buni ham o'qing

6

Nurota sayyidlari

Sayyidlar- Muhammad payg‘ambar avlodlarining faxriy unvoni bo‘lib barcha musulmon mamlakatlarida alohida tabaqa sifatida izzat-hurmatga ega ...

Fikr bildirish

Sizning email manzilingiz oshkor qilinmaydi. Majburiy bo'limlar * bilan belgilangan

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>