2018/10/16 9:43:03

Karmana nomining kelib chiqish tarixi

loading...

qosimshayxKarmana Buyuk Ipak yo‘lida joylashgan tarixiy shaharlardan biri. Bu joy mang’itlardan Sayyid Amir Abdulaxadxon, Amir Olimxon kabi hukmdorlar kindik qoni to‘kilgan, Mir Sayyid Baxrom, Mavlono Orif Deggaroniy, Qosim Shayx Azizon, Xo‘ja Xisrav va boshqa ko‘plab piri komillar yashab o‘tgan tarixiy maskan. Bundan tashqari, Karmana Soxibqiron Amir Temur, uning o‘gillari Jaxongir Mirzo va Shoxrux Mirzo, nevaralari Ulugbek Mirzo, Bobur Mirzolar qadami tekkan, Mirzo Ulugbekning shogirdi, falakiyot ilmining buyuk namoyandalaridan Ali Kushchi ta’lim olgan ma’naviyat va ma’rifat beshiklaridan biridir.
Mirsaid_BahromO‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning tashabbusi bilan kadimiy Karmana o‘z qaddini tiklamoqda, tarixiy obidalar ta’mirlanmoqda, yo‘llar obodonlashtirilib, kundan-kunga chiroy ochmoqda. Lekin amalga oshirilgan bu ishlar qadimiy va go‘zal Karmana uchun hali oz. Karmana tarixini chuqur o‘rganish, uning haqiqiy yoshini aniqlash, qadimiy shuxratini tiklash va uni yanada obod maskanga aylantirish vazifasi oldimizda turibdi. Ishonamizkiy, yaqin kelajakda bu masalalar ham o‘z yechimini topadi.Raboti_MalikKarmana Buyuk Ipak yo‘li ustida, Zarafshon daryosining so‘l kirg’ogida, Samarqanddan 180 km g’arbda, Buxorodan 110 km sharqda joylashgan qadimiy go‘zal go‘shadir. Karmana shimol tomondan Nurotaning Koratog’ tizimlari, shimoli-g’arbda Qizilqum, janubda esa Ziyovuddin-Zirabulok tog’ tizimlari, sharqda xosildor bog’lar bilan o‘ralgan, geografik jihatdan juda qulay joylashgan. Tarixchi Abu Bakr Muxammad ibn Ja’far Narshaxiy “Buxoro tarixi” kitobida Buxoroning birinchi qishlogi sifatida Karmanaga shunday ta’rif bergan: “Karmina Buxoro qishloqlari jumlasidan bo‘lib uning suvi Buxoro (Zarafshon) suvidan keladi, xiroji Buxoro xirojiga qo‘shiladi. Uning o‘ziga tegishli alohida bir qishlok ham bor. Unda masjidi jome barpo etilgan. Karminada adibva shoirlar ko‘p bo‘lgan. Masalda aytilishicha, qadim vaqtlarda Karminani “Bodyayi Xo‘rdak” (Dashdagi ko‘zacha) deb ataganlar. Buxorodan Karminagacha o‘n to‘rt farsangdir ”.Taniqli geogrif olim, atamashunos Suyun Qorayev Karmanani “Xarimankent”, ya’ni “Katta manzilli kent” shaklida tilga olgan. Rivoyatlarga qaraganda, makedoniyalik Aleksandr Buxoro yerlarini bosib olib, Nur (Nurota) qal’asidan Zarafshon daryosi tomon kelayotgan, baland qir ustidan daryo soxilidagi go‘zal, xush manzara kent (ko‘rgon) ni ko‘rib, unga maxliyo bo‘lib, “Karmeno” (“Karmen” grekcha so‘z bo‘lib, “go‘zal” degan ma’noni bildiradi) deb yuborgan ekan. Shundan so‘ng, bu joy Karmina deb atala boshlangan ekan.  