2018/10/15 10:40:59

Kanpirak devori

loading...

kanpirakQiziltepa tumanining shimoli-sharqiy, janubi-g’arb tomonidagi mavzelarda er sathi tepasidan aniq-ravshan ko’rinib turuvchi, uzoq masofalarga cho’zilib ketgan sun’iy  tuproqqo’rg’on  qoldiqlari yastanib yotibti.

Bu inshoot Karmana tumani markazi chegarasidagi Qoratoq o’ngirlaridan boshlanib, Zarafshonning chap qirg’og’i bo’ylab, sharq-g’arb tomonga yo’nalgan. Abu Muslim kanalining chap qirg’og’i bo’ylab, tuman markazidagi  Qiziltepa  yodgorligi  tomon yo’nalishini davom  ettiradi va undan janubi-g’arbga, so’ngra janubga yo’nalib, Kogon tumanining janubi-sharq qismida o’z nihoyasiga etadi.

Mahalliy aholi tilida ushbu mahobatli  sun’iy qurilish istehkomi “Kampirdevol” deb ataladi. O’rta Osiyo mudofaa istehkomlari  me’morchiligining nodir namunasi hisoblangan bu inshoot tarihi Buhoro vohasi halqlari tarihi bilan chambarchas bog’liq bo’lib, arheologlar va tarihchilar  tomonidan u “voha devori” deb atalgan. Kanpirak devori nafaqat alohida joylashgan bir turkum shahar va qishloqlar mudofaasi uchun, balki  ulkan madaniy hudud, butun bir voha  mudofaasi  maqsadlari yo’lida  hizmat qilgan. U o’zining me’moriy-qurilish usullari bilan jahonga mashhur Buyuk Hitoy devorini eslatadi. Samarqand shaqri va uning tevarak-atrofini o’rab turgan qiyomat devori (Devori qiyomat) ham unga o’hshashdir.

Hozirgi paytda O’zbekiston tarihi fanida Kanpir devor (Devori kanpirak) atamasi O’rta Osiyoda dehqonchilik vohalarini ko’chmanchilar hujumidan himoya qilish maqsadida barpo etilgan mudofaa inshootlari tizimini anglatadi. “Kanpir devor” so’zining ma’nosi qazilgan choh demakdir. Talaffuzda “n” bilan “m” almashuvi kuzatiladi. “Pir” bo’g’ini esa qadimgi payrya – aylana, o’rov ma’nosida. Demak, kan(m)pir so’zining o’zi handakli devor degani. Devor so’zi kanpir so’zining tub ma’nosi unutilganda qo’shilgan.

Arheolog va tarihchi olimlar O’tkir Alimov va Mirsodiq Ishoqovning fikricha, ilk o’rta asrlarda mintaqada Buhoro vohasidan tashqari to’rtta Kanpirak devori mavjud bo’lgan. Birinchi Kanpirak devori yuqorida aytilganidek qadimgi Buhoro vohasidagi shahar-qishloqlarni o’rab olgan mudofaa devori. Narshahiyning “Buhoro tarihi” asaridagi ma’lumotga ko’ra, Kanpirak devori 782 – 831 yillarda qurilgan. Arab tarihchisi va sayyohi Mas’udiy (956 yil vafot etgan)ning yozishicha, Kanpirak devori qadimgi Sug’d podsholari zamonida (V – VI asrlar) bino qilingan. Shuni ta’kidlab o’tish kerakki, Narshahiy ma’lumoti bu devorning qayta tiklangan davriga to’g’ri keladi. Kanpirak devori harobalarini arheologik jihatdan o’rganish yozma manbalardagi ma’lumotni to’la tasdiqladi. Mas’udiy habar qilgan dastlabki ko’hna devor Narshahiy yozgan Kanpirak devoriga qaraganda ancha kichik maydonni egallagan. U sun’iy marza qolda saqlangan. Bu devorning uzunligi 336 km bo’lgan.

qadimgi Sug’d vohasini o’rab olgan ikkinchi Kanpirak devori VIII asr ohiri – IX asr boshlarida bino qilingan bo’lib, uning uzunligi 120 km. Uchinchi Kanpirak devori qadimgi Usrushona vohasini o’rab olgan. Bu devorlar sun’iy ko’tarma holda saqlangan. To’rtinchi Kanpirak devori qadimgi Farg’ona vodiysining ?arbida VIII asr ohiri – IX asr boshlarida bino qilingan. Beshinchi Kanpirak devori qadimgi Toshkent vohasini shimol tarafdan o’ragan bo’lib, Ho’jakentdan Sirdaryogacha cho’zilgan.

