2018/10/20 5:26:32

Karmana arxeologlar nazarida-Burquttepa

loading...

Mirsaid_BahromBurquttepa Karmananing eng kadimiy joylaridan biri, hozirgi Karmana shahridan 1 km sharqda, Buxoro — Samarkand yulining o‘ng tomonida, Burxon Esonov nomli maktabning yonida joylashgan. Karmana shahrining yoshini aniqlash maqsadida 1999— 2002 yillarda bu yerda arxeologik qazishma ishlari olib borildi. Bu ishga Samarqand arxeologiya insti¬tut katta ilmiy xodimi, tarix fanlari nomzodi Muhiddin Xo‘janazarov boshchilik qildi. Hozirgi Karmanada uning yoshini aniqlashda xizmat qilishi mumkin bo‘lgan birorta ham qadimiy yodgorlik saqlanib qolmagan, ark va boshka ko‘plab tarixiy obidalar sovet tuzumi davrida yo‘qotib yuborilgan. Karmana yoshini aniqlashda Burquttepagina dalil bo‘lishi mumkin. Arxeologik qazishma davrida Burquttepadan miloddan avvalgi V—IV asrlarga oid topilmalar topildi. Topilmalar ichida, miloddan avvalgi IV—III asrga oid xum diqqatga sazovordir. Uning bo‘yi taxminan 90 sm, tubining diametri 30 sm, qornining diametri 75 sm, og‘zining diametri 60 sm ga teng. Bu xum viloyat tarixiy o‘lkashunoslik muzeyida saqlanmoqda. Burquttepaning o‘zi katta bir qo‘rgon bo‘lgan ligi aniqlandi. Bu esa qadimgi Karmana Burquttepada bulganligidan dalolat beradi.
Sovet davrida Burquttepani buldozer bilan surib tashlashga harakat qilindi. Ammo mo‘jiza tufayli uning bir kismi saqlanib qolgan.

“Karmana qadimiy diyor” kitobidan.

MAQOLANI MASHHUR QILISHGA HISSANGIZNI QO'SHING

G'olib Avezov

Navoiy viloyati bizning vatanimiz, bu yerda tug'ildik, o'sdik va bilim oldik. Vatanimiz bizga juda ko'p narsalar berdi. Endi esa biz vatanimizga beraylik. Uni rivojlanishi uchun har birimiz o'z hissamizni qo'shaylik.

Buni ham o'qing

6

Nurota sayyidlari

Sayyidlar- Muhammad payg‘ambar avlodlarining faxriy unvoni bo‘lib barcha musulmon mamlakatlarida alohida tabaqa sifatida izzat-hurmatga ega ...

Fikr bildirish

Sizning email manzilingiz oshkor qilinmaydi. Majburiy bo'limlar * bilan belgilangan

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>