2018/11/17 8:26:55

Joriy yil Navoiy davlat konchilik institutini 631 nafar bakalavr tamomladi

loading...
Navoiy davlat konchilik institutida “Oq yo‘l sizga, bitiruvchilar!” deb nomlangan tadbir o‘tkazildi. Unda professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar va ularning ota-onalari ishtirok etdi.
Joriy yilda ushbu muassasaning bakalavriat bosqichini 631, magistraturani esa 32 nafar talaba bitirib, barchasi viloyatdagi ishlab chiqarish korxonalarida mehnat faoliyatini boshlash uchun yo‘llanma oldi. Bakalavr yo‘nalishini 4 nafar talaba imtiyozli diplom bilan bitirdi.
Tadbirda institut rektori Q.Sanaqulov so‘zga chiqib, mamlakatimiz sanoatiga malakali va yetuk kadrlar tayyorlab berayotgan, oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida munosib o‘rniga ega mazkur ta’lim dargohi va korxonalar o‘rtasida samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilgani, talabalarning ishlab chiqarish obyektlarida amaliyot o‘tashi uchun zarur sharoit yaratilgani, joriy o‘quv yilida elektr energetikasi, mashinasozlik va kimyo texnologiyasi kabi yo‘nalishlar o‘quv mashg‘ulotlariga xorijiy olimlar jalb etilganini ta’kidladi.
– Bugun imtiyozli diplomni qo‘limga olganimdan juda xursandman, – deydi bitiruvchi B.Rasulova. – Kelajakda bor bilim va ko‘nikmamni yurtimiz ravnaqi, sanoatimiz taraqqiyotiga bag‘ishlab, menga bildirilgan ishonchni oqlashga harakat qilaman.
Institutda iste’dodli talaba-yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning imkoniyat va salohiyatini yuzaga chiqarishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, joriy o‘quv yilida respublika fan olimpiadalarida 6 nafar talaba sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi. Muassasada tahsil olayotgan 29 nafar yosh sportchi esa nufuzli musobaqalarda viloyat sharafini munosib himoya qildi.
Tadbir doirasida konsert dasturi namoyish etildi.
Manba:UzAdan
 

 

MAQOLANI MASHHUR QILISHGA HISSANGIZNI QO'SHING

G'iyos Safarov

Buni ham o'qing

11

Navoiyda bir yo’la 3 ta tuman g’alla rejasini bajardi.

Navoiylik mirishkorlar o‘tgan yil kuzda 40,6 ming gektar yerga respublikamizning janubiy vohalari iqlim sharoitiga mos ...

Fikr bildirish

Sizning email manzilingiz oshkor qilinmaydi. Majburiy bo'limlar * bilan belgilangan

Можно использовать следующие HTML-теги и атрибуты: <a href="" title=""> <abbr title=""> <acronym title=""> <b> <blockquote cite=""> <cite> <code> <del datetime=""> <em> <i> <q cite=""> <strike> <strong>