2017/10/24 12:06:00

“Kamalak” yulduzlari” festivalining Navoiy viloyati bosqichi bo’lib o’tdi

loading...

“Kamalak” yulduzlari” respublika bolalar ijodiyoti festivalining Navoiy viloyati bosqichida 10 nafar yosh iste’dod sohibi g‘olib bo‘ldi.istedod

Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning 2014 yil 6 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining “Kamalak” bolalar tashkiloti va boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan festivalda 6 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan 600 dan ziyod o‘g‘il-qiz mumtoz musiqa, vokal, xalq cholg‘ulari, raqs, tasviriy va amaliy san’at, nasr va nazm yo‘nalishlarida mahoratini namoyish etdi.

Mamlakatimizda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning iste’dodini yuzaga chiqarish, intilish va tashabbuslarini rag‘batlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mazkur festival ham barkamol avlodning hech kimdan kam bo‘lmagan holda yuksak marralar sari parvoz etishida muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Festivalda 10 nafar yosh iste’dod sohibi turli yo‘nalishlar bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

– San’at sirlarini puxta o‘rganishimiz uchun maktabimizda barcha sharoit mavjud, – deydi Navoiy shahridagi 1-bolalar musiqa va san’at maktabi o‘quvchisi Otabek Zohidov. – Bugungi festivalda g‘olib bo‘lganimdan xursandman. Maqsadim yetuk skripkachi bo‘lib yetishish va o‘zbek san’ati dovrug‘ini xalqaro miqyosda yanada ulug‘lashga hissa qo‘shishdir.

Tadbir doirasida navqiron avlod vakillarining tasviriy va amaliy san’at asarlari, xalq hunarmandligi buyumlari ko‘rgazmasi tashkil etildi.

MAQOLANI MASHHUR QILISHGA HISSANGIZNI QO'SHING

G'olib Avezov

Navoiy viloyati bizning vatanimiz, bu yerda tug'ildik, o'sdik va bilim oldik. Vatanimiz bizga juda ko'p narsalar berdi. Endi esa biz vatanimizga beraylik. Uni rivojlanishi uchun har birimiz o'z hissamizni qo'shaylik.

Buni ham o'qing

11

Navoiylik yosh sportchi jahon chempionati sovrindori

Chilining Santyago shahrida o‘tgan dzyudo bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida 64 davlatdan 428 nafar sportchi ...

Fikr bildirish

Sizning email manzilingiz oshkor qilinmaydi. Majburiy bo'limlar * bilan belgilangan

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>