Boshqa manbalarga qaraganda, arablar bu joylarni ko‘rib, “Ka Arminiya”-“Armanistonga o‘xshash go‘zal joylar”-deb nomlagan ekanlar. Bu qarashlar xozircha taxmin, albatta.Karmana tarixini o‘rganishga bag’ishlab Navoiy shahrida 1999 yil 17 aprelda o‘tkazilgan “Karmana va uning Markaziy Osiyoda tutgan o‘rni” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumanida tarix fanlari doktori, akademik A.Muxammadjonov «Karmana» atamasiga quyidagicha ta’rif beradi: “Karmana” – aslida sug’dcha so‘z bo‘lib, “Xar-man-a” shaklida bo‘lgan. “Xar-katta, man-manzil” – degan so‘zlardan olingan bo‘lib, “Katta manzil” degan ma’noni anglatadi. Yoki shu anjumanda tarix fanlari doktori, professir M.Isxokovning aytishiga karaganda, Karmana miloddan avvalgi birinchi ming yillikda paydo bo‘lgan.SardobaKarmana avvval “Xar-miyona” shaklida bo‘lgan. “Xar-katta, ulug, miyona- o‘rtasi” – degan sugdcha so‘zlardan olingan bo‘lib, “Katta, ulug yo‘lning o‘rtasi” – degan ma’noni ham anglatadi. Karmina dastlab 712 yilda eronlik muarrix Abu Ja’far Muxammad ibn Jarir at-Tabariyning ”Ta’rix ar-rusul val-mulk” («Payg’ambarlar va hukmdorlar tarixi») nomli asarida tilga olingan. Noma’lum muallif tomonidan 983 yilda yozilgan “Xudud ul-olam” («Olam chegaralari») nomli asarda ham Karmina nomi uchraydi. Bu kitobda Karmana Buxorodan Samarqandga boradigan yo‘l ustiga joylashgan obod, suvi ravon, noz-ne’matlarga boy, odamlari mehmondo‘st bo‘lgan joy sifatida ta’riflangan. Bundan tashqari, Karmina nomi Ibn Arabshoxning “Amir Temur tarixi”, Mirzo Ulugbekning “To‘rt ulus tarixi”, Sharafuddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma”, Mirzo Boburning “Boburnoma”, Xofiz Tanish Buxoriyning “Abdullanoma”, Abu Toxirxuja Samarqandiyning “Samariya”, Mir Muxammad Buxoriyning “Ubaydullanoma”, Muxammadyor Ibn Katagonning “Musaxxir ul bilod”, Abduraxmon Tole’ning “Tarixi Abulfayzxon”, Xazrati Olim Shayx Azizonning “Lama’ot min nafoxat ul kuds”, Muxammad Vafo Karminagiyning “Tarixi Raximxoniy”, Mirzo Somiyning “Tarixi Salotini Mangitiya”, Said Muxammad Nosirning “Tuxfat az zoirin” risolalari va boshka ko‘plab asarlarida uchraydi. Karmina nomining bunday mashxur kitoblarda uchrashi uning mavkei baland bo‘lganligidan dalolatdir.Kadimgi tarixiy kitoblarning aksariyatida Karmana nomi “Karmina” shaklida yozilgan. U keyinchalik “Karmana”, sovet davrida rus tiliga moslanib, “Kermine” shaklini olgan.

“Karmana qadimiy diyor” kitobidan.

MAQOLANI MASHHUR QILISHGA HISSANGIZNI QO'SHING

G'olib Avezov

Navoiy viloyati bizning vatanimiz, bu yerda tug'ildik, o'sdik va bilim oldik. Vatanimiz bizga juda ko'p narsalar berdi. Endi esa biz vatanimizga beraylik. Uni rivojlanishi uchun har birimiz o'z hissamizni qo'shaylik.

Buni ham o'qing

6

Nurota sayyidlari

Sayyidlar- Muhammad payg‘ambar avlodlarining faxriy unvoni bo‘lib barcha musulmon mamlakatlarida alohida tabaqa sifatida izzat-hurmatga ega ...

Fikr bildirish

Sizning email manzilingiz oshkor qilinmaydi. Majburiy bo'limlar * bilan belgilangan

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>