VIII – IX asrlarda O’rta Osiyoda arablar hukmronligi davrida Buhoro, Sug’d va Usrushona vohalari atrofidagi Kanpirak devorlar bir-biri bilan tutashtirilib, yagona mudofaa tizimi vujudga keltirilgan. Bu devorlar ko’chmanchi qabila va elatlarning o’troq dehqonchilik vohalariga bosqinchilik va talonchilik yurishlariga qarshi to’siq hosil qilish uchun bino etilgan. Ularning yo’nalish chiziqlari Buhoro, Markaziy Sug’d, Usrushona, Toshkent va G’arbiy Farg’ona vohalarining VIII – IX asrlardagi obod erlari chegaralari va katta-kichikligini aniqlashga yordam beradi. 

  Buhoro Sug’diga qarashli Karmanadan cho’l hududi bo’ylab hozirgi Kogon tumani markazigacha, shuningdek, shimoli-g’arb, shimol va shimoli-sharg’ tomondan Buhoro vohasi mudofaa devori bilan o’rab olingan. Devor  shimoli-g’arbda  Varahsha (Jondor tumani), undan Subuktepa, Bo’rontepa (Romitan), Ho’jasultepa (Peshko’) sarhadlari bo’ylab o’tib, Shofirkon kanali chap qirg’og’i bo’ylab o’tgan va Abu Muslimtepaga borib tutashgan. Shuningdek, hazora darasi bo’ylab yana bir ko’tarma devor Konimeh vohasini kesib o’tgan va Karmana tumani markazida Qoratovga borib taqalgan.

Qorako’l vohasi tarkibidagi qadimgi Paykent shahri atroflarida mudofaa devori bo’lmagan. Uning o’rnida mudofaa qudrati oshirilgan ko’p sonli karvonsaroylar bunyod etilgan. Chorvador qabilalarning bosqinchilik yurishlari kuchaygan an’anaviy kuzgi-qishki mavsumlarda Buhoro vohasi qishloqlaridan ko’plab yosh jangchilar talonchilarning hujumlariga qarshi  turishgan.

Kanpirak devori yo’nalishining har bir farsah (6-8 km) masofasida  shahar yoki qishloqlar, shuningdek, rabotlar bunyod etilgan va bu aholi manzillari bir vaqtning o’zida chegara qo’rg’onlari vazifasini ham bajargan. Qiziltepa tumani hududida  Qiziltepa shahar yodgorligidan tashqari SHaqri Vayron (Tavois shahrining o’rni), Oqsochtepa, Lavandoq kabi istehkomlar joylashgan. Shuningdek, har bir qo’rg’on va devor bilan o’rab olingan hudud uchun mahsus darvozalar, qo’rg’onlar orasida bir chaqirimdan kamroq masofada harbiy burjlar qurilgan. Demak, Kanpirak devor ko’p tarmoqli, qudratli mudofaa devori sifatida faoliyat ko’rsatgan.

Kanpirak devori harobalarida N.F.Sitnyakovskiy, A.YU.Yakubovskiy, A.V.Shishkin, H.Muhammedov va boshqa arheologlar tomonidan o’tkazilgan tadqiqotlarda devorning hozirgi Qiziltepa tumanidan o’tuvchi qismida quyidagi natijalarga kelindi:

- inshootning tag zamini  shahal aralashgan tuproqdan iborat bo’lib, eni 13 metr ekanligi;

- devor asosan pahsadan, ayrim joylari qisman to’g’ri to’rtburchak shaklidagi yirik hajmli hom g’ishtlardan ko’tarilganligi;

- devor  qurilishi haqitatan ikki bosqichda amalga oshirilgani;

- ikkinchi bosqichda ham ayrim o’zgarishlarni hisobga olmaganda avvalgi o’rnida saqlab qolingani aniqlangan.

So’nggi yillardagi arheologik tadqiqiotlar devor qurilishining ilk bosqichi – V asrning ohiri va VI asrning birinchi yarmi bilan bog’liqligini isbotladi.

Milodiy eraning V asrida O’rta Osiyo, SHarqiy Turkiston, Afg’oniston va Shimoliy Hindistonning katta qismida qudratli Eftaliylar davlati tashkil topadi. Bu davlat manbalarda Oq hunnlar davlati deb ham aytiladi. Ko’pchilik tadqiqotchilarning fikricha, eftaliylar Sirdaryo vodiysida istiqomat qilgan, dastlabki hayoti ko’chmanchi chorvador qabila tarzida bo’lgan, keyinchalik janub tomonga yo’nalishgan. Bu davlatga eftaliylar, eftalitlar, haytallar, abdallar, ye-da kabi turli nomlar bilan aytilgan Eftaliylar qabilalari ittifoqi asos solgan. 420-579 yillarda faoliyat ko’rsatgan Eftaliylar turkiy davlatining poytahti avval Buhoro yaqinidagi Poykend va Varahsha shaharlari, so’ngra Hindistondagi SHakala shahri (hozirgi Sialkat) bo’lgan. 

VI asrning boshlari va o’rtalarida Eftaliylar davlati uchun eng katta havf Eron Sosoniylar davlati va Buyuk Turk hoqonligi tomonidan solinmoqda edi. Aynan shu sabablar Kanpirak devori qurilishiga turtki bo’lgan. Milodiy eraning 563-567 yillari orasida Buhoro ostonasida turklar bilan eftaliylar o’rtasidagi jangda eftaliylar maqlubiyatga uchragan va Eftaliylar davlati 579 yilda butunlay barham topgan.

Kanpirak devor Buhoroning V-VI asrlardagi chegaralarini aniqlab beruvchi yagona inshoot  sifatida qadrlanadi. Bu ulkan hudud o’sha davrda  eng an’anaviy, mumtoz davlatchilik kurtaklari mavjud bo’lgan yirik madaniy o’lka sifatida faoliyat ko’rsatgan.

Turk hoqonligi davrida devorning avvalgi mavzei yo’qolgan. Garchand hoqonlikning zodagonlar qismi cho’l-dasht hududlarida yashagan bo’lsa-da, hoqonlik mahalliy suddiy aholi hamda ko’chmanchilar o’rtasida tinchlik, hamjihatlik aloqalarini o’rnatish, savdo-sotiqni rivojlantirishdan manfaatdor bo’lgan. hoqonlik davrida hozirgi O’zbekiston va O’rta Osiyo hududidagi 15ga yaqin katta-kichik davlatlar mustaqilligi cheklangan, ular hoqonlikka rasman bo’ysindirilib, yillik boj-hirojlar to’lattirilgan. Mazkur kichik davlatlar (Buhorhudotlar podsholigi, Vardonhudotlar podsholigi, Samarqand Sug’di va boshqalar) Sug’d konfederatsiyasi bo’lib uyushgan va Buyuk Turk hoqonligi tarkibiga kirgan. Hoqonlik savdo-sotiqdan, ayniqsa, ipak savdosidan katta foyda ko’rgani uchun Sug’d savdogarlariga katta imkoniyatlar yaratgan, ularga dunyoning eng uzoq o’lkalarida ham savdo manzilgohlari qurdirib bergan. Bu holat Kanpirak devor ahamiyatini yanada yo’qotgan va u harobaga aylana boshlagan.

VII asr ohirgi choragi va VIII asr boshlarida Turon hududiga yana bir siyosiy kuch tajovuz qila boshladi. Bu – arab bosqinchilarining istilochilik yurishlari edi. Huroson noibi qutayba ibn Muslim (660-715)ning birinchi yurishlaridan so’ng Movarounnahr, jumladan, Buhoro (harbiy Sug’d) ham VIII asr boshlarida bosib olinadi va aholini islomlashtirish boshlanadi. Bu davrda islomga kirgan madaniy voha aholisi va islomni qabul qilmagan cho’l-dasht ko’chmanchi aholisi o’rtasida qarama-qarshilik kuchayib Kanpirak devorga yana ehtiyoj tug’iladi va u qayta tiklanadi.

819 yilda Movarounnahr va Hurosonda somoniylar sulolasi hokimiyat tepasiga keladi. Arab halifaligidan mustaqil ravishda faoliyat ko’rsatgan Somoniylar davlatiga 874 yilda Ismoil Somoniy asos solgan. Bu davlat o’zining qudrati, ma’naviy-ma’rifiy hayotdagi taraqqiyoti bilan mashhur bo’lgan. Somoniylar davlatining asoschisi amir Ismoil Somoniy «To men tirik ekanman, Buxoro viloyatining devori men bo’laman» degan va  shu davrdan boshlab Kanpirak devor o’z ahamiyatini tamoman yo’qotgan.

 Kanpirak devor o’zbek halqi ajdodlarining qahramonona tarihi hisoblanadi. Uni bilish, ardoqlash, farzandlarimizga etkazish, saqlanib qolgan qismini yo’qotmaslik biz uchun ham qarz, ham farzdir.

MAQOLANI MASHHUR QILISHGA HISSANGIZNI QO'SHING

G'olib Avezov

Navoiy viloyati bizning vatanimiz, bu yerda tug'ildik, o'sdik va bilim oldik. Vatanimiz bizga juda ko'p narsalar berdi. Endi esa biz vatanimizga beraylik. Uni rivojlanishi uchun har birimiz o'z hissamizni qo'shaylik.

Buni ham o'qing

6

Nurota sayyidlari

Sayyidlar- Muhammad payg‘ambar avlodlarining faxriy unvoni bo‘lib barcha musulmon mamlakatlarida alohida tabaqa sifatida izzat-hurmatga ega ...

Fikr bildirish

Sizning email manzilingiz oshkor qilinmaydi. Majburiy bo'limlar * bilan belgilangan

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>